Reja; 1 Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar


Qon aylanish tizimini tekshirish usullari



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#145586
1   2   3
qon aylanish t

Qon aylanish tizimini tekshirish usullari
So‘rab-surishtirish. Qon aylanish sistemasi zararlanganda patsiyent hansirash, vaqti-vaqti bilan bo‘g‘ilib qolish, yurak o‘ynog‘i va yurak ishida to‘xtalish bo‘lib turishi, yurak sohasi hamda to‘sh ortidagi og‘riqlar, yo‘tal, qon tuflash, badanida shishlar borligidan noliydi. Bunda bemorlarda markaziy nerv sistemasiga aloqador funksional o‘zgarishlar kuzatiladi, bular darmonsizlik, tez charchab qolish, uyqu buzilishi, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi ko‘rinishida bo‘ladi. Hansirash ko‘pincha chap qorincha yetishmovchiligining alomati bo‘lib hisob- lanadi. Yetishmovchilikning dastlabki davrlarida odam jismonan zo‘r berganida, tez yurganida, zinadan ko‘tarilib chiqqanida hansiraydi. Yurak kasalliklarida hansirash paydo bo‘lishining sababi — gazlar almashinuvi buzilib, chala oksidlangan mahsulotlarning qonda to‘planib qolishidir. Bo‘g‘ilish xurujlari: odatda to‘satdan kechasi tutib qoladi. Bo‘g‘ilish xuruji tutgan paytda bemor birdan havo yetishmay qolganini sezadi, ko‘kragida g‘arg‘araga o‘xshagan xirillashlar paydo bo‘ladi, qon aralash balg‘am tushadi. Yurak sohasida turli sabablarga ko‘ra og‘riqlar paydo bo‘ladi. Bemor so‘rab-surishtirilganda og‘riqlarning aniq joyi, tabiati, qancha davom etishi, qay tariqa o‘tishi, tarqalishi, qanday sharoitlar paytida paydo bo‘lishini bilib olish zarur. Yurak kasalliklarida shishlar paydo bo‘lishi o‘ng qorincha yetishmovchiligining ifodasidir. Avvaliga shishlar kechga yaqin paydo bo‘ladi, tuni bilan esa yo‘qolib ketadi. Shishlar paydo bo‘lganda birinchi galda venalar bilan kapillyarlarda o‘tkazuvchanlik kuchayib, qondan to‘qimalarga suyuqlik o‘tadi.
So‘rab-surishtirish yordamida bemorning turmush tarixidagi zarur voqealar ham aniqlab olinadi. Bunda ilgari boshidan kechirgan kasallik­lari, mehnat va turmush sharoitlari, zararli odatlarini o‘rganish kerak. Ayollarda homiladorlik va tug‘ruqlarning qanday o‘tganligini aniqlab olish lozim, chunki qon aylanish sistemasi kasalliklarining belgilari ana shunday davrda paydo bo‘ladi.
Bemor ko‘zdan kechirilganda hammadan avval uning vaziyati, teri qoplamlarining rangiga ahamiyat beriladi. Yurak yetishmovchiligida bemor qaddini ko‘tarib yotishga majbur bo‘ladi. Lablar va ko‘zga ko‘rinib turadigan shilliq pardalar sianozi, hansirash yurak yetishmov- chiligidan darak beradi. Yurak yetishmovchiligining xarakterli alomati

  • shishdir. U teri osti yog‘ kletchatkasida bir tekis suyuqlik to‘planib qolishi oqibatida ham, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planib qolishi (assit) oqibatida ham bo‘lishi mumkin. Shish ko‘pincha (ayniqsa yurak yetishmovchiligining dastlabki davrlarida) oyoqlarda bo‘ladi, ba’zan u odam dam olgani yoki kechasi uxlab turganidan keyin tez yo‘qolib ketadi. Bunday shish ba’zan terining oziqlanishini izdan chiqaradi, natijada terining o‘sha joylari yoriladi, maddalaydi, yara bo‘lib ketadi. Shish paydo bo‘lganda qon dimlanib qolishi va mayda qon tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilishi katta rol o‘ynaydi. Shishga bir necha usullar bilan obyektiv baho berish (uning bor-yo‘qligini, qaerga kelganini aniqlab olish) mumkin. Bemor og‘irligini muntazam ravishda tekshirib turish, diurezni (chiqqan suyuqlikni hisobga olib borish), qorin aylanasini o‘lchash va boshqalar shular jumlasidandir. Yurak sohasi ko‘zdan kechirilganda do‘ppayib chiqib turgan joy (yurak yoki aorta anevrizmasi) borligidan, yurak uchi zarbining ancha kuchayganini bilsa bo‘ladi. Ba’zan yurik tomirlar (uyqu arteriyalari)ning zo‘r berib urib turgani ma’lum bo‘ladi. Arteriyalarning egri-bugri va zich bo‘lib qolgani sklerotik jarayonda kuzatiladi. Yurak sohasi palpatsiya qilib ko‘rilganda ba’zan yurak yoki yurak uchining zarbi seziladi (chap qorinchaning zo‘r berib urib turishi). Yurakni palpatsiya qilish yo‘li bilan «mushuk xirillashi» degan simptom bor-yo‘qligini aniqlasa bo‘ladi. Bu simptom yurakning o‘ng bo‘lmachasi bilan chap qorinchasi o‘rtasidagi teshik torayib qolganida uchraydi (yurak porogining bu xili chap bo‘lmacha — qorincha teshigi stenozi yoki mitral stenoz deb ataladi). Perkutor tovush yurak bilan o‘pka ustida har xil bo‘ladi. O‘pkada havo bo‘lganidan, o‘pka ustidan ancha qattiq tovush chiqsa, qattiqqina muskulli a’zo bo‘lmish yurak ustidan bo‘g‘iq tovush chiqadi.

Yurakning biror bo‘limi chegaralari (masalan, aorta klapani yetish- movchiligida ayniqsa yurak chap qorinchasining ancha kengaygani) yoki yurakning umumiy chegaralari kengayib ketganini (sezilarli yurak yetishmovchiligi paytida kuzatiladigan «ho‘kiz yurak») perkussiya yordamida anikdab olish mumkin.
Auskultatsiya diognostikaning keng rasm bo‘lgan usulidir. Yurak fonendoskop yoki stetoskop bilan eshitib ko‘riladi. Normada 2 ta yurak toni eshitiladi: I sistolik ton yurak qisqarib (sistola), chap bo‘lma- qorincha klapani bilan o‘ng bo‘lma-qorincha klapanlari bekiladigan va miokard tarang tortiladigan paytda yuzaga kelsa, II diastolik ton diastola vaqtida paydo bo‘ladi va aorta klapani bilan o‘pka stvoli klapanining bekilishidan kelib chiqadi.
I ton bilan II ton orasidagi interval (o‘tadigan vaqt) II ton bilan I ton orasidagi intervalga qaraganda qisqaroq bo‘ladi. Yurakdagi u yoki bu patologik o‘zgarishlar sababli yurak tonlari o‘zgarib qolishi mumkin. Masalan, miokard zaifligida tonlar bo‘g‘iq bo‘lib qoladi. Diastolik ton aksari arterial bosimning ko‘tarilib ketishidan paydo bo‘ladi. Sog‘lom odamda yurak tonlari yetarlicha qattiq, jarangdor bo‘lib eshitiladi. Yurak kasalliklarida, miokard zaifligida yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib qoladi. Biroq, yurak tonlarining yurak kasalliklari tufayli bo‘g‘iq bo‘lib qolganini talaygina yog‘ borligi sababli ko‘krak qafasi qalin bo‘lib turgani uchun yurak tonlari jarangdorligining kamayib ketganidan — tonlarning sekin bo‘lib qolganidan farqlash kerak.
Bir qancha yurak kasalliklarini aniqlash uchun auskultatsiya mahalida topiladigan yurak shovqinlari katta ahamiyatga ega. Bunday shovqinlar miokard yoki yurak klapani apparatidagi organik, shuningdek o‘tkinchi o‘zgarishlar munosabati bilan paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, chap bo‘lma-qorincha klapani revmatik jarayondan zararlanganda klapan tavaqalarining to‘la bekilishiga to‘sqinlik qiladigan nuqson paydo bo‘ladi; klapan yetishmovchiligi deb shunga aytiladi, bunda qorincha sistolasi vaqtida chap qorinchadan qon aortaga o‘tibgina qolmay, balki chala bekilgan «nuqsonli» klapan orqali orqaga ham qaytadi — chap bo‘lmaga qaytib tushadi. Shunday qon aylanishi sistolik deb ataladigan shovqin paydo bo‘lishiga olib keladi.
Fiziologik shovqinni miokard yoki yurak klapanlarining birinchi bo‘lib zararlanishiga aloqador bo‘lmagan ba’zi holatlarda uchratish mumkin. Masalan, o‘smirlik shovqini degan shovqin ko‘p uchraydi, u organizm­ning tez o‘sib borayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Yosh ulg‘ayishi bilan bu shovqin yo‘qolib ketadi va organik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Yurakning nervlar bilan idora etilishi buzilganida, ayniqsa taxikardiya vaqtida, jismoniy zo‘riqishdan keyin davo qilsa yo‘qolib ketadigan sistolik shovqin paydo bo‘ladi. Endokrin sistemaning bir qancha patologik holatlari yurakda ikkilamchi o‘zgarishlar va sistolik shovqin paydo bo‘lishi bilan birga davom etadi (masalan, tireotoksikoz).
Diastolik shovqin aorta klapani yetishmovchiligida kelib chiqadi, bunda diastola vaqtida qon jips bekilmay qolgan klapanlar orqali chap qorinchaga yana qaytib tushadi. Diastolik shovqin chap bo‘lmacha bilan qorincha o‘rtasidagi teshik stenozi paytida eshitiladi, bunda chap bo‘lmachadan chap qorinchaga qon qiyinlik bilan o‘tadi.
Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə