Reja: Bolalar va o‘smirlarning yosh xususiyatlari


Ishlab chiqarish gimnastikasi gigienasi



Yüklə 20,7 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü20,7 Kb.
#135369
1   2
1523464564 70996

Ishlab chiqarish gimnastikasi gigienasi
Sog‘liqni yaxshilash hamda mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish jarayonida bajarilgan jismoniy mashg‘ulotlar kompleksi korxona va tashkilotlarda dam olish va mehnat rejimini ratsional uyushtirishda kata ahamiyatga ega.
Fiziologik prinsiplari I.M.Sechenov fenomeniga asoslangan ishlab chiqarish gimnastikasi aktiv hordiq chiqarish shakllaridan biri hisoblanadi. Jismoniy va aqliy mehnatdan toliqkan kishi, harakatsiz tinch sharoitda dam olganda emas balki o‘z mehnat faoliyatiga xos bo‘lmagan boshqa harakatlarni qilganda o‘zining avvalgi kuch-g‘ayratini to‘liq va tez tiklashi aniqlangan. Bunda avvalgi ish jarayonida aktiv qatnashmagan muskullar ishga jalb etiladi, yangi faoliyatning boshqa turga ko‘chishi ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar mexanizmida nerv reflektor ta’sirlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Korxonada o‘tkaziladigan gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi xususiyati hordiq chiqarish bo‘libgina qolmay, balki organizmning funksional holatini, kayfiyatini, sog‘liqni yaxshilashdan iborat. Natijada ish qobiliyati va mehnat unumdorligi oshadi.
Ishlab chiqarish gimnastikasining tarkibi, uning vazifasiga va ish faoliyatining xarakteriga bog‘liq. Ular alohida komlpekslar ko‘rinishida birlashtirilgan jismoniy mashqlarning u yoki bu turiga qarab tanlanadi. Mehnatning kasb xususiyatlarini bilgan holda jismoniy mashqlarning organizmning ma’lum sistemalariga va funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan sog‘lomlashtirish masalalarini yaxshilab, mehnat unumdorligini oshiradigan turlari tanlanadi. Bunda shug‘ullanuvchilarning fnksional imkoniyatlari tanlangan jismoniy mashqlarga mos tushishi uchun ularning yoshi, jinsi, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi nazarda tutiladi.
Jismoniy mashqlar komplekslari konkret sharoitlarga binoan o‘zlashtirilishi va ularga qushimchalar kiritilishi mumkin. Ammo birinchi navbatda hamisha shu kollektiv kishilariga ko‘proq foyda keltiradigan makshqlardan foydalaniladi. Masalan: kasbi uzoq vaqt ishlashni taqazo qiladigan kishilar umurtqa pog‘onasini to‘g‘irlaydigan va orqa muskularini mustahakmlaydigan mashqlar bilan shug‘ullanishlari lozim. O‘tirib ishlashda qorin bo‘shlig‘i organlari, chanoq va oyoqlarda qon dimlanishi hodisalarining oldini olish uchun oyoqlar va gavda uchun mashqlar bajariladi. Tik turib ishlash natijasida oyoq tomirlarida qon dimlanib qolishidan tashqari oyoq muskullari ham charchaydi, shu sababli qon aylanishini yaxshilaydigan mashqlar qatoriga muskullarni bo‘shashtiruvchi mashqlar ham tayinlanadi. Bunday mashqlar ayniqsa statik ishni bajarishda toliqqan muskullarning tez dam olishini ta’minlaydi. Shu sababli ulardan boshqa hollarda ham foydalaniladi. Ish jarayonida anchagina harakatchanlikni talab etadigan kasb egalari uchun harakatlarni bir-biriga moslashtiruvchi, muskullarni bo‘shashtiruvchi va cho‘zilish mashqlari muhim ahamiyatga ega. Mashqlar shunday tanlanishi kerakki, asosiy ish jarayonini bajarishda ishga jalb etilmaydigan muskullar ishga solinishi kerak. Miyaning ishlashini talab etadigan va odatda kam harakat qilishdan iborat bo‘lgan aqliy mehnatda iloji boricha ko‘proq muskul gruppalarini ishlatadigan mashqlarni kiritish zarur.
Ishlab chiqarish gimnastikasi mashg‘ulotlarning asosiy ahamiyati ularning sog‘lomlashtiruvchi va ish unumdorligini oshiruvchi ta’siridan iborat. Ishlab chiqarish gimnastikasining samaradorligi ustidan asosiy nazorat shu ikkala yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim.
Ishlab chiqarish gimnastikasining sog‘lomlashtiruvchi ta’sirini o‘rganishda quyidagi metodikadan foydalaniladi: sog‘liq holatini o‘zgarishini hisobga olish, jismoniy rivojlanish va ish qobiliyatini hisobga olish metodikasi. Tekshirish natijalari dastlabki va oxirgi ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi (ishlab chiqarish gismnastikasining ma’lum davri uchun ish kuni boshida va oxirida, gimnastikadan oldin va keyin) va ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug‘ullanmaydigan kishilarning gruppasi natijalari bilan solishtiriladi.
Jismoniy rivojlanishni va undagi o‘zgarishni aniqlash uchun tana og‘irligi, bo‘y, ko‘krak qafasining aylanasi, o‘pkaning tiriklik sig‘imi, barmoqlar kuchi va orqa bel muskullar kuchi, qo‘llarni statik ishga chidamliligi, qomatning to‘g‘riligi, yelka bo‘g‘imlari va umurtqa pog‘onasining egiluvchanligi o‘lchanadi. Ishchilarning jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarga juda katta ahamiyat berish kerak. Bu nuqsonlar kasbga oid noqulay ishlar ta’sirida kelib chiqishi mumkin.
Ishlab chiqarish igmnastikasi mashg‘ulotlari ta’sirida jismoniy rivojlanishda shakllanadigan ijobiy siljishlar umumiy sog‘liq holatini yaxshilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatida baholanishi lozim. Jismoniy rivojlanishga baho berishda, shuningdek tegishli kontrol normativlarini foydalanish ham mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ya.S.Vaynbaum, «Jismoniy tarbiya gigienasi» Toshkent «O‘qituvchi» nashriyoti, 1988 yil.


2. A.A.Minx, I.N.MAlisheva, «Umumiy va sport gigienasi asoslari» O‘zbekiston «Meditsina» nashriyoti, 1981 yil.
3.E.Maxmudov, B.Aminov, Sh.Qurbonov, «O‘smirlar fiziologiyasi va maktab gigienasi», Toshkent «O‘qituvchi» nashriyoti, 1984 yil.
Yüklə 20,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə