Referatni birovdan ko’chirgan hamda birovga ko’chirtirgan har ikkala talabaga ham "0" ball qo’yiladi



Yüklə 232,69 Kb.
səhifə4/12
tarix22.03.2024
ölçüsü232,69 Kb.
#184216
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
14 MAVZU TOPSHIRIQ

Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo’qolishi bilan predmetning tabiati o’zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo’lishi individning inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas.
Shuni xam aytish lozimki, predmet belgisining muhim yoki nomuhim bo’lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo’lishimizga qarab xam belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo’lmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim bo’lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo’lsa, inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, obyektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo’lishi bilan zaruriy aloqada bo’lgan belgilardan) farq qiladi.
Nihoyat, predmet to’xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo’lganligi uchun, vaqt o’tishi bilan uning muhim bo’lgan belgisi nomuhim bo’lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim belgiga aylanishi mumkin.
Masalan, bevosita kuzatiladigan faktlar empirik bilish bosqichida muhim ahamiyatga ega bo’lsa, nazariy bilish bosqichida unga kamroq murojaat qilinadi.
Demak, tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar predmetning umumiy va individual belgilari bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamza Hakimzoda Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, individual muhim belgilari (xususan, «Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi.
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, masalan, o’zimiz yozib o’tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to’g’risida tasavvurga ega bo’lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo’lmaydi. Chunki tushuncha predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o’zida konkret qalamlarning barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo’lgan individual belgilarni tashlab yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan spesifik beliglar bo’lib ham xizmat qiladi.
Tushuncha predmetning nomuhim belgilaridan chetlashar ekan, demak uni to’laligicha aks ettira olmaydi. Bu ma’noda u hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqdan uzoqroqda turadi. Lekin, tushuncha predmetning muhim belgilarini in’ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga nisbatan borliqni chuqurroq, to’laroq ifoda etadi.
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o’laroq, inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar taqqoslash, analiz, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirishlardan iborat.
Taqqoslash yordamida predmetlar o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash, umumiy tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi.
Taqqoslash analizni taqoza qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo’lmaydi. Ular u yoki bu xossasiga ko’ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. analiz yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har qaysisi alohida o’rganiladi.
Sintez analizga teskari usul bo’lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo’lmasa predmet haqida yaxlit fikr hosil qilib bo’lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog’liqdir.
Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa abstraksiyalash yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 232,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə