Reja: Didaktika haqida tushuncha. Bilish – ta‘lim jarayonining metodologik asosidir. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir



Yüklə 393 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü393 Kb.
#130155
1   2   3   4   5
Didaktika fani va uning vazifalari

Kurs ishining vazifalari: didaktikaning predmeti va uning vazifalarini o`rganishda didaktika tushunchasi va predmetlari, didaktikaning asosiy vazifasi va didaktik tushunchalar tizimi, sharq mutafakkirlarining ginosiyosatlik g`oyalari ta’lim jarayoni asosi sifatida, sharq mutafakkirlarining ta’lim tarbiyaga oid ma’naviy va ahloqiy qarashlari, sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy ahamiyati.
Kurs ishining obyekti: didaktikaning predmeti va uning vazifalarini o`rganish bo`yicha ish olib borishda psixologiyaning o`rni va vazifalarini o`rganish shakllari
Kurs ishining predmeti: didaktikaning predmeti va uning vazifalarida.
didaktika tushunchasi va predmetlari, didaktikaning asosiy vazifasi va didaktik tushunchalar tizimi, sharq mutafakkirlarining ginosiyosatlik g`oyalari ta’lim jarayoni asosi sifatida, sharq mutafakkirlarining ta’lim tarbiyaga oid ma’naviy va ahloqiy qarashlari, sharq mutafakkirlarining ilmiy merosidan yosh avlod tarbiyasida foydalanishning amaliy ahamiyati.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishiga kirish, II BOB, to‘t bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.

Sharqu g’arb ma‘naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy o’rin olgan didaktika doimo rivojlanib bordi. Didaktikaning asoschisi XVII asrning buyuk chex pedagog-olimi Yan Amos Komenskiydir. Yan Amos Komenskiy (1594-1670) butun dunyoda pedagogik fikrlar va maktablar taraqqiyotiga juda o’lkan xissa qo’shgan yetuk olimdir. Uning 1632 yilda yozgan «Buyuk didaktika» asari o’qitishni rivojlantirishga g’oyat sezilarli ta‘sirini ko’rsatdi, shuning uchun ham bu asar jahon pedagogikasi oltin xazinasining noyob gavhari hisoblanadi.


Yan Amos Komenskiyning insoniyat oldidagi buyuk xizmatlaridan biri-ta‘limning sinf-dars sistemasini ishlab chiqishdan, dars maktabda o’qitishning asosiy shakli ekanligini asoslab berishdan iboratdir. Yevropada didaktikaning rivojlanishida Yan Amos Komenskiydan keyin rus pedagogi K.D. Ushinskiyning ham xizmatlari katta.
O’zbekistonda (keyingi yillarda) didiktik ta‘limning tashkil topishi va rivojlanishi A. Avloniy, X.H, Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy, M. Behbudiy, O. Sharafiddinov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog’liq.
Mustaqil Respublikamizda 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 9-sessiyasida qabul qilingan «Ta‘lim to’g’risida» gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi ta‘lim-tarbiya soxasida muhim o’zgarishlar va tub islohatlarning o’tkazilishiga asosiy omil bo’ldi. Shu boisdan bugungi kunda ta‘lim-tarbiya muassasalari faoliyatini yaxshilash, shakllantirish, o’qitish tizimini yaxshi yo’lga qo’yish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishga erishilmoqda.
XX asrdan boshlab didaktika zamonaviy soha sifatida shakllana boshladi. Jumladan, pedagogika-psixologiya sohasida yangi yo’nalishlar, o’qitishning ilg’or pedogоgik texnologiya asosidagi o’qitish usullari kulami rivojlandi. Yangi pedagogik texnologiya asosida o’qituvchilar faoliyati shakllanmoqda, shuningdek masofaviy ta‘lim, axborot texnologiyasi yordamida dars berish hozirgi zamonaviy o’qituvchining faoliyatida ko’rinmoqda.
XULOSA
Bilish bu avvalo sezishdan, hissiy sezishdan boshlanadi. Bilish jarayoni kabi ta‘lim jarayonida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noaniq bilishdan aniqroq bilshgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Ushbu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’ladi.
Bilish ikki pallaga – nazariya va amaliyotga bo’linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilar. Nazariyada g’oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko’rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o’zgartirish, yaratish, - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi.
Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron-bir qonunning qay tariqa namoyon bo’lish sabablarini ham ko’rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo’lib kuzatish, tajriba asosida qo’lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo’lmaydi.
O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlari bilishda omillarni o’rganishga katta e‘tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy (873-950) bilimning elementi bo’lgan omillarni o’rganishga katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, bilimning asosini mavjud narsa va hodisalarni inkor ettiradigan omillar tashkil etadi. Ibn Sino (980-1037) kasallikni vujudga keltiruvchi omillarni o’rganish asosida kasalliklarni turlarga ajratadi va davolash usullarini ishlab chiqdi. A. Beruniy (973-1048) tabiat hodisalari sirlarini o’rganishda tajriba, empirik kuzatish va ular asosida olingan faktlarga asoslanadi.
Demak, bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga ta‘sir etuvchi ayrim sifat va xossalarining ongimizda aks etishidir. Sezgilar – odam haqidagi barcha bilimlarimizning boshlang’ich manbaidir. Ammo ilmiy asosda bilishda, masalan, olimning bilishi bilan o’quvchining bilish faoliyati o’rtasida umumiylik bo’lsa ham lekin, ular bir-biridan farq qiladi. Olimlar olamni bilib olib, ilgari fanga ma‘lum bo’lmagan yangi haqiqat-g’oyalarni kashf etadilar, yangi qonuniyatlarni aniqlaydilar va shu tariqa fanning ilgarilab ketishiga imkon yaratadilar. O’quvchilar esa ta‘lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari noma‘lum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyotida tekshirib ko’rilgan yangi fikr, narsa va hodisalarni bilib oladilar. O’qituvchi o’quvchilarni olimlar tomonidan yaratilgan bu qonunni, g’oya va bilimlarni bilishga to’g’ri, yengillashtirilgan, vаqt jihatidan qisqa yo’ldan olib boradi. Ana shu jarayonda o’quvchining bilimlarni o’zlashtirishga faol munosabatda bo’lishi uning bilish faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi.

Yüklə 393 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə