Reja: Bolalarni dialogik nutqqa о ‘rgatish muammolari


Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik



Yüklə 37,53 Kb.
səhifə2/7
tarix26.05.2023
ölçüsü37,53 Kb.
#113262
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni dialogik nutqqa òrgatish metodlari

119
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik
vazifasi.
Bola hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi
ijtimoiy rivojlanish vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta
odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi
faoliyat mazmuni - predmetlardan foydalanishning jamoatchilik
tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan iborat (bola
qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni, stulchaga
o‘tirish va hokazolami o‘rganadi).
Dialog jadal rivojlanishda davom etadi, zero, kattalar bilan bevosita
muloqotsiz predmetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat
bilan bog‘liq dialog faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy dialogga
aylanadi. Shunday qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan
foydalanishning insoniy usullarini o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan,
iborat bo‘ladi.
, Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga
kelib, ulaming jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini,
masofayiy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga
ajratisb va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matrushka
kabi o'yinchoqlami qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun
kashf qiladi. Biroq bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin,
u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab
chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi;
sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.)
mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalaming vazifasi va ularni
amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
2. Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari. Dialogga
bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlami o‘zlashtirish bolaning o‘z faol
nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning
ramziy vazifasi, ya’ni real narsalaming o‘mini almashtira olish
hamda o‘mini bosuvchi narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish
qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq nutqqacha predmetli harakatlami
aynan bir narsa bilan turli harakatlami yoki turli narsalar bilan aynan
bir xil harakatni bajarish, juftlik o‘yinlami rivojlantirish va umumlashtirishga
oid uzoq yo‘lni bosib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
120
Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar,
qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga
ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dialogga
kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan,
bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi
chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildiradi.
Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir
so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga
aylanatirish orqali uning kamchiliklarini ≪tuzatadi≫ (Temur dadasining
mashinasini ko‘rib qoldi: ≪Bi-bi, dada≫. Ona: ≪Dadasining
mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz≫).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasawur yagona
o‘xshashlikdan (≪lyalya≫ - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq
o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha
(≪mol≫ so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalashda
foydalanishdan boshlab keyinchalik ≪mol≫ so'zini faqat sigir va
buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z
yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi (≪nanna≫ so‘zi
bir vaqtning o‘zida ≪bu non≫, ≪non bering≫, ≪non tushib ketdi≫ kabi
ma’noiami anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosabatlami
grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyinroq
esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yilning
oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bolaning
so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30—40 ta
so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat
boiadi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita
namoyish qilish, ko‘zlaming to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar

Yüklə 37,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə