Raqamli iqtisodiyot sharoitida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish yo



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix31.12.2021
ölçüsü0,56 Mb.
#81419
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Raqamli iqtisodiyot sharoitida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish yoʻnalishlari

Xulosa va takliflar 

Byudjet  tashkilotlarida  buxgalteriya  hisobi  “UzASBO”  dasturiy  majmuasi 

vositasida  elektron  tarzda  yuritilishi,  davlat  moliyasini  boshqarishning 

avtomatlashtirilgan  tizimi  (DMBAT)  bilan  axborot  almashish  imkoniyatining 

mavjudligi,  internet  tarmogʻi  vositasida  ishlashini  hisobga  oladigan  boʻlsak, 

quyidagi tizimli ishlarni amalga oshirish zarur.  



Birinchidan, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  522-sonli 

“Oʻzaro  hisob-kitoblar  tizimida  elektron  shakldagi  hisobvaraq-fakturalardan 

foydalanishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari  toʻgʻrisida”gi  Qaroriga  tegishli 

tartibda  oʻzgartirishlar  kiritib,  rouming  operatorida  byudjet  tashkilotlarining 

manfaatlariga mos ta’riflar ishlab chiqish zarur.  



Ikkinchidan,

 barcha byudjet tashkilotlari “UzASBO” dasturiy majmuasidan 

faydalanishini  inobatga  olgan  holda  dasturiy  majmuaning  “Hujjatlar”  menyusida 

“Elektron  hisobvaraq-faktura”  oynasini  kiritish,  ushbu  oynada  rouming 

operatorining  barcha  funksiyalarini  oʻzida  jamlagan  tizim  yaratilishi,  byudjet 

tashkilotlari uchun yanada samarali boʻladi.  



Uchinchidan

,  dasturiy  majmuaning  “Elektron  hisobvaraq-faktura”  oynasi 

orqali  qabul  qilingan  elektron  hisobvaraq-fakturalar  mahsulot(ish  va  xizmat)larni 

qabul  qilish  orqali  toʻgʻridan-toʻgʻri  tegishli  provodkalar  avtomatik  tarzda 

shakllantirilib, mahsulot(ish va xizmat)larni xarajat moddalariga taqsimlagan holda 

tegishli  boʻlimda  xamda  balansda  aks  ettirilishini  ta’minlashga  xizmat  qiladigan 

tizim  yaratish  zarur.  Hozirgi  vaqtda  amaldagi  dasturiy  majmuaning  “Hujjatlar” 

menyusida 

“Ishonchnoma” 

boʻlimida 

ishonchnoma 

elektron 

shaklda 

rasmiylashtiriladi,  lekin,  uni  mol  yetkazib  beruvchi  tashkilotga  elektron  yetkazib 

berish  imkoniyati  mavjud  emas.  Mahsulotni  kirim  qilishda  “Spravochnik  TMZ” 

boʻlimida  alohida  roʻyxat  shakllantirish,  balansga  kirim  qilishda  kiritiladigan 

boʻlimni  tanlash, provodkani tanlash kabi  murakkab buxgalteriya  amallari bajarib 

kelinmoqda. 



 

“UzASBO”  dasturiy  majmuasida  hisobvaraq-fakturalarni    qabul  qilish 

imkoniyati  yoʻqligi  sababli  amalda  byudjet  tashkilotlari  kommunal  xarajat  (suv, 

elektr energiya, chiqindi) internet xizmati kabi hisobvaraq-faktura orqali yopilishi 

kerak  boʻlgan  xarajatlarni  yopish  uchun  dasturiy  majmuaning  “Hujjatlar” 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə