Molikiylik mazhabi. Imom Molikning to‘liq ismi – Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir
al-Asbahiydir. Katta bobosi Abu Omir buyuk sahobiy bo‘lib, Payg‘ambar (a.s.) bilan doimo birga
bo‘lgan. Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, u tobiiy muxdaram (ya’ni, sahobalar davrida yashagan,
lekin ularning birortasi bilan uchrashmagan) edi. Kichik bobolari Molik tobi’iylarning ulug‘ ulamolaridan bo‘lgan.
Imom Molik (711-712) yili Madinada tug‘ilgan. Madina ulamolaridan ilm olgan. Ilk ustozi Abdurahmon ibn Hormuz bo‘lib, u bilan juda uzoq vaqt birga bo‘lgan, shu orada boshqa olimlardan ham tahsil olgan. Bundan tashqari ulug‘ sahobiy Abdulloh ibn Umar xizmatida bo‘lgan
Nofe’dan va Ibn SHihob az-Zuhriydan ham ilm olgan. Molik o‘n etti yoshga etganda hadis va fiqh ilmlari bo‘yicha mudarrislik mansabiga tayinlandi. SHundan keyin uning nomi hamma tarafga ovoza bo‘lib, shuhrati keng tarqaladi. Oqibatda odamlar undan ilm olishga har tarafdan kela
boshladilar. Ilm talab qilib kelganlar eshiklarining oldida izdihom bo‘lib, hatto bir-birlari bilan urishib ketardilar. Imom Molik odamlarga etmish yil chamasida fatvo berdilar va ilm o‘rgatdilar. Imom Molik hadislarni saralab “Muvatto” (“Ommalashtirilgan”) kitobini yozdi. Molikiya mazhabi ko‘proq Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Kuvayt, Bahraynda tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |