Reja: Bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyatlari



Yüklə 20,7 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü20,7 Kb.
#135369
  1   2
1523464564 70996


Mavzu: Jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi hamda vazifalari, o’quv fan sifatida tutgan o’rni
Reja:

  1. Bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyatlari.

  2. Maktab o‘kuvchilarining jismoniy tarbiya gigienasi

  3. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joyning gigienasi

  4. Ishlab chiqarish gimnastikasi gigienasi

O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasi o‘quv tarbiya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, sog‘lomlashtirishda katta ahamiyatga ega. Yoshlikdan boshlab jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishning muhimligi shundaki bu davrda bolalarda markaziy nerv sistemasining plastikligi shartli reflektor aloqalarining oson paydo bo‘lishi tufayli Yangi harakat malakalarini o‘zlashtirish oson bo‘ladi. Chaqaloqlikdan boshlab jismoniy tarbiyaning to‘g‘ri o‘tkazish jisoniy rivojlanishga va organizmning hamma funksiyalariga juda ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Bola organizmining umumiy normal jismoniy rivojlanishi suyak-muskul sistemasining bir tekis rivojlanishi va qomatning to‘gri shakllanishi faqat estetik emas balki kata gigienik ahamiyatga ega. Chunki ichki organlarning to‘gri holatda bo‘lishini va normal faoliyatini hamda kam energiya sarf qilib jismoniy ish bajarishini ta’minlaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki organizmning jismonan to‘gri rivojlanishi faqat jismoniy ishchanlikka emas balki psixik faoliyatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi chunki jismoniy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. P.L.Leskaft har qanday bir tomonlama ish hoh jismoniy, hoh aqliy ish bo‘lsin odamni charchatib qo‘yishi va ongli faoliyatini susaytirish deydi. Aqliy mehnatni jismoniy mashqlar Bilan navbatlashtirib turish o‘quv ishini yengillashtiradi. Shuning uchun muhim gigienik va pedagogik ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda harakat faoliyati kamaygani (gipodinamiy, gipokineziya) tufayli jismoniy tarbiya va sport maktablaridagi mashg‘ulotlarning roli juda oshdi. Bu kattalar va bolalar hozirgi zamon turmush tarzining harakterli xususiyati hisoblanadi. Bular fan va texnika yutuqlarining turmushga joriy etilishi, transportning keng rivojlanishi, turmush sharoitining yaxshilanishi va hakazolar bilan izohlanadi. Zero bular muskul faoliyatini chegaralab qo‘yadi.
Jismoniy mashqdar qorida aytib o‘tilganidek alohida biror organ yoki sistemaga emas balki butun oragnizmga ta’sir ko‘rsatadi. Lekin uning turli sistemalari funksiyalari takomillashuvi bir xilda sodir bo‘lmaydi.
Ayniqsa muskul sistemasida o‘zgarishlar yaqqol seziladi. U muskullar hajmining kattalashishi, to‘qimalar fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishi, almashinuv protsesslarining kuchayishi, funksional imkoniyatlarning takomillashuvi bilan ifodalanadi. Bularning natijasi o‘laroquskullarning kuchi va katta hajmdagi ishni bajarish qobiliyati ancha ortadi. Qurbi yetadigan bir xildagi turli muskullar gruppalarga tushadigan nagruzka gavdadagi barcha muskullarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy mashqlarni muntazam o‘tkazib turish natijasida o‘quvchilarda suyak-bo‘g‘im apparatida bir qator ijobiy o‘zgarishlar vujudga keladi. Skeletga eng ko‘p nagruzka tushadigan qismlarida suyak to‘qimasining ro‘yi-rost gipertrofiyasi kuzatiladi. Naychasimon suyaklarning diametri kattalashadi, suyaklar og‘irroq va mustahkamroq bo‘la yosh sakrovchilar, irg‘ituvchilar va boshqalarning rentgenogrammalarida itaruvchi oqda, irg‘ituvchi qo‘lda va boshqalarda suyak o‘qimalari gipertrofiyasi qayd qilinadi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bu plastik protsesslarning yaxshi kechishiga olib keladi. Natijada bola organizmining o‘sishi va rivojlanishi yaxshi bo‘ladi.
Mashqlar protsessida kuch-quvvat. Harakatchanlik va nerv protsesslarining muvozanati ortadi. Jismonan trenirovka qilgan bolalarda shartli reflekslar tezroq paydo bo‘ladi. Bunday bolalarning xotirasi va diqqatini to‘plashi yaxshi bo‘ladi. Ularda o‘quv kuni davomida ish qobiliyati yuqori bo‘ladi. Bu esa o‘zlashtirishga tezroq moslashadi. Markaziy nerv sistemasining idora etuvchi rolining xudi anna shu takomillashuvi tufayli jismonan chiniqqan o‘quvchilarda ayrim organlar va sistemalar ishi jismoniy nagruzkalarda ancha iqtisodli bo‘ladi. Asosan maktabda turli jismoniy mashqlarni qo‘llashning asosiy natijasi o‘kuvchilar sog‘lig‘iga yaxshi ta’sir ko‘rsatishidir. Jismoniy mashqlarning umumiy nospessifik ta’siri tashqi muhitning bir qator noqulay faktorlariga: isib ketishga, sovuq qotishga, gipoksiyaga va boshqalarga shuningdek infeksion va boshqa kasalliklarga chidamlilikning oshishi bilan namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarning jismoniy tarbiyasiga: ertalabki gimnastika (badan tarbiya), maktabda mashg‘ulot boshlangunga qadar gimnastika – jismoniy tarbiya darsi, jismoniy tarbiya minutlari, sport darsdan tashqari vaqtda ommaviy fizkultura ishlari jismoniy mehnat chiniqishlar kiradi.
O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashning asosiy shakli jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi. Unga hamma sinflar uchun haftasiga 2 soatdan ajratiladi. Darslar asta-sekinlik, izchillik va muntazamlilik prinsiplariga asoslanib o‘tkaziladi. O‘quvchilarning uyg‘un ravishda jismoniy rivojlanishini ta’minlaydigan turli-tuman mashqlar kiriti ladi. Kichik maktab shida harakat aktivligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan har-xil mashqlarni keng qo‘llash zarur, hadeb bir-xil harakatlar qilishdan qochish va yurak-tomir sistemasiga va nafas sistemasiga yomon ta’sir ko‘rsatadigan og‘ir ishlarni qilmaslik zarur. O‘rta maktab yoshida muskul kuchini rivojlantiradigan mashqlarni kamaytirish zarur. Chunki ular suyaklarning bo‘yiga o‘sishini to‘xtatishi mumkin. Kata maktab yoshida tez bajariladigan mashqlardan oldin chidamlilikka qaratilgan mashqlarni bajarish, kuch Bilan qilinadigan mashqlarni esa eng keyin bajarish lozim.

Yüklə 20,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə