Raqobatli strategiyalar


Strategik marketing nuqtai nazaridan xizmatlarning raqobatbardoshligini bozordagi mavjud analog xizmatning aynan bir talabini qondirish darajasi bilan takkoslanishidir



Yüklə 173,53 Kb.
səhifə3/11
tarix30.05.2022
ölçüsü173,53 Kb.
#88398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Raqobatli strategiyalar

Strategik marketing nuqtai nazaridan xizmatlarning raqobatbardoshligini bozordagi mavjud analog xizmatning aynan bir talabini qondirish darajasi bilan takkoslanishidir.
A.S. Zavyalov fikricha raqobatbardoshlik-bozorga va xizmatlarni sotish davriga chambarchas bog‘liq tushunchadir. Chunki turistik korxonaxizmatlarining har bir iste’molchisi o‘z iste’molining qondirilishi darajasiga o‘z baxosini belgilaydi va bu bilan turistik xizmatlarining yanada individual xususiyat kasb etishini ta’minlaydi9.
N.A. Kolesnikovning fikricha korxona xizmatlari raqobatbardoshligi – tovar va xizmatning raqobatchi tovar va xizmat turiga nisbatan aynan bir iste’molchilar jamiyatining ushbu xizmatlarni sotib olishga sarflagan harajatlarini e’tiborga olgan xolda berilgan iste’mol xususiyatidir10.
N.N. Pavlovning fikricha xizmatlar raqobatbardoshligi-bu xizmatlarning bozorda ma’lum bir davr mobaynida xizmatlarining sotilish imkoniyatidir
N.D. Eriashvili ta’rificha raqobatbardoshlik- xizmatning bozordagi mavjud analog xizmatlardan ustunlik jixatlaridir. Turistik xizmatlar raqobatbardoshligi –iste’molchining real harid qilishga jalb etuvchanlik darajasidir. Shu bilan birgalikda N.D. Eriashvili raqobatbardoshlik raqobat sharoitida vujudga keladi, ya’ni bunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mustaqil iste’molchilar uchun uz xizmatlarini mustaqil ravishda taklif etishadi deb tushuntiradi11. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy maqsadi moliyaviy farovonligini oshirish uchun o‘z xizmatlarining raqobatbardoshligini ta’minlashdir12.
Korxonaning raqobatbardoshligi bilan korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligi tushunchalarini bir-birdan farqlash lozim. Korxona raqobatbardoshligi raqobat muxitida to‘lovga qodirligi, samarali xo‘jalik faoliyati bilan ifodalansa, korxonaning tovar va xizmatlari raqobatbardoshligi faoliyatning xayotiylik ko‘rsatkichlarining umumlashgan ko‘rsatkichi bo‘lib, moliyaviy, ishlab chiqarish va mexnat zaxiralaridan yuqori samarada foydalana olish darajasi bilan ifodalanadi.

Korxona va uning xizmatlari raqobatbardoshligi tahliliy ko‘rsatkich bo‘lib quyidagi uch elementni o‘z ichiga oladi: texnik, iqtisodiy va ijtimoiy-tashkiliy.


Texnik parametrlar- korxona tovar va xizmatlarining texnik qurilish tavsifini ifodalaydi. bunga standartlar, me’yorlar, qonunchilik aktlari, va qoidalar kiradi. Shu bilan birga texnik parametrlarga mijozlar uchun tovar va xizmatlarning ergonomik xususiyati ham kiradi.
Iqtisodiy parametrlarga - ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlar uchun sarflangan harajatlar miqdorini o‘zida aks ettiradi. Mijozlar korxona tovar va xizmatlarini harid qilish chog‘ida emas, balki ularning iste’moli jarayonida ham mablag‘ sarflashadi..
Tashkiliy-ijtimoiy parametrlar - iste’molchilarning ijtimoiy tuzilmasi, milliy va madaniy xususiyatlarini (diniy, etnik, va boshk.) o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, korxonaning (tovar va xizmatlarining) raqobatbardoshligi bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish, ulushni kengaytirish maqsadida bozorning muayyan segmentidagi bellashuvidir. Raqobatbardoshlik nafaqat aloxida korxona uchun, balki milliy iktisodiyot ma’lum tarmogining, provardida esa iqtisodiyotning yalpi o‘sishi uchun ham asosiy shartlardan biridir.



Yüklə 173,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə