«Devonu lug'otit turk» uch to m d a n iborat bo'lib, 1915—17-
yillarda
Istanbul shahrida nashr etilgan.
Shu nashr asosida
K.Brokkelman bu asarni 1928-yilda
nemischa tarjimada nashr
qildi. 1939-yilda Anqarada Besim Atalay taijimasida turk tilida
bosildi. Olim S.Mutallibov devon taijimasi ustida samarali ishlab,
I960—63-yillar davomida uch tom da o'z bek tilida nashr qildi.
M ahm ud Koshg'ariyning asari kirish va lug'at qismidan iborat.
Kirish qismida muallif «Devon»ning
yaratilish sabablari, o 'z ish
uslubi,
asarning
tuzilishi,
turkcha
so'zlarning
tuzilishida
qo'llaniladigan harflar, kitobda aytilgan va aytilmagan narsalar,
turkiy tabaqalar va qabilalarning bayoni,
turk tilining xususiyatlari,
tilda va lahjalarda bo'ladigan farqlar haqida fikr yuritadi.
Asarning lug'at qismida 7500 so'z sakkiz bo'lim da izohlanadi.
M ahm ud Koshg'ariv turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy
usuldan
foydalanib,
tilshunoslikda
qiyosiy-tarixiy
metodning
asoschilaridan biri bo'lib qoldi.
Ilmiy fan xazinasiga bebaho durdonalar qo'shgan M a h m u d az-
Zamaxshariyning qadimgi turkiy tilshunoslikda ham o'ziga xos
o'rni bor. Zamaxshariy — yirik tilshunos
sifatida arab tilshunos-
ligining rivojiga ulkan hissa qo'shgan olim. Biroq uning lug'atlarida
turkiy so'zlarga ham alohida e ’tibor berilib, ularda X II—XIII asrlar
Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o'z aksini topgan.
X II I—XIV asrlarda yashab ijod etgan Abu
Hayyon al-
Andalusiyning qadimgi turkiy tilshunoslikda lutgan o'rni o'ziga xos.
U turkiy va arab til muqovasasiga doir ko'plab
asarlar yaratgan
bo'lib,
ulardan
xarakterlisi
«Kitob al-idrok
li
lisonal-atrok»
lug'atidir. * Asar 1312-yilda Qohirada bitilgan bo'lib, lug'at va
gramma! ikadan
iborat. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, asarda
qipchoq unsurlari juda kuchli bo'lib,
shu bilan birga, o'g 'u z
unsurlari ham uchrab turadi.
Qadimgi turkiy tilshunoslik taraqqiyotida tilshunos Jamoliddin
M u h a m m a d Abdulloh Turkiyning ham o'ziga xos o'rni bor. Uning
taxm inan X III—XIV asrlarda yozilgan «Kitobu-lug'at al-m ushtoq fi
lug'at
-it
turk
vo-l-qafchoq»
(«Turk
va
qipchoq
tillariga
mushtoqlarni qiziqtiruvchi kitob»)
asari arab, fors, turk, m o'g 'u l
tillari qiyosiga bag'ishlangan, u turkiy tillarning tarixiy taraqqiyotini
o'rganishda qimmatli m anba bo'lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: