Reja: Asosiy vositalar hisobining ahamiyati va vazifalari


Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish



Yüklə 125,95 Kb.
səhifə13/18
tarix11.10.2023
ölçüsü125,95 Kb.
#127129
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Asosiy vositalar

6. Asosiy vositalar ta’mirini hisobga olish
Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning fizik xossa va sifatlari vukolib boradi. Ularni tiklash uchun korxona ta’mirlash ishlarini o‘tkazishi mumkin. Asosiy vositalar ta’mirining ikki turi mavjud:

  1. Kapital ta’mir;

  2. Joriy ta’mir.

Bir yildan ortiq muddatda o‘tkaziladigan mashina va jihozlar ta’miri kapital ga’mir hisoblanadi. Bu ta’mirda agregatni kismlarga ajratish, barcha eskirgan detal kismlarni almashtirish yoki tiklash, yygish, sozlash va sinash ishlari bajariladi.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashda eskirgan konstruktsiya va detallar ta’mirlanadigan obyektlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilaydigan yangilari yoki mustaxdsamroq va tejamliroklari bilan almashtiriladi. Kapital ta’mirda mashina va jihozlar Uzoq muddatga tuxtatib kuyilishi mumkin.
Joriy ta’mir bir yildan kam muddat ichida o‘tkaziladi hamda mashina va jihoz-larni Uzoq muddatga tuxtatib kuyish bilan bog‘liq emas. Ta’mir ishlari boshlanishiga qadar nuksonlar qaydnomasi asosida tuziladigan smetalarga muvofiq har bir obyekt bo‘yicha normativ harajatlar miqdori aniqlanadi. Smetada ta’mirning barcha turlari uchun harajatlar aniq bir jixrz turini ta’mirlashning mehnattalabligini tavsiflaydigan murakkablik birligiga to‘g‘ri keladigan normativlar bo‘yicha yoki ularning turi hamda rejalashtirilgan ish hajmi bo‘yicha harajatlar me’yorlari asosida hisoblab chiqariladi.
Korxona asosiy vositalarini ta’mirlash pudrat yoki xo‘jalik usulida bajarilishi mumkin. Pudrat usulida bajarilganda korxona ta’mirlash - kurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini to‘zadi. Xo‘jalik usulida esa ta’mir o‘z kuchi bilan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta’mirlash harajatlari ishlab chiqarish harajatlari hisobidan koplanadi. Buning uchun esa korxonada maxsus zaxira tashkil etiladi. Zadira O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zaxira summasi korxonaning mustaqil belgilaydigan normativ miqdorda xdr oyda mahsulot tannarxiga utkazilib boradi. Normativ 5 yil muddatga katiy belgilangan summada yoki asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foizlarda ishlab chiqilishi kerak
Zaxira summasi buxgalteriya hisobida 8910-«Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari rezervi» hisobvarag‘ida isobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq passiv bulib, u bo‘yicha saldo ta’mir ishlarida foydalanilmagan zaxira summasini aks ettiradi. Debet bo‘yicha oborot - zaxiradan ta’mir ishlarini bajarish bilan bog‘liq ish va xizmatlar haqini to‘lashda foydalanishni, kredit bo‘yicha oborot esa - korxona harajatlariga kiritish hiobigas har oyda yaratiladigan zaxira summasini tavsiflaydi.
Ishlab chiqdrish harajatlari hiobigas zaxira tashkil etilganida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:
D-t - Ishlab chiqarish harajatlar hisobvaraqlari
K-t 8910-«Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari rezervi».
Ta’mirlash uchun harajatlar kilinsa quyidagicha yozuvq qilinadi:
D-t 8910-«Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari rezervi»
K-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» K-t 6010.
Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari, ularni turkumlash va baholash
O‘zbekiston Respublikasining negizida mulkning davlat shakli bo‘lgan rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga o‘tish jarayonida yangi mulk shakllg jumladan xususiy mulkning paydo bo‘lishi sababli buxgalteriya hisobi tizimida ham o‘zgarishlar qilish zaruriyati tugildi.
Hisobining har bir bo‘limi va analitik uslublarning ko‘pchiligi amalda nazar uslubiy yondoshishni va asoslashni talab qiladi. Lekin buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, ularning mohiyati va maksa o‘zgarmasdan qoldi. Moliyaviy hisobotlarning elementlari bo‘lgan aktiv va passivlarnn yangi kurinishlari, ularni baholash uslublari, moliyaviy natijalarni hisob-kitob kilish va harajatlarni hisobga olish yullari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobvaraqlar rejasining yangi ko‘rinishi o‘z ifodasini topdi. Nomoddiy yoki «yashirin» aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora shakliga et bulmagan, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektga daromad keltiruvchi mablag‘lar kiritilad} Nomoddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi, «Buxgalteriya hisob to‘g‘risida»gi Ko‘onun va buxgalteriya hisobi milliy standartlarida, xususan, «Nomodiy aktivlar» hamda «Ilmiy tadkikot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarish; harajatlar» deb nomlangan 7- va 11 -sonli buxgalteriya hisobining milliy standartlarida bayon etiladi. «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMSga muvofiq nomoddiy aktivlar moddiy-ashyoviy mazmunga ega bulmagan, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan xujalik faoliyatida foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek Uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun mo‘ljallangan mol-mulk obyektlari.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega bulmagan. lekin korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi. Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va akliy mulk obyektlarining qiymati. mulk huquqi obyekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy shuningdek Uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi.
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy mohiyatga ega bo‘lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan Uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega bulmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi. Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yuli bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir kator omillarni hisobga olish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni harid qilish, rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida patentlar, litsenziyalar, akdiy mulk va savdo markalari aks ettiriladi. Tanxo huquqlar, kompyuter dasturlarini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ruyxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy harajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo etish harajatlari ya’ni boshlash harajatlari). nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilim, texnik kunikmalar va boshqalar amaliyotda uchhaydigan nomoddiy aktivga oddiy misollar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:
Nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bulib, ularni hisobgaolishni tashkil qilish;
Nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga doir me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
Korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha buxgalteriya hisobi ozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash;
Mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish;
Eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni soddalashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud:
Patentlar — korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun ;foydalaniladigan, krnun bilan ximoyalangan guvoxnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib olinadi;
Nou-xau — ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlangan klimat bo‘yicha korxona ustav o‘ kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik tijorat, boshqaruv, moliya kabi harakterdagi texnik bilim va amaliy harakterdagi boshqa bilimlarni o‘z ichiga oladi;

Yüklə 125,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə