Rasulova zilola durdimurotovna o‘quv jarayonini takomillashtirishda pedagogik tizim mazmun va mohiyati



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə16/37
tarix29.09.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#124997
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Buxoro davlat universiteti

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni. Mavzuning maqsadi, asosiy ma’no-mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

“O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa”

15

4-bosqich

Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash: “O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa”, “B/B/B” metodlari asosida o’quvchilar bilimini mustahkamlash.

“O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa”, “B/B/B” metodi

10

5-bosqich

Amaliy mashg’ulot: o’quvchilarning mavzuga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida go’niya yasash topshirigi beriladi.

“O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa”, “B/B/B” metodi

35

6-bosqich

Uyga vazifa berish, darsni yakunlash.
Mavzusi yuzasidan qo’shimcha savollar tuzish hamda mustaqil ravishda goniya tayyorlab kelish.

“Zinama-zina” metodi

10



Yangi mavzu bayoni
Go’niya rejalashda, dastalarni kontrol qilishda va buyumlarni yig’ishda zarurdir. U har bir ish joyida bo’lishi kerak.
Go’niya (burchaklik) - duradgorlik ishlari bilan qurilish konstruktsiyalari elementlarining to’g’ri burchak (900) hosil qilib biriktirilganligini tekshiriladi (1-rasm). Go’niya asos va unga to’g’ri burchak ostida biriktirilgan bo’linmalari bo’lgan lineykadan iborat. U metall yoki yog’ochdan yasaladi. Go’niyaning o’lchamlari 250x160 mm bo’ladi. Go’niya duradgorlikda randalangan sirtlarning bir-biriga nisbatan go’niyaviyligini, taxta qirqimlarining go’niya asosida arralanganligini, buyum qismlarining to’g’ri burchak hosil qilib biriktirilganligini va sirtlarga to’g’ri burchak hosil qilib reja chiziq chizish, reja chiziqlarini qolgan tomonlarga simmyetrik ko’chirish maqsadida ishlatiladi.

1-rasm. Go’niya.
Ko’pincha o’quvchilar undan ponani urib chiqarishda bolg’achalar kabi foydalanadilar. Bu esa noto’g’ri hisoblanadi.
Go’niya har bir duradgorlik va metallga ishlov berish ustaxonalarida bo’lishi zarur. Uni tayyorlashga kam material ketadi, shu sababli, har bir ustaxonada bu ishni amalga oshirish mumkin.
Bu ishni amalga oshirishda o’quvchilar berilgan chizmani o’qishni, ishlarni mustaqil tashkil qilish orqali duradgorlik ishlarini bajarish malakalariga ega bo’ladilar.
Ish tartibi ikkita amaliy mashg’ulotga mo’ljallangan bo’lib, birinchi amaliy mashg’ulotda o’quvchilar go’niya asos kundasini yasashni o’rganadilar va yasaydilar.
Ikkinchi amaliy mashg’ulotda o’quvchilar go’niya asos kundasi va bo’linmaalrini to’g’ri burchak ostida biriktirish va pardozlash ishlarini bajaradilar.
O’quvchilar amaliy mashg’ulot davomida go’niya yasashni bilib olgach, porsi go’niya (yerunok) yasashlari mumkin. Uning go’niya tayyorlashdan farqi shundaki, uning kundasidagi quloqcha 450 og’ish burchagi ostida qilinadi. Kundani esa ikkinchi asos kunda markaziga o’rnatiladi (2-rasm).

2-rasm. Porsi go’niya (yerunok)

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə