Reja: Alisher Navoiyning she`riyatdagi ilk qadamlari, "Ilk devon"ning yaratilishi



Yüklə 49,57 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü49,57 Kb.
#167664
  1   2   3   4
Ilmiy meros Alisher Navoiy


Alisher Navoiy ilmiy merosi


Reja:

1. Alisher Navoiyning she`riyatdagi ilk qadamlari, "Ilk devon"ning yaratilishi.


2. "Badoe` ul-bidoya" va "Navodir un-nihoya" devonlari kompozitsiyasi.
3. "Xazoyin ul-maoni" - Alisher Navoiyning turkiy she`riyati kulliyoti.
4. “Arba’in” va “Nazm ul-javohir” asarlari.

Alisher Navoiyning turkiy-o’zbek tilida yozgan she`rlari quyidagi manba`larda to’plangan.
1. Alisher Navoiy she`rlaridan tuzilgan "Ilk devon". Alisher Navoiy she`riyatining noma`lum muxlislari tomonidan tuzilgan "Ilk devon". Ta`kidlanganidek, mazkur devon Alisher Navoiyning muxlislari tomonidan hijriy 870 (1465-1466) yilda tuzilib, Sulton Ali Mashhadiyning go’zal nasta`liq xati bilan ko’chirilgan, noma`lum musavvir esa devonning varaqlarini go’zal naqshlar bilan bezagan. Devonga nom qo’yilmaganidan uning faksimil (foto) nusxasini birinchi marta nashrga (Toshkent: Fan, 1968) tayyorlagan Hamid Sulaymon uni "Ilk devon" tarzida nomlagan. Alisher Navoiy ham "Badoe` ul-bidoya" debochasida uning nomini keltirmaydi: "Xaloyiq orasida ming bayt-ikki ming bayt ortuqroq-o’ksukroqkim, o’zlari jam` qilib erdilar, bag’oyat mashhur bo’lib erdi" [1-tom, 24].
"Ilk devon"da to’rt xil janrdagi she`rlar kiritilgan. Bular g’azal (391), mustazod (1), muxammas (1) va ruboiy (41). Ularning jam`i 434 ta bo’lib, umumiy hajmi 5871 misrani tashkil etadi. Devon quyidagi matla`li g’azal bilan boshlanadi:
Iloho, podshoho, kirdikoro,
Sanga ochug’ nihonu oshkoro.
Devon quyidagi ruboiy bilan tugaydi:
Oxir dami umr ista shitob, ey soqiy,
Tutg’il manga oncha mayi nob, ey soqiy-
Kim hashrda mast o’lay xarob, ey soqiy
To anglamay, etsalar azob, ey soqiy.
Demak, "Ilk devon" Alisher Navoiyning 24 yasharligigacha yozilgan asarlarini qamrab olgan. Shunisi borki, hozir "Ilk devon" deb talqin va taqdim etilgan nusxa haqiqatan ham Alisher Navoiy muxlislari tomonidan tuzilgan devon nusxasimi, degan savol hali uzil-kesil hal qilingan deb bo’lmaydi. Tadqiqotlar bu savolga aniq javob topishi mumkin.

Yüklə 49,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə