Reja: Bolalarni dialogik nutqqa о ‘rgatish muammolari


va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini va



Yüklə 37,53 Kb.
səhifə3/7
tarix26.05.2023
ölçüsü37,53 Kb.
#113262
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni dialogik nutqqa òrgatish metodlari

va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini
va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
2 yoshga kelib bolaning so‘z zaxirasi 200-300 tagacha o‘sadi. Uning
fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli
iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialogga
kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq
keng qamrovli vazifalar doirasida, eng awalo, katta yoshli yaqin qa-
121
rindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan
birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrofolamni
bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola
nutqiy dialogning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U
tashabbus ko'rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni,
o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar
bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari,
fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun
So‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan
so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli
ma’nolami anglatadi. So‘z va predmetli harakatlami qo‘llash, ular bilan
mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan
o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng huquqli
hamkor sifatida chiqadi. 0 ‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istakxohishlarining
bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur
qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsiona!
aioqa o‘matish va o‘z shaxsiga e’tibomi jalb qilishga yordam beradi:
bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq.
bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridanto‘
g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar. '
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol
yo‘naltimvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta’sin
ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda (≪shovqinli
qo‘shiqlar≫) va oddiy so‘z ijodkorligida (≪golf-molflar≫, ≪o‘yinpo‘
yin≫ va boshq.) ko‘rinadi.
Bu yoshda u kattalar bilan dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga
tayanmagan holda o‘z taassurotlarini nutqda ifodalay boshlaydi.
Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va
o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvonot
bog‘iga uyushtirilgan sayohat, qorbobo sovg‘alari va boshqalar
haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari:
Nutqni tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy
vaziyatlar, jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib bemvchi oson tu-
122
shuniladigan so‘zlar va oddiy iboralar zaxirasini kengaytirish. Odamlar,
xonadagi va undan tashqaridagi narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uyjoylar
va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar zaxirasini asta-sekin
kengaytirib borish. Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda
qilinadigan vaziyatlami tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar
sifati, ularning hajmi va rangini belgilovchi so‘zlami tushunishni
shakllantirish. Kattalaming mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2-3 ta harakatdan
iborat bo‘lgan topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va
bajarishni o‘rgatish (.. .koptoktti ol va menga uzat).
Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-hayajonli
dialogni yo‘lga qo‘yish. Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy
ko‘rinishlar va vokallashuvlaming paydo bo‘lishiga ko‘maklashish.
Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-xohishlami ifodalash
va atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlami yo‘lga qo‘yish uchun
zarur bo‘lgan so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalai
va bolalarga murojaat qilish: savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta
so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga (yil oxirida) undash.
Bolalaming kishilami ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi
so‘zlardan, xonadagi v i xonadan tashqaridagi buyumlardan,
ayrim hayvonlardan va o‘simlMardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar
harakatlaridan, notirik va t rik obyektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan
foydalanishlari uchun tegishli holatni vujudga keltirish.

Yüklə 37,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə