Referat mavzu: Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi Bajardi


Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik tamoyili



Yüklə 168,94 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü168,94 Kb.
#151982
növüReferat
1   2   3   4   5
Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi

Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo‘ysunishini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo'g'in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalami hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo'yishdir. Yakkaboshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs irodasiga so'zsiz bo‘ysunish bilan birga amalga oshishi kerak. Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o'z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi.

  • llmiylik tamoyili. Ilmiylik tamoyilining mohiyati, har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining o'z obyektiv yo'nalishlari, o'z sohasida mahalliy va chet el tajribasini qo'llashni taqozo etadi.

  • Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish — biznes va strategik rejasini tuzish — iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo'ljallangan yo'nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi holatini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlar istiqbolini aniqlash, texnik va tashkiliy qarorlami qabul qilish asosida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish — u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi resurslardan samarali foydalanish yo'llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

  • Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o'zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun javobgar bo'ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomori mulk egasi ishlar borishini o'zi to'liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi, kamchiligi esa sarmoyaning uncha katta bo'lmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburligidir. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o‘z bilimlarini oshirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo‘llarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o‘zgartirib borishi kerak. Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko‘p jismoniy va huquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini biigalikda qabul qiladilar va korxona yoki aksiyadorlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo'ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruv jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo‘li bilan qo'shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo'lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, ular asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning mavjud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, huquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar — aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi — korporatsiya, aksiyadorlar jamiyati yoki korxona aksiyadorlaridan «ikki yoqlama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aksiyadorlar esa qo'shimcha ravishda dividenddan soliq to'laydilar. Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo'lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun to'liq javob beradi.


  • Yüklə 168,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə