Реферат мавзу: nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash бажарди: iii-d snt Hamroyev N. N


Nafas oldirish nayi yordamida “og‘izdan-og‘izga” sun’iy nafas oldirish



Yüklə 10,33 Mb.
səhifə2/10
tarix06.07.2023
ölçüsü10,33 Mb.
#119317
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NAFAS YO‘LLARINING

Nafas oldirish nayi yordamida “og‘izdan-og‘izga” sun’iy nafas oldirish. Jarohatlangan kishi yuzasi qattiq bo‘lgan joyga chalqancha yotqiziladi. Yelka bo‘yin qismi tagiga biron mato (kiyim) valik sifatida qo‘yiladi.
Ekspirator nafas berishdan oldin yuqori nafas yo‘llariga havo o‘tishini ta’minlash kerak. Halqum hiqildoqni to‘sib qo‘ymasligi va havo o‘pkaga o‘tmay qolmasligi uchun bosh orqaga qarab yoziladi. Jarohatlangan iyak oldinga ko‘tarilib, og‘zi ochiladi. Agar jag‘i qattiq yopishgan bo‘lsa, bosh tarafiga o‘tib, tizzaga o‘tirgan holatda ko‘rsatish barmoqlari pastgi jag‘ burchaklarga joylashtiriladi.
Katta barmoqlarni yuqori jag‘ga qo‘yib, itargan holatda pastki jag‘ni oldinga surish kerak. Jag‘ni shunday ushlagan holda barmoqlar iyakka o‘tkazilib, pastga tortiladi, so‘ngra og‘zi ochiladi. Shuningdek, boshini orqaga ekkan holda o‘ng qo‘l bilan (iloji bo‘lsa, toza doka yoki sochiq bilan o‘rab) og‘iz bo‘shlig‘i, ya’ni so‘lak qusish qoldiqlari va boshqa jismlardan tozalanib, havo o‘tkazgich nayi kiritiladi.
Ta’minotda bo‘lgan nafas oldirish trubkasi S–simon shaklda bo‘lgan qattiq rezinadan tayyorlangan trubkadan iborat bo‘lib, o‘rtasida dumaloq to‘siq (ajratgichi) bor.
Nayni nafas oldirish uchun jarohatlanganning og‘ziga kiritishdan avval, qayirilgan tomonini pastga yo‘naltirib, tishlar orasidan og‘izga kiritiladi. Ko‘rsatilgan tomoni bilan yuqoriga buraladi va tilning o‘zagigacha kiritiladi. Nafas oldirish nayi yordamida til og‘iz bo‘shlig‘i tubiga bosiladi.
S hundan keyin jarohatlanganni burni ikki tomonidan siqib, ko‘rsatkich barmoqlar bilan havo o‘tkazich to‘sig‘i og‘iz ustiga bosiladi.
Ikkinchi qo‘lning barmoqlari bilan jag‘ yuqoriga ko‘tariladi. Yordam ko‘rsatuvchi chuqur nafas olib, nafas oldirish nayi mundshtugini og‘ziga oladi va u orqali havoni puflab, jarohatlangan kishi o‘pkasiga kiritadi. Bu jarayon ko‘krak qafasining ko‘tarilishi bilan kuzatiladi.
Sun’iy nafas berishning ekspirator ko‘rinishlari TD-2 yoki S-simon havo o‘tkazuvchi naylar vositasida o‘pkaga havo puflash bilan amalga oshiriladi. Qutqaruvchi og‘zidan nafas oldirish trubkasi (vozduxovod) mundshtugini chiqarib olishi bilanoq, ko‘krak qafasi pasayadi va nafas chiqarish ro‘y beradi.
Og‘izdan-og‘izga” va “og‘izdan burunga” ekspirator nafas berish. Xuddi nafas oldirish trubkasi bilan havo berish usulidagidek, jarohatlangan yer yoki biron bir qattiq narsa ustiga chalqanchasiga yotqiziladi.
Og‘izdan-og‘izga” nafas oldirishdan oldin jarohatlangan og‘izi doka salfetkasi yoki ro‘molcha bilan yopilib, burni qisiladi. Jarohatlanganning og‘izi ochiq holatda bo‘lishi lozim. Qutqaruvchi chuqur nafas oladi va og‘zini jarohatlanganning og‘ziga mahkam bosib, o‘pkasiga havoni puflaydi.
Bunda bo‘sh turgan qo‘l bilan jarohatlangan burnini qisib turish zarur. Havo o‘pkaga yuborilgandan so‘ng qutqaruvchi og‘zini uning og‘zidan yuqoriga oladi va ko‘krak qafasining elastik kuchlari bo‘shashi hisobiga jarohatlangan passiv havo chiqaradi.
Nafas oldirish vaqtida uning soni daqiqasiga 16-20 dan kam bo‘lmasligi kerak. Nafas olish davomiyligi nafas chiqarish davomiyligidan 2 marta kam bo‘lishi uchun havoni tez va keskin puflash kerak.
Sun’iy nafas oldirilayotganda nafas bilan olinayotgan havo oshqozonni ortiq cho‘zmasligini kuzatib borish zarur. Bu holda oshqozondan ovqat massasining ajralishi va bronxlarga tushish xavfi paydo bo‘ladi. Og‘izdan-og‘izga nafas oldirish reanimatsiya qutqaruvchida gigienik noqulayliklarni vujudga keltiradi. Havoni doka salfetka, ro‘molcha yoki boshqa har kanday yupqa mato orqali puflab, jarohatlanganning og‘ziga og‘iz qo‘yishdan saqlanish mumkin. Shu maqsadda maxsus havo o‘tkigizgichlar ishlatiladi.
Og‘izdan burunga” nafas oldirish usulidan foydalanishda havo jarohatlanganning burni orqali o‘pkaga puflab kiritiladi. Bunda shikastlanganning og‘zi va jag‘i qo‘l yordamida bir-biriga yaqinlashtirilib, qattiq yopilgan bo‘lishi kerak. Tilning orqaga ketib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘l bilan pastki jag‘ oldinga siljitiladi.






Yüklə 10,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə