Referat mavzu: Abu Rayxon Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi Bajardi: Otajonov. A tekshirdi: Primov. M



Yüklə 0,9 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#135680
növüReferat
BERUNIY FALSAFASI


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI “FALSAFA” FANIDAN
REFERAT

Mavzu:Abu Rayxon Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi

Bajardi:Otajonov.A


Tekshirdi:Primov.M

Mavzu:Abu Rayxon Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi

Reja:


1.Abu Rayhon Beruniy haqida ma’lumot
2.Abu Rayhon Beruniyning ilmiy qarashlari
3. Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari

1. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentabr, 973, Kat (hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani), Xorazm, — 13-dekabr, 1048 Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ (“chet” degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika,. riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jugʻrofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan. Shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va koʻplab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun moʻl-koʻl mukofotlangan[4]. Shoh xonadoni va jamiyatdagi boshqa qudratli unsurlar Al-Beruniyning tadqiqotlarini moliyalashtiradi. Oʻziga xos taʼsirga ega boʻlgan Al-Beruniyning oʻzi ham falsafani oʻrganish davomida, boshqa xalqlarning olimlaridan, xususan, yunon olimlaridan ham ilhom olgan.


Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansub edi va oʻsha paytda Xorazmdagi hukmron Afrigʻiylarga xayrixoh edi, 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi va Afrigʻiylar sulolasini taxtdan agʻdardi va natijada Beruniy vatanini tashlab Buxoroga ketdi. U yerda u Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan va bu ikki olim oʻrtasida fikr almashilgan.
U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 997-yilda mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Urganjga keladi.
998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Urganj edi. Urganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar.
Urganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi.
1017-yil yozida turkiy podsho Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U Panjobdagi Nandna qalʼasi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani koʻrinadi. U umrining koʻp qismini hozirgi Afgʻonistonning janubiy-sharqiy qismidagi oʻsha paytdagi Gʻaznaviylar davlati poytaxti Gʻazna shahrida oʻtkazdi. Hindiston yarimoroliga sayohat qilganda, Hindistonda amalda boʻlgan hinduiylik dinini oʻrganib chiqqandan soʻng 1030-yilda “Tarix al-Hind” (Hindiston tarixi) nomli hind madaniyati haqida risola yozdi. U oʻz davri uchun hayratlanarli darajada xolis yozuvchi edi. Turli xalqlarning urf-odatlari va eʼtiqodlari, uning ilmiy ob'ektivligi 11-asr boshlarida Hindistonni ajoyib tasvirlagani uchun unga al-Ustad („Ustoz“) unvonini berdi.
1030-yilda Mahmud Gʻaznaviy vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Masʼud taxtga chiqdi. Masʼud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, Beruniy oʻzining shoh asarini Masʼudga bagʻishlab „Qonuni Masʼudiy“ deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham Beruniyning matematikaga oid, yaʼni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shugʻullangan va 995—996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ — qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr chamasida) boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bagʻishlangan.



Fors tilida yozilgan „Kitob al-Tafhim“da Beruniy tomonidan keltirilgan Oyning turli xil fazalari
2. O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining bir qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o'rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi. Beruniy ona-tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda Sanskrit tilini o'rganadi.
Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jug'rofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan, shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U o'z davrining deyarli barcha fanlarini mukammal o'rgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi va ko'plab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun mo'l-ko'l mukofotlangan.
O'z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990 yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. Beruniy "Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar")
"Osor al-boqiya" Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko'rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatadi.
Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda G'aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Beruniyning "Xorazmning mashhur kishilari" asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografikasari "Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidimasofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya") 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029 yil G'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Beruniyning "Hindiston" nomli mashhur yirik asari "Tahqiqmolil-Hind min ma'-qudamaqbulafil-aqlavmarzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar G'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy, u yerda Sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. "Hindiston" asari yozib tugatilgan yili Mahmud G'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan" Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya" dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyova Yaqin Sharq, hatto Ovro'poda ham mineralogiya
sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitob" ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydona" nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi. Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 11 dekabr 1048 yilda vafot etgan.
Beruniy so'nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakologiya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskit tilidan arabchaga, arab tilidan Sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug'ullanib she'rlar yozdi. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagesti" ning Sanskritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlariga tuzatishlar", "Turklar tomonidan ehtiyotkorlik", "Oq kiyimlilar" va karmatlar haqida ma'lumotlar", "She'rlar to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarjimasi", "Ibn Sino bilan yozishmalar" shular jumlasidandir.
XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226-1286) Beruniyga shundaybaho beradi: "O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo'lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu limning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan".

3.Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay, 
o`sha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha yuqori turardi.U fanning qaysi 
sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim 
“Minerologiya” nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda 
mas`uliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: “Inson tabiatning 
eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta 
sharaf ko`rsatilgan ― unga aql-zakovat va kuch armug`on etilgan. Shu sababdan, insonning 
ma`naviy qiyofasi uning oldiga qo`yilgan vazifalarga mos bo`lishi uchun u yuksak axloqli, 
bilimli, ma`rifatli bo`lmog`i darkor”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi a`zolarning bir-biriga 
zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fe`l-atrof mavjudligi 
asoslangan. “Odam, ― deydi Beruniy, ― tabiati jihatidan bir-biriga zid a`zolar 
qo`shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati o`z fe`l-
atvofiga ko`ra xilma-xil bo`ladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga 
o`xshasada, ular ayni chog`da bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fe`l-atvori va 
tabiiy xususiyatlarida namoyon bo`ladi”. 
Beruniy irqiy tafovutlaridan qat’iy nazar, odamlar o`rtasidagi do`stlik va 

hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik, 


axloq-odob, go`zallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini ta`kidladi. 
Beruniy o`z asarlarida ta`limning ko`rgazmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bo`lishi 
kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar o`rtasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va 
olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan. 
Beruniy o`z dunyoqarashida Xudoga ishonish har bir musulmonning vazifasi deb 
tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat 
emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan. “Yaxshilik qilish, ― degan edi 
Beruniy, ― umuman hammaga va xususan o`z qarindoshlariga zaiflik chog`ida ― yaxshi 
istak bilan, iloji bo`lganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir”.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga beg`araz xizmat qilib, yordam 
ko`rsatish, odamlar o`rtasida kelishmovchiliklarni vujudga keltiradigan pul va molu dunyo 
nafsini tiyish haqidagi g`oyalar alohida o`rin olgan. 
Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi 
ilm-fanning gullashiga bog`liq, odamlarning baxti esa uning ma`rifatida deb bilgan. 
Ma`rifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bo`lgan. 
Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə