1.
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli
illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi,
inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot
sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga
tahdid soladigan uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib
beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik,
badavlat va
kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli
illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar
amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr
yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar
tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining
shaxsiy
manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini
anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi.
Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa
qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum
mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib
chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu
normal holat sifatida qabul
qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi
korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga
qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi.
Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi
qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki
bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi.
Dunyoning yetakchi
dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning
poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki
sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni
Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan
hokimlaringizga pora qilib
uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish
sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir
qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan.
Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan
AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini
impechmentga tortish
mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy