Referat mavzu: Hayol jarayonlari va xayol turlari Reja: Xayol haqida tushuncha



Yüklə 7,58 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü7,58 Kb.
#152786
növüReferat
1   2   3
Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari. Xayol jarayonlari-fayllar.org

AGGLUTINASIYA. Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo`lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni "yopishtirib" birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo`li bilan ko`proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog`ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot).
GIPERBOLIZASIYA. Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma`lum qismlarining sonini ko`paytirish, ularning o`rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko`p qo`lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog`dek katta odam, no`xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo`li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin.
URG`U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo`li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo`llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko`p qo`llaniladi. Bu usul bilan o’rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi. SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o`simliklarning obrazi asosida nashlar yaratadilar. Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo`llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko`p takrorlanuvchi belgilar ma`lum obrazlarda gavdalantiriladi.

Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro`yxati.
  1. G`oziev E. Psixologiya. T. 1994.


  2. Granovskaya R. M. Elementi prakticheskoy psixologii. SPb, 1997


  3. Karimova V. M. "Ijtimoiy psixologiya asoslari". - T., 1994


  4. Karimova V. M. Auditoriyada bahs-munozarali darslarni tashkil etishning psixologik texnikasi. - T., 2000


  5. Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002


  6. Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000


  7. Olshanskiy B. B. Prakticheskaya psixologiya dlya uchiteley. M. 1994.


  8. Psixologiya. Uchebnik. - Pod red. A. Krilova - M., 1998


  9. Rubinshteyn S. L. Osnovi obshey psixologii. - M., 1998


  10. Umumiy psixologiya. A. V. Petrovskiy taћriri ostida. T.1992.




http://fayllar.org
Yüklə 7,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə