Reja : Shaxs tushunchasi. Inson individ sifatida shaxs individuallashuvi. Shaxs rivojlanishida biologik va ijtimoiy muxitning aloqadorligi muammosi. Shaxsning ijtimoiy-moslashgan dunyoqarashi tushunchasi



Yüklə 51,46 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü51,46 Kb.
#141378
1   2   3   4
5-mavzu

Eksperimental davr. XX asrning birinchi o’n yilligida shaxsni o’rganish bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o’rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo’ldi. Mazkur yondashuv inson psixolgiyasini jarayon va holatlarga bo’lishni talab qilardi. Unga ko’ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo’lib, ulardan shaxsni yig`ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo’ladi.
Inson tabiatini o’rganishdagi eng dolzarb muammolardan biri ijtimoiy-biologik muammodir. Odam haqida gapirilganda bu so’zning uch xil mazmunini nazarda tutish mumkin: odam biologik tur sifatida- Homo sapiens, odam individ sifatida, va odam ijtimoiy uyushgan insoniyat sifatida. Bizning muhokamamiz uchun predmeti shaxs tushunchasi ekan, ijtimoiy-biologik munosabatlar nuqtai nazaridan insonni individ sifatidagi jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Shaxs va individning munosabatlari bilan bog`liq muammo shaxs psixologiyasining eng muhim va qiziqarli masalalaridan biridir. Individ nima? “Shaxs” va “individ” tushunchalari bir-biri bilan qanday munosabatda bo’ladi? Mazkur savollarga javob berishga harakat qilamiz. Odam tushunchasi inson individi uchun xos bo’lgan turga tegishli xususiyatlarni aks ettiradi va uning odam turiga mansub ekanligini ifodalaydi. “Odam” tushunchasida ong, til, mehnat bilan bog`liq biologik tuzilishga ega umumiy va turga xos belgilar qayd etiladi. SHuning uchun ham u individningsh eng umumiy va mavhum tavsifidan iborat hamda boshqa yuqorida keltirib o’tilgan tushunchalar bilan beriladigan qo’shimcha izohlarga zarurat paydo bo’ladi. Individ tushunchasi insoniyat turiga mansub alohida odamni aks ettiradi, u ayni paytda ham tabiat, ham jamiyatga tegishli bo’lganligi sababli ham, “organizm”, “shaxs” degan tushunchalar bilan qayd etiladi. Agar ulardan birinchisi odamning biologik xususiyatlarini ifodalasa, ikkinchisi uning ijtimoiy qiyofasini aks ettiradi.
Individ tushunchasi insoniyat turining alohida vakilini ifodalaydi va u tabiatga tegishli bo’ladi. Alohidalik darajasida biz individ tushunchasiga murojaat qilamiz. Individ –ba`zi jamiyatlarning “birligidir”. Ushbu ma`noda individ tushunchasi ko’plab fanlarda qo’llaniladi. “Sotsial individ”, “biologik individ” degan tushunchalarni turli fanlarda tez-tez uchratish mumkin. Mazkur tushuncha mavhum bo’lib, u konkret individlar qanday mavjud ekanligini to’liq ko’rsatib bera olmaydi. Shaxssizlik- individning xarakteristikasi bo’lib, u boshqa shaxslar uchun befarq, uning mavjudligi ham, yo’qligi ham ularning hayotida hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi. Biroq inson dunyoga jamiyatning to’la huquqli a`zosi sifatida keladi va shu daqiqadan boshlab hayvonot olamidan farqli o’laroq, individ nomini oladi va Homo sapiens( aqlli odam) turining vakili, uzoq taraqqiyotning mahsuli, individual o’ziga xos sifatlar tashuvchisi sifatida namoyon bo’ladi. Aniq inson haqida individ deyish etarli emas. “Individ”-aniq sub`ektning bo’linmasligi, yaxlitligi va o’ziga xosligini ifodalaydi. Individning shakllanishi filogenezdan boshlanadi. Yaxlit bir butun tuzilma sifatida individ turning biologik evolyutsiyasi mahsuli bo’lib, bu jarayonda organlar va funktsiyalarning differentsiatsiyasi (ixtisoslashuvi) va integratsiyalashuvi (birlashishi) vujudga keladi.
Individ – avvalo genotipik (nasliy) tuzilma bo’lib, u filogenez mahsulidir. Biroq individ genotipik tuzilma bo’lib qolmasdan, balki uning rivojlanishi ontogenezda ham davom etadi. Shuning uchun ham individning xarakteristikasiga ontogenezda shakllangan va integratsiyalashgan xususiyatlari ham kiradi. Ontogenez – individual organizmning rivojlanish jarayoni, insonning tug`ilgandan to umrining oxirigacha bo’lgan individual rivojlanish davri. Ontogenez – individ psixikasining asosiy tuzilmalarining individual rivojlanish davridagi shakllanishidir. Filogenez – 1) inson va hayvon psixikasi va xulq-atvorining paydo bo’lishi, tarixiy rivojlanish jarayoni; 2) insoniyat tarixi davomida inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Biroq biologik mavjudot bo’lish bilan birga individ ayni paytda ijtimoiy hamdir. Ijtimoiy mavjudot sifatida individ, bir tomondan turli-tuman ijtimoiy komponentlarning o’zaro kesishuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan insoniyat tuzilmasining noyob, o’ziga xos borlig`idir. Shunday qilib, «individ» tushunchasi uning bo’linmasligi, yaxlitligi, alohida sub`ektga xosligi, alohida tabiiy mavjudotligi, uzoq davom etgan taraqqiyot mahsuli, individual sifatlarning tashuvchisi ekanligini ifodalaydi. Individ o’zida odamning ham biologik, ham ijtimoiy xususiyatlarini namoyon etadi. O’z taraqqiyotida u filogenetik, ontogenetik va ijtimoiy rivojlanish bosqichlarini bosib o’tadi. Individ rivojlanishining ijtimoiy dasturi uning ijtimoiy mavjudot ekanligini ifodalaydi va individ rivojlanishining shaxsiyatli komponentini tashkil etadi.
Shaxs eng ko’p mazmunli tushunchalardan bo’lib, uning bunday ko’p mazmunliligi tushuncha bilan emas, balki uni izohlash bilan bog`liq nazariyalarga aloqadordir. Eng muhim muammo qanday qilib mavjud turli ta`riflarni bir-biri bilan uyg`unlashtirishdir. Odatiy tasavvurlarda uchta birtomonlama yondashuvlar o’z aksini topadi. Birinchisiga ko’ra, “har bir odam shaxsdir”( shaxsning Homo sapiens bilan ekvivalentligi mezoni), ikkinchisiga ko’ra, “shaxs o’zining mustaqil maqomiga (pozitsiyasi) ega odam”(sub`ektivlik mezoni), uchinchisiga ko’ra, “shaxs- mashhur odam” (odamning jamiyatdagi o’rni mezoni). Psixofiziologik muammo shaxs psixologiyasidagi eng asosiy masala bo’lib, u shaxs va organizm munosabatlari masalasini transformatsiya qiladi (ko’chiradi). Inson individini ifodalash uchun ikkita- organizm va shaxs tushunchalari qo’llanilgan. Organizm odamning biologik tabiatini aks ettiruvchi barcha xususiyatlarining yig`indisiniifodalaydi va biologiya fanlarining o’rganish predmeti hisoblanadi. Shaxs tushunchasi o’zida inson tabiatining ob`ektiv sifatlarining eng oliy xislatlari va birlashtiruvchi funktsiyalarini aks ettiradi. Insonning tirik mavjudot ekanligi va biologik qonuniyatlarga bo’ysunishi hech kimda shubha tug`dirmaydi. Shuningdek uning ijtimoiy mavjudot ekanligi ham barchaga ma`lum. O’z navbatida individning tabiiy, organik tomonlari va individning sifatlari shaxs tarkibida mavjud hamda ijtimoiy ta`minlangan elementlaridir.
Shaxs tarkibidagi biologik xususiyatlari ijtimoiy shaklda namoyon bo’ladi. ”Shaxs” va “individ” tushunchalarining birligi va aynan bir narsa emasligi ko’plab savollarni vujudga keltiradi. Ular orasida eng muhimi “shaxs” iborasi bilan ataladigan individning tizimli sifatlari qanday xususiyatlarga ega ekanligidir.
Individuallikning mohiyati individning o’z borlig`iga ega bo’lishi, aynan o’zi bo’lib qolishi, boshqa yaxlit tizimda mustaqil faoliyat olib borishidir. Odamning individualligi - har bir individning betakror, biroq u o’zining atrofidagi ijtimoiy borliqdagi biror guruhga mansub bo’lsa ham o’zining mustaqilligini yo’qotmaydi, o’zligiga ega sub`ekt sifatida saqlanib qoladi. Individual o’zlik individuallikning barcha belgilarida aks etadi. Biroq individuallik betakrorligining tub mohiyati individning tashqi qiyofasi bilan bog`liq bo’libgina qolmay, balki faoliyat sub`ekti sifatida o’ziga xos uslublarda ham namoyon bo’ladi. Individuallikni kishining jamiyatdagi hayot tarzining alohida shakli deb atash mumkin. Shaxs va individuallik tushunchalarinin taqqoslar ekanmiz, ularni bir qatorga qo’yib bo’lmaydi, chunki individuallik shaxsning bir xususiyatidir.
Shaxs tushunchasida odamning alohida individ sifatida ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari aks etadi. Biroq shaxsning mohiyati ijtimoiy munosabatlari personifikatsiyasi (shaxsiyatlashuvi) bo’lsa, alohida shaxs o’zining ijtimoiy mohiyatini individuallik shaklida namoyon etadi. Individuallikda o’z qiyofasini yaratadi, o’z hatti-xarakatlarining “muallifi”ga aylanadi. “Agar shaxs inson xususiyatlari tarkibining eng yuqori “cho’qqisi” bo’lsa, u holda individuallik shaxs va faoliyat sub`ekining eng chuqur tuzilmasidir. Individuallikdan, o’zligidan xoli shaxs mavhum va real mavjud bo’la olmaydi. Agar inson individi o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zlashtirmay turib shaxs bo’la olmas ekan, u holda individuallikka ega bo’lmay turib o’z borlig`ini ham topa olmaydi. Shunday qilib shaxs o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy, yashash usuliga ko’ra individualdir. Unda ijtimoiylik va individuallik, mohiyat va mavjudlikning birligi mujassamdir. Shaxs va individuallik nafaqat o’zaro bog`liq, balki bir-birini o’zarol ta`minlaydi. Odam shaxsi sifatlarining shakllanishi o’zini-o’z anglash bilan o’zaro aloqadordir. Alohida olingan odamning xulq-atvori, o’zining ijtimoiy rol va vaifalariga munosabati uning individual ongi, riovjlanish darajasi hamda individual xususiyatlariga bog`litqdir. Shunday qilib, individuallik, nafaqat shaxs bilan aloqador, balki uning eng muhim xislatini ham tashkil etadi. Shuning uchun u ham shaxsning ta`rifi tarkibiga kirish kerak.
Individuallik tushunchasi to’laligicha shaxs tushunchasi bilan mos kelmaydi. Agar shaxs tushunchasi odamning ijtimoiy ta`minlangan jihatlarini, ijtimoiy mamunini ifodalasa, ijtimoiy maqomi va qadriyatlarini aks ettirsa, individuallik tushunchasi uning turmushi shakli va usullarini ochib beradi. Tabiiy xususiyatlar o’z-o’zidan individuallikni shakllantirmaydi. Odam individi individuallikka aylanishi uchun u “birlik”, “nusxa” bo’lishdan to’xtab o’z borlig`ida mustaqillikka ega bo’lishi kerak. Individuallik – bu alohida shaxsning muhim shakllangan xususiyati bo’lib, u tabiiy va ijtimoiy xossalarning, ong va faoliyatning birligidir. Shunday qilib, individuallik predmetli olamda, tabiatda va kishilik jamiyatida namoyon bo’ladi. Shunga muvofiq tarzda uning uchta: predmetli, biologik va ijtimoiy shaklini farqlash mumkin”.
Individuallikning eng muhim ta`rifiga ko’ra, u alohida odamning o’zligini aks ettiradi. Shaxs tushunchasi odamni ijtimoiy mamunini ifodalasa, individuallik tushunchasi uning hayot uslubi va shakllarini aks ettiradi. Individuallik tushunchasi odamning individuallashuv jarayoni o’zligi va betakrorligining shakllanishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. Umuman olganda shaxsning individualligi hayoti davomida jamiyatda o’zlashtirib boriladigan, qadriyatlar ierarxiyasida mo’ljal olishni ta`minlaydigan, motivlar kurashi paytida xulq-atvorini naorat qila oladigan, muloqot va faoliyat jarayonida, boshqalarda va o’z-o’zida ohir bo’ladigan mazmunli munosabatlar va yo’l-yo’riqlar yig`indisidir.
Himoya mexanizmi atamasi 1894-yilda dastlab Z.Freyd tomonidan fanga kiritildi. Keyinchalik mazkur sohadagi tadqiqotlarning miqdorini ortib borishi natijasida uning amaliy va nazariy ahamiyati ham ortib bormoqda. Psixologik himoya – bu shaxsni salbiy kechinmalardan himoya qilishga yo’naltirilgan anglanmagan psixik jarayondir. Aynan psixologik himoya mexanizmlari qarshilik ko’rsatish jarayonlari asosida yotadi. Shaxsning himoya mexanizmlari uning psixikasida ilk bolalik davrida paydo bo’ladi va butun hayoti mobaynida davom etadi. Psixologik himoya mexanizmlari odamni yoqimsiz emotsional kechinmalardan himoya qiladi, psixologik komfortni saqlab berishga yordam beradi. Psixologik himoyani funktsional vazifani va maqsadi, ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi ijtimoiy muhit talablarini o’zlashtirishi oila va jamiyatning qoida va normalarini o’zlashtirish o’rtasidagi ziddiyatlar bilan shartlangan ya`ni shaxsni ichki nizolarini (havotirlik,siqilish) engillashtirishdan iborat. Psixologik himoya mexanizmlari bu nizolarni engillashtiradi, inson xulq-atvorini himoya qiladi va uni moslashuvchanligi va psixikasini barqarorligini oshirgan holda boshqaradi.
Psixologik himoyalanganlikni ta`minlovchi asosiy mexanizm sifatida shaxsning barqarorlashtiruvchi maxsus boshqaruv tizimi yuzaga chiqadi. Ular nizoni anglash bilan bog`liq bo’lgan havotir tuyg`ularini bartaraf qilish yoki minimumigacha keltirishgacha yo’naltirilgan. Bu yondashuv bilan bog`liq holda uning asosiy funktsiyasi sifatida ong muhitini negativ shaxsni jarohatlovchi kechinmalardan “to’sish” ko’rib chiqiladi.
Keng ma`noda “psixologik himoya” atamasi psixologik diskomfortni bartaraf etish natijasida yuzaga keladigan negativizm kabi shaxs xislatlari faolligini chalkashtiruvchi “yolg`onlar” paydo bo’lishi, shaxslararo munosabatlar tizimini o’zgartiruvchi har qanday xarakatlarni tushuntirishda qo’llaniladi.
Tor ma`noda esa psixologik himoya bir qator himoya mexanizmlarini funktsiyalashuvi natijasida ong tarkibini o’ziga xos tarzda o’zgarishiga olib keluvchi tushunchani anglaymiz. Ular tushkunlik, rad etish, proektsiya, identifikatsiya, regressiya, izolyatsiya, ratsionalizatsiya, konversiya va boshqalarda. Bu himoya mexanizmlarini faoliyati insonning axborot-yo’nalganlik harakatlari asosini va uning sub`ektiv, shaxsiy munosabatlar tizimini adekvatligini oshirmasdan uni mosligini xatto tushirishi xam mumkin.
Himoya mexanizmi – bu xatar yoki xavotir manbaini buzib ko’rish rad etish yoki qochish mumkin bo’lgan har qanday jarayon. Himoya mexanizmlari, shuningdek, bizning “Men” ligimizni ideallashtirilgan obrazini tartibga solishga hamda o’zimizni qabul qilishimiz qulay bo’lishi uchun yordam beradi. Zigmund Freyd birinchilardan bo’lib, himoyaning ko’p turlarini identifikatsiyalangan va bu mexanizmlar ongsiz tarzda harakat qilishini taxmin qilgan.
Himoya mexanizmlarini juda ko’p qo’llovchi insonlar yaxshi moslashmay qoladilar, chunki ular emotsional energiyalarining ko’pini xavfni nazorat qilish va o’zi haqidagi yolg`on tasavvurlarini saqlab qolishga harakat qiladi. SHunga qaramay himoya mexanizmlarini foydasi mavjud. Ular ko’pincha xavfni engib o’tishga yordam beradi. Bizda xavfdan samarali qutilish va muammoga diqqatni qaratishga vaqt paydo bo’ladi. Agar siz bizning aytganlarimizdan o’zingizga taalluqliligini olgan bo’lsangiz, bu siz o’zingizni faqatgina himoya qilaverasiz degani emas. Avval ta`kidlaganimizdek hamma ham himoya mexanizmlarini qo’llab turadi.
Himoya mexanizmlarining ikkita asosiy tavsifnomalari mavjud:
1.Reallikni rad etish yoki buzish.
2.Ongsiz darajadagi faoliyat.
Ko’pincha odamlar himoya mexanizmlarini bitta turini emas, balki ularni kompleks tarzda qo’llashni ma`qul ko’radilar. Bundan tashqari ko’pchilik insonlarda bitta mexanizmlarni boshqasidan afzal ko’rish moyilligida, ya`ni xuddi ularning qo’llanilishi odat tusiga aylangandek tuyuladi.



Yüklə 51,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə