Reja; 1 Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar


Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar



Yüklə 24,09 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü24,09 Kb.
#145586
1   2   3
qon aylanish t

Qon aylanish tizimida kuzatiladigan o‘zgarishlar
Qon aylanish tizimida quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: yurak o‘ynashi, uning to‘xtab-to‘xtab urishi (aritmiya), yurak sohasida og‘riq, hansirash. nafas qisishi (bo‘g‘ilish), shish, sianoz va boshqalar.

129
Yurak o‘ynashi. Sog‘lom odam tinch holatda va sezilarli jismoniy kuchlanishda ham yurak urishini sezmaydi, faqatgina jismoniy zo‘riqishda (masalan, zo‘r berib yugurgandan so‘ng) yurak urishi tezlashishi bilan uning qattiq urayotgani seziladi, tana haroratining yuqori darajalarga ko‘tarilishida ham yurak o‘ynashi seziladi. Yurak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda yurak o‘ynashi sezilarsiz jismoniy kuchlanishda, hattoki tinch turganda ham aniqlanadi. Ozgina hayajon- lanish, ovqatdan so‘ng ham yurak o‘ynashi sezilishi mumkin. Normada yurak minutiga 60—80 marotaba uradi. Yurak kasalliklarida yurak o‘ynashining kelib chiqish sababi yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishidir, bunda yurak qisqargan vaqtda aortaga yetarli miqdordagi qonni haydab chiqara olmay qoladi, shuning evaziga a’zo va to‘qimalarni yetarli miqdorda qon bilan ta’minlash uchun yurak «majburan» tez qisqara boshlaydi (kompensator holat). Yurak urishining tezlashishi taxikardiya deyiladi.
Yurak ritmining buzilishi — aritmiya deganda, yurakning to‘xtab- to‘xtab, xuddi xayolda yurak muzlab, to‘xtab qolganday, qisqa kuchli urishi tushuniladi. Yurakning to‘xtab-to‘xtab urishi bir marotaba yoki davomli bo‘lishi mumkin. Bu holatga yurak qisqarishlarining buzilishi sabab bo‘ladi.
Yurak sohasidagi og‘riq yurak kasalliklarining muhim belgisidir. Qisib turadigan og‘riqlar, ko‘pincha yurak muskulini oziqlantirib turadigan toj tomirlar orqali yurakning qon bilan ta’minlanmasligi (miokard ishemiyasi) natijasida kelib chiqadi. Og‘riq qisqa vaqtli (3—5 minutgacha), xurujsimon bo‘lib, ko‘pincha fizik kuchlanish vaqtida (yurganda, zinadan yuqoriga ko‘tarilganda), ko‘chadagi havo harorati past bo‘lgan vaqtda birdaniga ko‘chaga chiqqanda seziladi. Og‘riq ko‘pincha to‘sh sohasida (kamdan-kam yurak sohasida) bo‘lib, ba’zan harakatni to‘xtatganda yoki nitroglitserin qabul qilganda o‘tadi.
Hansirash. Yurak kasalliklarida ko‘p uchraydigan belgilar yurak qisqaruvchanlik funksiyasining pasayishi natijasida kelib chiqadi va buning evaziga kichik qon aylanish doirasida qon dimlanadi, hansi- rash — yurak yetishmovchiligining birinchi belgilaridan hisoblanadi. Yurak muskullarining sezilarsiz bo‘shashishi natijasida jismoniy kuchla- nishlarda hansirash seziladi.
Yurak muskullarining to‘satdan bo‘shashishi sababli, to‘satdan hansirash yuzaga keladi (xuddi nafas qisish xurujidek), bu holat yurak astmasi xuruji deb ataladi. Agar xurujda shoshilinch yordam ko‘rsa- tilmasa (yetarli dori moddalari bilan), o‘pka shishuvi kelib chiqadi, bunda xurujga qon aralash ko‘pikli balg‘amli yo‘tal qo‘shiladi. Bu holat ancha og‘ir bo‘lib, ba’zan bemor o‘lib qolishi mumkin.
Shish. Yurak yetishmovchiligining xarakterli belgisidir, aniqrog‘i o‘ng qorincha yetishmovchiligi. O‘ng qorincha muskullari qisqaruv- chanlik funksiyasining pasayishi evaziga katta qon aylanish doirasida qon dimlanadi, tomirlar devorining buzilishi natijasida suyuqlik sizib chiqadi va shish paydo bo‘ladi.
Yurak kasalliklarida shish asosan pastdan boshlanadi (oyoqlardan), bemor yotgan paytda shish bel va dumg‘aza sohasida aniqlanadi.
Sianoz. Lablar, burun uchi, barmoqlar, tirnoqlar ko‘karadi va yurak yetishmovchilik belgilaridan biri bo‘lib, shishdan oldin kelib chiqadi.

Yüklə 24,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə