Reja: Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan aloqasi. Fizik va biokimyoviy jarayonlarning uzviy bog‘liqligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə21/37
tarix30.12.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#165150
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
Reja Fizika fani uning mazmuni,boshqa fanlar va ekologiya bilan

Takrorlash savollari

  1. Moddalarning fizik xususiyatlari nimaga bog‘liq?

  2. Moddaning suyuq holati bilan gazsimon holatini o‘xshashligi nimaga?

  3. Suyuqliklarni yopishqoqliklari nimaga bog‘liq?

  4. Molekulyar ta’sir sferasi nima?

  5. Molekulyar bosim orqali suyuqlikda nima ro‘y beradi?

  6. Sirt tarangligi deb nimaga aytiladi?

  7. Meniskni shakli nimaga bog‘liq?

  8. Tirik organizmlarda qaysi jarayonlar kapillyarlik asosida bo‘ladi?


9-MA’RUZA
Elektrostatika.
REJA:
1. Elektr zaryadi. Kulon qonuni.
2. Elektr maydon kuchlanganligi.
3. Elektrostatik maydon kuchlarining ishi.
4. Atmosferadagi elektr hodisalari, uning inson faoliyatiga ta’siri hamda undan foydalanish va saqlanish.

Tayanch so‘z va iboralar: elektrlanish, elektron, zaryad, dielektrik, kuchlanganlik, superpozitsiya, kuch chiziqlari, elektr maydon, nuqtaviy zaryad, Kulon qonuni.
Qaxrabo shoyi bilan ishqalanganda uning yengil predmetlarni o‘ziga tortish xususiyatiga ega bo‘lib qolishini odamlar eramizdan avval xam bilishgan. Lekin faqat XVI asrga kelib, ingliz olimi Gilbert bunday xususiyatga qaxrabodan tashqari shisha, farfor, ebonit va shunga o‘xshash jismlar xam teri yoki yumshoq mato bilan ishqalanganda ega bo‘lib qolishini isbotladi. Bu jarayonni Gilbert elektrizatsiya (elektrlanish) deb atadi. “Elektron” so‘zi grekchasiga “qaxrabo” so‘zini bildiradi. Gilbert bu jarayonning fizik moxiyatini tushuntirib bera olmadi. Faqat 1881 yilda nemis fizigi Gelmgolts jismlarning elektrlanishi qandaydir elektr zaryadiga ega bo‘lgan elementar zarrachalar bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari surdi. Keyinchalik, 1897 yilda ingliz olimi J.J. Tomson elektronni ixtiro qilganda o‘z isbotini topdi. 1919 yilda bunga qo‘shimcha sifatida Rezerford protonni kashf qildi. Elektronning massasi me=9,10810-31 kg va zaryadi e =-1,6·10-19 Kulon. Protonning massasi mp=1836·me va zaryadi qe=-e. Elektrlanmagan jismda manfiy va musbat zaryadlar soni bir xil bo‘ladi, aks xolda xar xil bo‘ladi.
Zaryadlari erkin xarakatda bo‘lgan jism o‘tkazgich (metall) deb ataladi. Agar elektronning xammasi bog‘langan bo‘lib, erkin xarakat qilaolmasa, bunday jismlar diyelektrik (izolyator) deb ataladi. Agar jism kichik elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa, u yarimo‘tkazgich deb ataladi. Izolyatsiya qilingan jismda zaryadlarning algerbaik yig‘indisi o‘zgarmasdir. Bu-elektr zaryadining saqlanish qonunidir. Zaryadning o‘lchov birligi Kulon. Bu birlik tok kuchi bilan bog‘liq: q=It 1 kulon =1 amper·1 sekund. Amper xaqida keyinroq gaplashamiz.
Ma'lum bo‘ldiki, zaryadlar o‘z atrofida qandaydir bir muxit xosil qilar ekan va bu muxitga kiritilgan xar qanday zaryadga kuch ta'sir qilar ekan. Bu muxit keyinchalik elekt maydon deb ataldi. Shu muxit orqali zaryadlar bir-biriga ta'sir ko‘rsatishlari aniqlandi. Ana shu o‘zaro ta'sirni birinchi marta 1785 yilda frantsuz fizigi Kulon o‘rgandi. U quyidagi qonunni aniqladi: ikki nuqtaviy zaryad vakuumda zaryadlar ko‘paytmasi q1q2 ga to‘g‘ri praporsional va ularning orasidagi masofaning kvadratiga teskari praporsional kuch bilan ta'sirlashadi va bu kuch zaryadlarni birlashtiruvchi chiziq bo‘yicha yo‘nalgan:
13.1-rasm
(13.1)
Si sistemasida, , bu erda elektr doimiysi (yoki vakuumning diyelektrik singdiruvchanligi) deb ataladi.

Elektr maydon kuchlanganligi. Faraz qilaylik, elektr maydonning biror nuqtasiga q0 zaryad (“sinov” zaryadi) joylashgan bo‘lsin va unga ta'sir qilayotgan kuch F0 bo‘lsin. Bu kuch F0= q0E deb olinadi va bu yerda E maydon kuchlanganligi deb ataladi. Uning fizik ma'nosi shuki, u birlik zaryad (q0= 1Kl) ga ta'sir qiladigan kuchga teng.



Keyinchalik ekanligini ko‘ramiz.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə