Reja: Ekonometrik modellarning iqtisodiy tahlilida verifikatsiya bosqichining ahamiyati


Verifikatsiyaning mazmumi va mohiyati



Yüklə 158,48 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü158,48 Kb.
#139823
1   2   3   4
7-MAVZU. EKONOMETRIKA MODELLAR PARAMETRLARINI ANIQLASHDA EKKMDAN FOYDALANISH USLUBIYOTI

Verifikatsiyaning mazmumi va mohiyati. Ekonmetrik modellarning xaqiqatga yaqin tuzilishi uni tashkil etgan ma'lumotlarning real bo'lishini taqozo qiladi. Shuning uchun olinayotgan va qayta ishlanayotgan statistik ma'lumotlarni tekshirishni talab etadi. Bu jarayon verifikatsiya deb yuritiladi. “Ishon, biroq tekshirib ol” mazmunida naql bor.
Verifikatsiya termini lotincha so'zdan olingan bo'lib, ikki so'zdan tarkib topgan. Birinchisi xaqiqat, ikkinchisi amalga oshirmoq ma'nosini beradi.
Verifikatsiya termini qabul qilingan ma'lumotlarni ishonchli manbalarga (qonun, me'yoriy xujjatlar, xisobot) qarab tekshirilishi kuzatilishi mumkin bo'lgan xatolarning oldini oladi. Amaliyotda ushbu termin kriminalistikada, ishlab chiqarish sohasida, dasturlash tizimida, fan va ko'pgina boshqa sohalarda qo'llaniladi.
Modellarni verifikatsiyalashuning realligi, adekvatligini tekshirish tushiniladi. Model ma'lumotlari iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari va tendentsiyalarini hamda qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Shuning modelni qurish uchun olingan ma'lumotlarni tekshirish lozim bo'ladi. Modelni verifikatsiyalash – u yoki bu bu sabalar bilan modelning adekvatligini tekshirish imkoniyati bo'lmasa,barcha mavjud ma'lumotlardan foydalangan xolda modelning ishonchligi va to'liqligi, funktsional aniqligi baxolanadi. Modelning nazariy ma'lumotlari uning amaldagi ma'lumotlari bilan taqqoslanadi.

  • Verifikatsiyalash usullari:

  • Bevosita verifikatsiyalash, u yoki bu prognoz modelidan foydalanilgan xolda o‘rganilayotgan ob’ekning modelini ishlab chiqish;

  • Bilvosita verifikatsiyalash, O‘rganilayotgan model ma’lumotlari boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar taqqoslanadi;

  • Konsenvekt verifikatsiyalash, oldin olingan prognoz ma’lumotlari qurilayotgan model ma’lumotlariga analitik va mantiqiy tuzatishlar kiritish orqali verifikatsiya qilish;

  • Opponentli verifikatsiyalash, qurilayotgan model haqida mezrn sifatida olingan opponet ma’lumotlari bilan tekshiriladi;

  • Ekspertli verifikatsiyalash, ya’ni model natijalari va ekspert sifatida olingan shaxs ma’lumotlari taqqoslanadi;

  • Inverstli verifikatsiyalash, qurilayotga model ma’lumotlari retropektiv (o‘tgan davr) davri ma’lumotlari o‘zaro taqqoslanadi;

  • Qisman maqsadli verifikatsiya, model tarkibiy qismlaridan biri ma’lumotlari tekshiriladi.

Tuzilgan ekonometrik ahamiyatliligi, ishonshliligi va keyinshalik bashoratlashda qo’llash mumkinligi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1. Ekonometrik modellarni ahamiyati Fisher mezoni va approksimatsiya xatoligi yordamida baholanadi;
2. Ekonometrik modellar sifati ko’p omilli korrelyatsiya koeffitsienti va determinatsiya koeffitsienti yordamida baholanadi;
3. Ekonometrik model parametrlarining ishonchliligi Styudent mezoni yordamida baholanadi;
4. Qatorlarda qoldiq avtokorrelyatsiyasi Darbin-Uotson mezoni bo’yisha baholanadi.

Yüklə 158,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə