O 'zbek milliy tilini tashkil etuvchi tu rli-tum a n shevalarni uch
lahjaga birlashtirish m um kin. Bular: 1) qarluq-chigil-uyg'ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi; 3) o 'g 'u z lahjasi.
Lahjalar o 'z aro farqli xususiyatga ega. Bu farqlar, aytilganidek,
lahjalarning
h ar
biri
dastlab
har
xil
qabila
yoki
qabila
birlashmalarining tili bo'lganligi bilan bog'liq. Bu tarixiy jarayonni
har to m o n la m a to 'g'ri anglagan E.Polivanov o'zbek tilining ko'p
dialektli til ekanligini nazarda tutib: «O'zbek milliy tili (o'zbek
lahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida)
yagona tizimning,
aslida hech qachon am alda bo'lm agan o'zbek bobo tilining
dialektologik parchalanish yo'Ii bilan emas, balki farqlanuvchi til
tizimlarining birlashuvi yo'li bilan paydo bo'lgan», - degan edi.
O 'zbek xalqining shakilanish tarixi bilan yuzaki tanishishdan ham
shunday xulosaga kelish mumkin.
O'z bek milliy tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil-
uyg'u r lahjasi hozirgi o'zbek milliy adabiy tilining m e ’yorlarini
belgilashda m u h im ahamiyat kasb etgan deb, odatda,
alohida
ajratiladi. Buning boisi shundaki, o'zbek xalqining shakllanishida
qarluq
etnik tarkibi
Qoraxoniylar davridan boshlab alohida
mavqega ega edi.
O 'zbek tili bu lahjasining nomlanishida (qarluq-chigil-uyg'ur
lahjasi) bir m u n c h a anglashilmovchilik mavjud. Birinchidan, bu
atamadagi
[chigil]
so'zi ortiqcha, chunki chigillar qarluqlarning bir
bo'g 'ini, xolos. Bu b o 'g 'in
qanchalik katta va, Koshg'ariy so'ziga
ko'ra, ahamiyatli bo'lm asin, qarluq toifasiga mansub.
Ikkinchidan, atam a tarkibidagi
[uyg'ur]
so'zining ham qadimgi
uyg'urlarga hech qanday aloqasi yo'q. Bu atam a o'zbek tili bilan
birgalikda turkiy tillar g'arbiy xun tarm og'ining qarluq guruhiga
m ansub bo'lgan hozirgi uyg'u r tiliga ishora qiladi, xolos. Shuning
uchun hozirgi o'z bek milliy adabiy tili m e ’yorlarining bu lahja
xususiyati bilan yaqinligi bejiz emas. Lahjaning
qayta nomlanishida
tarixchi va shevashunoslarning xulosasi zarur.
A.K.Borovkov qayd qilib o'tganidek, o'zbek tilining birorta
shevasini ham adabiy tilga har jihatdan asos bo'lgan deb aytib
bo'lmaydi. Buning bosh sababi shundaki, hozirgi o'z bek milliy
adabiy tili uzoq adabiy ishlov a n ’anasining (jumladan, eski turkiy,
eski o'zbek, yangi o'zbek adabiy tillarining) bevosita davomi va XX
asrda u (yozuv va adabiy ishlov a n ’anasiga ega bo'lm agan xalqlarda
b o ig an id ek ) ta m o m a n yangi bir hodisa sifatida yuzaga kelmagan:
milliy adabiy til kamida ming yillik adabiy ishlov mahsuli.
Ikkinchidan,
o'zbek tilining barcha lahjalari o'zbek
tilm ing
taraqqiyotiga m a 'lu m bir darajada hissa qo'shgan. Birining adabiy
tilga ta'siri bir sohada kuchliroq bo'lsa, boshqa sohada o'zga bir
shevalar guruhining t a ’siri ko'proq seziladi. Masalan, Andijon,
F arg 'o n a shevalari o'zbek tiliga xos eng k o 'p tarqalgan gramm atik
shakllardan birini — hozirgi za m on fe’lining
[-yap
] affiksi vositasida
yasaluvchi shaklini bergan deyiladi. Lekin bu shakl qipchoq
lahjalarida h am aynan shunday qo'llanadi. Shunisi xarakterliki, bir
qarashda adabiy tildan b irm uncha uzoqroq deb t a s a w u r qilinadigan
qipchoq lahjasi morfologivasi singarm onizm dan, y a ’ni
fonetik
o'ziga xoslikdan xoli olinsa, adabiy til morfologivasi bilan qariyb
bir xil. Yoki adabiy tilga fonetik jihatdan asos deyilgan Toshkent
shevasida [x] va [
h
] tovushlari, qaratqich va tushum kelishiklari
shakllari
farqlanmaydi.
Qipchoq
shevalarida
esa
ular qat'iy
ajratiladi. Qipchoq shevalarining adabiy til lug'atini, xususan, uning
chorvachilik atamalari tizimini rivojlantirishda,
adabiy tilning
uslubiy imkoniyatlarini boyitishda katta hissasi bor. Masalan,
[qirqim], [o'tov], [to‘l\, [sarimoy], [chakki],
[
chalop
],
[uloq], [sovliq]
kabi u m u m iy va chorvachilik atamalari,
[quyruq],
[
bovur\, [patir],
I
tovoq], [kulchatoy
],
[lochira]
singari pazandachilik atamalari adabiy
tilga qipchoq shevalaridan kirib kelgan.
Adabiy tilning rivojlanishiga o 'zbek tilining o 'g 'u z lahjasi ham
m a ’lum darajada hissa qo'shgan. Buning uchun adabiy tildagi
[yoshulli],
[o'g'lon],
[
buy on
| ,
[
qay din \,
\qorago‘z]
kabi qator
so'zlarni misol sifatida keltirish kifoya.
D em ak,
o'z bek
milliy
adabiy
tilining
shakllanishi
va
taraqqiyotida tayanch m anba bo'lgan tarixiy a n ’an a bilan bir
qatorda barcha lahja ham da shevalarning o'ziga xos o'rni bor.
Dostları ilə paylaş: