Raqobatli strategiyalar


Tovar va korxona raqobatbardoshligi



Yüklə 173,53 Kb.
səhifə4/11
tarix30.05.2022
ölçüsü173,53 Kb.
#88398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Raqobatli strategiyalar

2. Tovar va korxona raqobatbardoshligi
Tovarning raqobatbardoshligi deganda tovarning nisbiy va umumlashgan tavsifi tushuniladi. Ular ehtiyojlarni qondirish va ushbu qondirishga ketgan harajatlar darajasiga qarab uning raqobatchi tovardan ustunlik farqlarini ifodalaydi. Bu umumiy tushuncha quyidagi guruhlarga birlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi orqali ochib berilishi mumkin:
texnik;
iqtisodiy;
ijtimoiy-tashkiliy.
Texnik ko‘rsatkichlar (asosan tovarning sifatini tavsiflaydi) eng qat’iydir, chunki ularga qarab tovarning mo‘ljallanganligi, mahsulotning muayyan turi (sinfi)ga tegishli ekanligi haqida fikr yuritish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar, shuningdek, texnik-konstruktorlik qarorlarida aks ettiriladi. Bu yerga texnik ko‘rsatkichlarning o‘zgarish chegaralarini belgilaydigan andozalar, me’yorlar, qoidalar, qonuniy aktlar kiritiladi. Shuningdek, tovarning inson organizmi va uning psixikasiga qanchalik to‘g‘ri kelishi, aks ettiruvchi ergonomik ko‘rsatkichlar ham kiradi (ishlashning qulayligi, charchash tezligi, insonning mashina bilan mosligi darajasi).
Iqtisodiy ko‘rsatkichlar tovarlarni ishlab chiqarish harajatlari miqdori, uning narxi, transportirovka harajatlari, o‘rnatish, tuzatish, ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish, xodimlarni o‘rgatish harajatlari bilan ifodalanadi. Shu bilan birga bu harajatlar iste’mol bahosini hosil qiladi. Iste’mol bahosi, odatda, sotish narxidan yuqori, chunki haridor faqat tovarni sotib olishga emas, balki uning iste’moliga ham mablag‘ sarflaydi.
Ijtimoiy-tashkiliy ko‘rsatkichlar - bu iste’molchilarning ijtimoiy strukturasi, ishlab chiqarishning tashkil etilishidagi milliy xususiyalar, sotish, reklamaning hisobga olinishidir.
Tovarning iste’mol xususiyatlari, uning iste’mol uchun foydaliligi qator ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi. Masalan, funksional xususiyatlar iste’mol predmetining uning maqsadiga mos kelishini belgilab beradi, ijtimoiy xossalari esa tovar xususiyatlarining aholi har xil guruhlarining ehtiyojlarini qondira olishini tavsiflaydi, estetik xususiyatlar tovarning his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan shakl belgilari orqali o‘zining ijtimoiy qimmatini ifodalash qobiliyatini belgilaydi (ijtimoiy-madaniy mohiyati, foydalilik va boshqalar), va nihoyat, ekologik xususiyatlar - berilgan tovarni iste’mol qilish jarayoni atrof-muhit uchun qanchalik zararligini aniqlaydi.
Tovar raqobatbardoshligining o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
qo‘llanadigan materiallar, texnologiyalar, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish;
odamlar ehtiyojlarini qondirish borasida prinsipial jihatdan yangi bo‘lgan vositalarni yaratish;
asosiy tovarlar bilan birgalikda ishlatiladigan tovarlarni mukammallashtirish yoki yangilarini yaratish;
sotib olish sharoitlarini va iste’molchi tomonidan tovarning keyingi ishlatilishini yaxshilash.
Raqobatbardoshlikni baholash «sifat-narx» ko‘rsatkichlarini raqobatchi tovarlar bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi (me’yorlar, namunalar va hokazolar).
Buning uchun ishlab chiqaruvchi raqobatbardoshlikning ikkita asosiy omillari - narx (narx ko‘rsatkichlari) va sifat (narxsiz ko‘rsatkichlar)ning ichki tarkibini aniqlashi zarur. Bu omillarning o‘lchamlarini hisoblab va muayyan strategiyani tanlab, raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini nisbatan oshirish orqali ularga ta’sir etish mumkin.
Narx omillari iste’molchining mahsulotni sotib olish va ishlatish muddati davomida foydalanish harajatlarining to‘liq strukturasi bilan tavsiflanadi va mahsulotning xususiyatlari, uni sotib olish va ishlatish sharoitlari bilan belgilanadi. Iste’molchining jami harajatlari umumiy holda bir vaqtli va joriy harajatlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 173,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə