Reja: Gapning bo‘laklarga ajratilishida gapda so‘z tartibining o‘zgarishi



Yüklə 22,15 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#147152
Gapning bo‘laklarga ajratilishi


Gapning bo‘laklarga ajratilishi

Reja:



  1. Gapning bo‘laklarga ajratilishida gapda so‘z tartibining o‘zgarishi

  2. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari

  3. Ajratilgan izohlovchi bilan izohlanmish

O‘zidan oldingi bo‘lakning ma’nosini izohlab, bo‘rttirib, to‘ldirib, aniqlashtirib kelgan bo‘lak ajratilgan izoh bo‘lak deyiladi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim.


Ajratilgan bo‘laklarning uyushiq bo‘laklardan farqi shundaki, ular bir tushunchaning ikkita nomidir, ya’ni bir shaxs yoki bir narsa ikki marta nomlanadi, uyushiq bo‘laklar esa bir necha shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Gap bo‘laklarining ajratilishida gapda so‘z tartibining o‘zgarishi, gap bo‘laklarining kengayishi, bir bo‘lakning o‘zidan oldingi bo‘lakni izohlashi bir bo‘lakni boshqalaridan ajratib bo‘rttirib ko‘rsatish zaruriyati kabilar sabab bo‘lishi mumkin. M: Ko‘chada borar, g‘amgin va o‘ychan. Ukasi, ko‘zlari chaqnagan, unga g‘azab bilan qaradi. Oldinda, muyulishda, bir qora ko‘rindi. U har kuni quyoshtikka kelganda, shaharga tushadi.
Ko‘pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hollar ham kengaygan holda ajratilishi mumkin:O‘zidan-o‘zi hadiksirab, atrofga ola-zarak boqadi. Otasi, ikki qo‘ltig‘ida narsa ko‘targan holda yo‘lga tushdi.
Yozma nutqda izoh bo‘laklar ko‘pincha vergul va tire bilan ajratiladi:
1) Izoh bo‘laklarning o‘z ichida vergul bo‘lsa, ikki tomoniga tire qo‘yiladi: Endi odamlar –otliq, piyoda, yosh-qari – uchray boshladi.
2) Ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib, gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo!
3) Bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo‘laklardan avval tire, keyin vergul qo‘yiladi: Men – Fozilova Fotima, VII sinfda o‘qiyman.
4) Yozma nutqdagi: Otam – Ilyos Tohirov, zavodda ishlaydi, kabi gaplarda ham shunday.
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari fikrni odat-dagiga qaraganda kuchli, ifodali, ta’sirli qilib berish, bu bo’-lakni mazmun jihatidan kuchaytirish, grammatik jihatdan mus-taqil holga qo’yish (nisbiy mustaqillik) uchun maxsus intonatsiya bilan, pauzalar bilan ajratiladi. Masalan: Onam, mehribonim, keldi.
Bu misoldagi mehribonim bo’lagi onam bo’lagining aniqlovchi-sidir: mehribon onam. Bu aniqlovchini aniqlanmishdan keyin keltirib, uni ikki tomondan maxsus pauza bilan, maxsus intonatsiya orqali ajratib aytish natijasida shunday o’zgarishlar hosil bo’ldi:
Bu bo’lakning mazmun ahamiyati avvalgiga nisbatan kuchay-di: uning mazmuni ta’kid bilan berildi, unga diqqat kuchayii-rildi.
Buning natijasida u bo’lak avvalgi holatdagiga nisbatan (mehribon ona) kuchaygan ayrimlik va mustaqillikka (nisbiy mustaqillikka) ega bo’ldi: mehribon ona birikmasida birinchi so’z ikkinchi (bosh — hokim) so’zga tobe, qaram, u bilan zich bog’-langan: onam, mehribonim konstruktsiyasida esa keyingi so’zning o’zi ayrim tasdiqni bildirish darajasiga borib qolgan. CHog’ish-tiring: Mehribon onam keldi — Onam, mehribonim, keldi.— Onam keldi, u mehribon. Demak, bu aniqlovchi predikativlik elementi-ga — yarim predikativlikka ega.
Aniqlovchining ajratilishi fikrni emoshyunallik bilan, ifodali, ta’sirli qilib berishga xizmat qiladi.
Yuqoridagi tipda ayrimlikka ega bo’lgan ikkinchi darajali bo’laklar gapning ajratilgan bo’laklari sanaladi.
Anglashiladiki, biror bo’lakni ajratish hodisasi mazmun, grammatik (sintaktik) va intonatsion jihatdan o’zgarish hosil qilish bilan bog’langan. Demak, bunday vaqtlarda gapning struk-turasida ham o’zgarish bo’ladi.
Yana quyidagi misollarni chog’ishtiraylik: Erkin ukam inje-ner bo’ldi.— Erkin, ukam, injener bo’ldi. Birinchi gapda Erkin so’zi ukam so’ziga odatdagi aniqlovchi (keng ma’noda) bo’lib kelgan: q a y s i ukam?— Erkin ukam (So’zlovchining bir necha ukasi bor bo’lib, shulardan Erkin ismli ukasi...). Ikkinchi gapda ukam so’zi maxsus intonatsiya bilan ajratilgan, qo’shimcha ottenkaga ega bo’lgan: Erkin bulagining ma’nosini aniqlab, konkretlashtirib, ta’kidlab, izohlab kelgan. Yana chog’ishtiring: Ukam, Erkin, in-jener bo’ldi.
Yuqoridagi chog’ishtirishlardan yana shu narsa ko’rinadiki, bi-,-rinchi holatda (onam, mehribonim...) ajratish ham intonatsiya, ham inversiya yordami bilan, ikkinchi misolda esa faqat into-natsiya vositasi bilan bo’lgan.
Yuqoridagi misollarga qarab, ikkinchi darajali bo’lak ishti-rok qilgan har qanday konstruktsiyada ikki holat (ajratilgan-lik va ajratilmaganlik) bo’ladi, degan xulosa chiqarish kerak emas: shunday ajratish hollari ham borki, ularni ajratilmagan bo’lak holatiga o’tkazib bo’lmaydi. Masalan: Uni, onangni ham, .xatga solgan ekansan. Demak, aniqlovchi-izohlovchi gapning kishi-lik olmosh bilan ifodalangak bo’lagiga qarashli bo’lsa, u, odat-,da, ajratilgan bo’lak bo’lib keladi.
Aniqki, ajratish hodisasi tilning eng muhim, zarur vosita-.laridan biridir. Uzbek tilida ajratilgan bo’laklarning taraq-qiyoti rus tilining samarali, progressiv ta’siri bilan organik bog’liq. Milliy tillarning o’sishidagi eng boy manba — «ulug’ va qudratli rus tili» (V. I. Lenin) o’zbek tilinint taraqqiyotida muhim rolь o’ynab kelmoqda. Ajratilgan bo’laklar sohasidagi yangi yutuqlar shu progressiv ta’sirning sintaksisdagi ko’rinish-laridan biridir.
Ikkinchi darajali bo’laklarning hamma turi gapda aj-ratilishi mumkin: ajratilgan izohlovchilar, ajratilgan qara-tuvchilar, ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan hollar va ajra-tilgan to’ldiruvchilar.
Ajratilgan izohlovchi. Izohlovchilarda ajratilish ho-disasi aniqlovchining boshqa tiplariga qaraganda ko’p uchraydi. Buning ayrim sabablari bor: izohlovchi-izohlanmish munosabati-dagi so’zlarda (traktorchi Toshpo’lat) yosh yigit tipidagi sifat-lovchi-sifatlanmishga nisbatan ancha tartib erkinligi bor (yosh yigit tipidagi birikmada tartib erkinligi yo’q); izohlovchi aj-ratilganda moslashish hodisasini ham ko’rish mumkin: Toshpo’lat-ga, traktorchiga, ...(Bu hol yosh yigit birikmasida yo’q). Bu moslik elementlarning ayrimligini kuchaytiradi.
Ajratilgan izohlovchilarning asosiy xususiyatlari:
Ajratilgan izohlovchi izohlanmishdan keyin . kelib, uning ma’nosini konkretlashtirishga, shunga qo’shimcha ma’no — izoh be-rishga, biror xarakterli tomonini ko’rsatishga xizmat qiladi. Masalan: Bolalar bugungi yig’ilishda Alvkseevga, konstruktorga, minnatdorchilik bildirdilar. («L. u.»)
Ajratilgan izohlovchi izohlanmish bilan son va kelishik formalari jihatidan moslashadi: Karimni, akamni,...; Karimga, akamga,..; ularga, bolalarga,..; sizlarga, akalarimga,... Kishilik olmoshining aniqlovchisi bo’lib qo’llangan izohlovchi ajratilgan bo’ladi (Bu olmoshlar bevosita odatdagi aniq-lovchilar bilan qo’llanmaydi): Biz, terimchilar, va’damizning-ustidan chiqamiz! («S. Uzb.»)
Ajratilgan izohlovchi maxsus yordamchi (ya’ni so’zi) bilan qo’llanishi ham mumkin: Difterit, bo’g’ma (difterit, ya’ni bo’g’ma),. bolalarda ko’p uchraydigan kasallikdir. («S. Uzb.»)
Ajratilgan izohlovchi bilan izohlanmishning o’zaro sin-taktik aloqasi tenglanishdir (Bular shu tomoni bilan uyushi^ bo’lakka o’xshasa ham, lekin uyushiq bo’lakdan tamoman boshqa ho-disadir, ularning o’ziga xos belgilari ko’p. Masalan, uyushiq, bo’laklardagi sanash intonatsiyasi bularda yo’q).
Izohlovchi-ieohlanmish munosabatining bu ko’rinishi mate-rial (qanday so’z bilan ifodalanishi) jihatidan bir qancha ko’-rinishlarga ega: kishilik olmoshi+ot (turdosh yo atoqli ot yokv otlashgan so’z: Ukam, tso’zichog’im, orom olib uxlayapti), turdosh ot+turdosh ot (Duradgor, amakim, kecha mukofot oldi), turdosh ot+atoqli ot (Xirurg, Umarov, bu kasalning tuzalishiga ishon-di), atoqli ot+turdosh ot (Solovьyov, master, delegatlarga har-xil izoxlar berib turdi), atoqli ot+atoqli ot(Vasilьev, Ser-gey Ivanovich, dunyoga mashxur fiziklardan edi), atoqli ot+ta-xallus (yoki aksi): Mitingda yozuvchilardan Uyg’un, Otaqo’ziev^ so’zga chiqdi. (...Otatso’ziev, Uyg’un...)
Yoyiq izohlovchilarda ajralish xususiyati ancha kuchli. Masalan: Ochilov, zavodimizda nom chitsargan smena masteri, xamma-ga namuna bo’ldi. («S. Uzb.») Akang, hammaga tanilgan moxir-uchuvchi,....
Gapning ajratilgan bo’laklarini analiz qilish yana quyidagi hollarni ko’rsatadi:
Uyushiq bo’laklar umumlashtiruvchi so’zga ega bo’lganda, uyushiq bo’laklar ajratilgan izohlovchi hisoblanadi: Ikkalamiz — To-lib va men — bugun navbatchi bo’ldik. Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda 'bo’lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati, predikativlikka intilishi kuchayadi: Ha-ligi yigit, tso’lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga otpuskaga chiqar ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. A.G’ulomov, M.Asqarova Hozirgi o’zbek adabiy tili.

  2. Madrim Hamroyev Ona tili qo’llanma

  3. A.Nurmonov, N.Mahmudov

  4. A.Sobirov, Sh.Yusupova Hozirgi o’zbek adabiy tili

  5. 8 sinf ona tili darslik

Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə