Reja: Beton siqilishga mustaxkamligi



Yüklə 85,65 Kb.
səhifə2/3
tarix17.02.2023
ölçüsü85,65 Kb.
#101026
1   2   3
1-мавзу

bu erda Reglbetonning egilish markasi; Ap – empirik koeffitsient bo‘lib yuqori sifatli materillar uchun 0,42, oddiy materialar uchun 0,4 va past sifatli materiallar uchun 0,37 ga teng deb olinadi; = sementning egilishdagi faolligi.
Betonning yoshi ortib borgan sari uning egilish va cho‘zilishga mustahkamliligi siqilishga mustahkamliligiga qaraganda sekinroq oshadi va Rcho‘z/Rsiq kamayadi.
Betonning sifatini uning o‘rtacha mustahkamligi bilangina baholab bo‘lmaydi. Amaliyotda bu o‘lchamdan chetga chiqish ko‘p bo‘lishini kuzatish mumkin. Sement faolligining o‘zgarib turishi, uning normal quyuqligi, minerologik tarkibi, to‘ldiruvchilarning xususiyati, bir-biridan sal bo‘lsa ham farq qiladigan donalari, tayyorlash va qotish tartibi, materiallarning dozirovkasi, aralashtirish va qotirish tartibi beton strukturasi turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ladi. natijada betonning baъzi o‘rinlari boshqasidan ozmi-ko‘pmi farq qilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ishlatiladigan materialning xususiyati va texnologik jarayonning bir maromda bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. demakki, betonning mustahkamlik, zichlik, o‘tkazuvchanlik, sovuqqa chidamlilik va boshqa xususiyat ko‘rsatkichlari o‘zgarib turadi. Betonning bir hilligini baholash uchun statistik usullar ishlatiladi. YAъni, betonning sifati uning o‘rtacha mustahkamligi (yoki tegishli ko‘rsatkichlar majmui) va bir xilligi bilan belgilanadi. Bir xillik esa mustahkamlik koeffitsienti (yoki boshqa ko‘rsatkichlar)ning o‘zgarishiga qarab baholanadi.
Beton va temir-beton konstruksiyalar loyiha qilinganda betonning (beton markasining) normadagi o‘rtacha mustahkamligi emas, balki beton mustahkamligi ko‘rsatkichlari turliligini hisobga oladigan, bundan tashqari konstruksiyaning xavfsiz ishlashiga kafolat beradigan muayyan koeffitsientlar qo‘shilgan hisobiy qarshilik ko‘rsatkichlari olinadi.
Hisobiy qarshilik ko‘rsatkichlari quyidagi formula bilan hisoblanadi
, (2.9)
bu erda RH – betonning normativ qarshiligi; k – betonning xavfsizlik koeffitsienti; R – beton markasi (normalashtiriladigan o‘rtacha mustahkamlik); N – beton mustahkamligi o‘zgarishini baholash koeffitsienti; QMQ bo‘yicha o‘rtacha ifoda N = 13,5%.
Xavfsizlik koeffitsienti bo‘lgan k baъzi salbiy omillar natijasida konstruksiyaning zaiflashishini hisobga oladi. Masalan, nazorat namunalari va konstruksiyadagi beton mustahkamligining mos kelmasligi, buyum va konstruksiya o‘lchamlari dan og‘ish, armaturani loyiha asosida joylashtirishdan chetga chiqish, notasodifiy ishlab chiqarish xatolari va va boshqa omillar shular jumlasiga kiradi.
Agar betonning haqiqiy o‘rtacha mustahkamligi betonning loyihadagi markasiga mos kelsa, farqiy koeffitsient o‘rtacha olganda 13,5% bo‘lsa normativ qarshilik 97,7% taъminlangan bo‘ladi. YAъni 1000 holatdan 977 tasida betonning haqiqiy mustahkamligi uning normativ qarshiligidan yuqori bo‘ladi.
Xaqiqatda farqiy koeffitsient o‘rtacha ko‘rsatkichdan boshqacha bo‘lishi mumkin va buning natijasida betonning qo‘shimcha mustahkamlik ko‘rsatkichi o‘zgaradi. Texnologiya yaxshi tartibga solingan korxona va qurilishlarda farq qilish koeffitsienti 4-6% kamayishi mumkin. Sifati etarli bo‘lmagan, xususiyatlaridagi o‘zgarishlari katta bo‘lgan materiallar ishlatilganda, texnologik jarayon yomon tashkil etilganda farq qilish koeffitsienti 20-25 foiz bo‘lishi ham mumkin.
rasmda o‘rtacha mustahkamlik darajasi doimiy (beton markasi) bo‘lib bir xillik (farqiy koeffitsient) o‘zgarganda mustahkamliknning normativ qarshilikdan past bo‘lish holati ko‘rsatilgan. Bir xillik ko‘rsatkichi qancha kam bo‘lsa, farqiy koeffitsient shuncha yuqori bo‘ladi, konstruksiyalarda mustahkamligi normativ qarshilikdan kam bo‘lgan beton ishlatiladi, yaъni konstruksiyalarning ishonchliligi kamayadi.
Mustahkamlikni doimiy bo‘lishini taъminlash uchun farqiy koeffitsient o‘zgarganda betonning o‘rtacha mustahkamligini turlicha qilib belgilash lozim. 2.8-rasmda farqiy koeffitsientni kamaytirish bilan betonning o‘rtacha mustahkamligiga talabni kamaytirish mumkinligini ko‘rish mumkin va bu holatda konstruksiyadagi betonning normativ qarshiligi doimiy taъminlangan bo‘ladi, yaъni, betonning doim sifatli bo‘lishi kafolatlanadi.
Maъlum konstruksiyalarda betonni o‘rtacha mustahkamligiga talabning kam bo‘lishi sement sarfini kamaytirib konstruksiya harajatlarini tushiradi. SHuning uchun beton mustahkamligi va bir xilligini to‘la baholash uning sifatini to‘g‘ri belgilaydi va ishlab chiqarishni takomillashtirish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.

Yüklə 85,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə