Raqobat kuchlari nazariyasi reja


Potensial raqobatchilarning raqobat kuchi



Yüklə 67,21 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü67,21 Kb.
#181163
1   2   3   4   5
Potensial raqobatchilarning raqobat kuchi

Yangi raqiblarning kirib kelish xavfi. Bozorga kirib kelish ehtimoli katta bo’lgan potenstial raqiblar firma uchun jiddiy xavf-xatar bo‘lib, firma bu xatarni kamaytirishga urinishi, undan o‘zini himoya qilishi, kirish to‘siqlarini vujudga keltirishi lozim.


Ushbu xavfning qay darajada jiddiyligi kirish to‘siqlarining balandligiga va potenstial raqibga qaratilgan reaksiya kuchiga bog‘liqdir. Kirish to‘siqlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • miqyosdan tejash, ya’ni kirib kelayotgan firmani keng ko‘lamli ishlab chiqarishni tashkil qilishga majbur qilish yoki unga xarajatlar bo‘yicha zarar ko‘rish xavfini vujudga keltirish;

  • «Kodak» va «Polaroid» firmalari o‘rtasidagi nizodagi kabi patentlar yordamidagi huquqiy himoya;

  • xaridorlarni yangi firmaning tashviqotlariga e’tibor bermaslikka undaydigan marka imijining kuchi;

  • faqat ishlab chiqarishni o‘zlashtirish emas, balki reklama xarajatlarini qoplash uchun zarur bo‘lgan kapitalga bo‘lgan ehtiyojlar;

  • xaridordan mashhur ishlab chiqaruvchining tovaridan yangi firmaning tovariga o‘tishda talab qilinadigan real yoki ruhiy qayta qurishga sarflanadigan o‘tish xarajatlari;

  • sotuv tarmoqlariga kirish: ulgurji sotuvilar yangi tovarlarni olishda juda ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, shunda yangi firma yangi tovar uchun yangi sotish kanalini tashkil qilishga majbur bo‘ladi;

  • bozorda oyoqqa turib olgan firma ega bo‘lgan tajriba samarasi va xarajatlar bo‘yicha afzallik ayniqsa qo‘l mehnati sektorlarida juda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.


Xulosa
Xulosa qilib aytsak o‘rinbosar tovarlar o‘sha xaridorlar guruhi uchun xuddi shu funksiyani bajaruvchi tovarlar, lekin boshqa texnologiyaga asoslangan. Bu permanent xavf yaratadi, chunki o‘rnini bosish xavfi doimo majud. Ushbu xavflar texnologik yutuqlar natijasida o‘sishi mumkin. O‘rinbosar tovarlarga bo‘lgan haqiqiy narxlar tovar bozorida harakat qiluvchi firmalar belgilashi mumkin bo’lgan eng yuqori baholarni aniqlaydi. O‘rinbosar tovarlar foydalanuvchilarni qanchalik qoniqtirsa, tovar bozorida narxlarning o’sish imkonyati shunchalik chegaralangandir.
Energoresurslar bozoridagi bunday holat energiyaning yangi manbalarini ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Neft bahosining oshib ketishi atom va quyosh energetikasining rivojlanishiga keng yo‘l ochib beradi.
Mijozlar o‘z ta’minotchilari bilan ma’lum miqdorda savdolashish qobiliyatiga egadir. Ular firmani narxlarni pasaytirishga majbur qilib, keng xizmatlar kompleksini va yanada yaxshi to‘lov sharoitlarini talab qilib, firma u yoki bu harakatining potenstial rentabelligiga ta’sir etishlari mumkin. Yaxshi sharoitlarga erishish qobiliyati darajasi qator omillarga bog‘liq:

  • markazlashgan mijozlar guruhi yoki uni xaridining hajmi ta’minotchi savdosining anchagina qismini tashkil: bu yirik sotish tarmoqlari va savdo markazlari holatidir;

  • mijoz tomonidan xarid qilinadigan tovarlar uning o‘z xarajatlarining muhim qismini tashkil etadi, bu esa uni yanada ko‘proq savdolashishga undaydi;

  • sotish tarmoqlariga kirish: yangi tovarlarni kiritishda ehtiyotkor bo‘lish


Yüklə 67,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə