Реферат мавзу: nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash бажарди: iii-d snt Hamroyev N. N


Og‘izdan-og‘izga nafas oldirish usuli



Yüklə 10,33 Mb.
səhifə3/10
tarix06.07.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#119317
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NAFAS YO‘LLARINING

Og‘izdan-og‘izga nafas oldirish usuli

Og‘izdan-burunga” usulida nafas oldirish

Jarohatlanganlarga “og‘izdan-og‘izga” va “og‘izdan burunga” ekspirator nafas berishdan tashqari, jang maydonida quyidagi boshqa usullardan ham foydalanish tavsiya etiladi.


Silvestr usuli bo‘yicha sun’iy nafas oldirish. Jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi va beliga (ko‘krakdan pastroqqa) kiyimlar shakll
antirilgan yostiqcha qo‘yiladi. Bunda uning boshini orqaga engashtirib, ko‘krak qafasining pastki qismini yuqoriga ko‘tarib turish lozim va bosh yon tomonga buriladi.
Yordam ko‘rsatuvchi kishi jarohatlanganning bosh tomonida cho‘kkalab o‘tiradi.







Silvestr usuli yordamida sun’iy nafas oldirish

a – nafas olish

b – nafas chiqarish







Silvestr usuli yordamida ikki kishi tomonidan sun’iy nafas oldirish

a – nafas olish

b – nafas chiqarish

Ikki qo‘li va tirsagidan ushlab, qo‘llarni yuqoriga ko‘taradi. Bir vaqtning o‘zida ularni orqaga yo‘naltirib, yon tomonga harakat qildiradi. Qo‘l barmoqlari yerga tekkizilgan bo‘lishi lozim. Bunday holatda ko‘krak qafasi kengayadi, nafas olinadi va jarohatlangan kishining qo‘llari tirsak bo‘g‘imida bukilib, ko‘krak qafasi pastki qismiga qaytarib qo‘yilgan holda bir necha soniya qattiq qilib bosiladi. Ko‘krak qafasining qisilishi tufayli nafas chiqariladi va bir daqiqada 16-18 marta nafas oldiriladi. Bunday usul bilan nafas oldirilayotganda jarohatlangan kishining tili orqaga ketib qolmasligi kerak.


Agar jarohatlangan kishiga ikki kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, unda ular jarohatlanganning ikki tomoniga tiz cho‘kib o‘tiradida, tirsagidan ushlab, yuqorida ko‘rsatilganday harakatlantiradi.
Agar sun’iy nafas oldirish jang maydonida dushman o‘qi ostida ko‘rsatilsa, Silvestr usuli o‘zgartirilgan holda amalga oshiriladi. Bunda yordam beruvchi jarohatlanganning yoniga yotib, yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni bir qo‘li bilan bajaradi.

Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə