Reja: Globallashuv tushunchasining iqtisodiyotga kirib kelishi



Yüklə 24,75 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü24,75 Kb.
#118359
Reja Globallashuv tushunchasining iqtisodiyotga kirib kelishi

XX ars boshlarida jahon iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari



Reja:

  1. Globallashuv tushunchasining iqtisodiyotga kirib kelishi

  2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi” tushunchasi va uning tasnifi

  3. Xulosa

XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodiyotida yangi termin globallashuv degan tushuncha paydo bo’lgan edi. Ushbu jarayon hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlarning iqtisodchi olimlari tomonidan alohida ilmiy muammo sifatida tadqiq etilmoqda. Globallashuv jarayoning rivojlanishi natijasida butun dunyo yagona global tizimga aylanishi sodir bo’ladi. Globallashuv jarayoni 1990 yillardan juda dolzarb masalaga aylandi, biroq mazkur jarayonning turli xil jihatlari ilmiy tadqiqotlarda 1960- 1970 yillardan boshlab jiddiy muhokama qilina boshlagan edi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – bu, dunyo maydonini yagona hududga aylanishini anglatadi va bunda tovar va xizmatlar, kapital, axborotlar oqimining erkin harakati yuzaga keladi. Shuningdek, mazkur jarayon natijasida zamonaviy institutlar rivojlanishini rag’batlantiruvchi g’oyalarning tarqalishi va ularni tashuvchilarning erkin harakatlanishiga imkon yaratiladi. Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendentsiyalaridan hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon jaxon iqtisodiyotida ro’y berayotgan boshqa tendentsiyalar kuchsiz namoyon bo’layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmokda.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlarnga kam jalb etilgan. Shu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jaxon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko’rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq bo’lgan turli ishlab chiqarish soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon iqtisodiy faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi. Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o’rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi. Globallashuv jarayonining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: – moliyaviy markazlashuvning kuchayishi; – iqtisodiyotda axborotlar ahamiyatining oshishi. Shuningdek, axborot almashinuv darajasining keskin sur’atlarda kuchayishi; – global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi; – transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi; – iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va rivojlanishi.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda, – deydi iqtisod fanlari doktori Nodir Jumayev.
“Jahon iqtisodiyoti globallashuvi” tushunchasi va uning tasnifi A.Vahobov ta‘kidlashicha, jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma‘nolarda ta‘rif berish mumkin1 . Keng ma‘noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig‗indisi sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma‘noda - bu milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarini qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma‘nodagi ta‘rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Ma‘lumki, sotiladigan mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‗jalik aloqalari yuzlab milliy xo‗jaliklarni ―jahon iqtisodiyoti‖ deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e‘tiborga olish lozim. Ilmiy va o‗quv adabiyotlarda ―Jahon iqtisodiyoti‖ yoki ―Jahon xo‗jaligi‖ tushunchalari mustahkam kirib bo‗ldi, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinadi. Ayrim mutaxassislar jahon iqtisodiyotini barcha mamlakatlarning o‗zaro bog‗langan milliy xo‗jaliklari majmui sifatida ifodalaydi, boshqa mutaxassislar esa 1 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik. / A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibaeva, Sh.X. Xajibakiyev. – Toshkent.: «Baktriy press», 2015. – 15 b. 8 ―bu o‗ziga xos funksiyalariga, maxsus institutlariga ega organizmdir va biz jahon xo‗jaligi haqida ayrim mamlakatlar xo‗jaliklari yig‗indisidan farq qiladigan xo‗jalik deb so‗z yuritishga to‗la haqlimiz‖, deb aytadi2 .Bu ta‘rif shakllanayotgan global iqtisodiyot mohiyatini aniqroq aks ettiradi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyasi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o‗zaro aloqasi va o‗zaro bog‗liqligi kuchayadi. Bu hodisa iqtisodiyotning baynalminallashuvi deb ataladi. Iqtisodiyotning baynalminallashuvi – bu ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‗zaro aloqasi va o‗zaro bog‗liqligi kuchayishidir. Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo‗lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko‗chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin. Boshqa tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xo‗jalik faoliyatining keng erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tug‗dirishi muqarrardir. Rivojlangan mamlakatlar uchun buning foydali jihatlari aniq ko‗rinib turibdi, biroq rivojlanayotgan mamlakatlar haqida, ayrim hollarda, bunday deb bo‗lmaydi. Ularning ko‗pchiligi baynalminallashuvda xomashyo va mehnat resurslari yetkazib beruvchilar sifatida ishtirok etib, rivojlangan va qudratliroq davlatlarga qaram bo‗lib qolishini e‘tirof etish mumkin. Sobiq AQSH Prezidenti B.Klinton huzurida iqtisodiy maslahatchilar guruhiga rahbarlik qilgan J.Stiglits iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ta‘riflayotib, davlat va bozor munosabatlar o‗zaro hamkorlikka qaratilgan bo‗lishi kerakligini hamda davlat bozordagi muvaffaqiyatsizliklarni yumshatishda va ijtimoiy adolatni ta‘minlashda 2 КучинскиЮ. Очеркипоисториимировогохозяйства. – М., 1954. – С. 8. 9 muhim rol o‗ynashi kerakligini qayd etgan. U ochliq, hayot standartlari pasayishi, ishsizlikni globallashuvning salbiy oqibatlari qatoriga kiritgan3 . ―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ tushunchasi bilan birga ―global iqtisodiyot‖ tushunchasi keng qo‗llanib kelinmoqda. Hozirda, yagona yaxlit bir ―global iqtisodiyot‖ tushunchasi shakllanmagan bo‗lib, murakkab tizim sifatida e‘tirof etilib kelinmoqda va ayniqsa, so‗nggi yillarda bu tizimda katta o‗zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‗zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi va globallashuvi; xalqaro iqtisodiy munosabatlarning global tus olishi va jahon moliya bozorining tez sur‘atlarda rivojlanishi; jahon va mintaqaviy inqirozlarning kelib chiqishi; turli mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida farqlarning chuqurlashuvi, shuningdek, ahborotkommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va ―raqamli‖, ―yangi‖ iqtisodiyot tushunchalari kirib kelishi. ―Global iqtisodiy tizim real voqeaga aylangan va uning qonunlari hamda rivojlanish shakllari jiddiy o’zgarishni talab qiladi‖ 4 va ―Global iqtisodiyot taraqqiyotimizning ko’p jihatlariga ta‘sir ko’rsatadigan hozirgi zamonning eng muhim fenomenini ifodalashini isbotlaydigan qo’shimcha dalillar kerak emas‖, deb qayd etadi O. Bogomolov5 . Globallashuv jarayonlarning hozirga kelib bir qator xususiyatlarini e‘tirof etish mumkin. Birinchidan, globallashuvning muqobilligi – globallashuvning ichki qaramaqarshiligini aks ettiruvchi globallashuv jarayonlarining turli variantlaridir6 . Globallashuv muqobilligi globallashuv jarayonlarining o’rnini bosadigan biror narsa taklif qilmay, ularning ichki variabelligini ifodalaydi. Bu, eng avvalo, globallashuv 3 ro’yobga chiqariladigan quyidagi modellarga taalluqli: liberal model (ba‘zida ―neoliberal‖ terminidan foydalaniladi) yoki ijtimoiy mo‗ljal olgan model. Ikkinchidan, globallashuv muqobillari mintaqalarga bo’linishda namoyon bo’ladi, unga muayyan izchillik beradigan va uning eng salbiy oqibatlarini kamaytiradigan o’ziga xos shakli sifatida qaraladi. Globallashuvning muqobilligining borligi jahon globallashib borayotgan bir paytda globallashuvning o’zi uchun salbiy oqibatlarini kamaytirib va bu jarayonlardan imkon qadar ko’p foyda olib, inson uchun globallashuv jarayonlariga ta‘sir ko’rsatish imkoniyatini yaratadi. Globallashuv jarayonlari to‗lqinsimon rivojlanish xususiyatlariga ega bo’lib, uning rivojlanishida bir qator to’lqinlarni keltirish mumkin. XIX va XX asrlarda globallashuvning birinchi to’lqini nazariyachilari (R. Kobden va J. Brayt) erkin savdo shubhasiz iqtisodiy o‗sishga olib kelishi va misli ko’rilmagan taraqqiyot tufayli xalqlar o’zaro adovatni unutishi haqidagi qoidani ishonch bilan asoslab berishdi. Britaniya o’zining dengizdagi, sanoatdagi va moliyaviy quvvati bilan globallashuvning birinchi to’lqiniga kafil bo’ldi. Globallashuvning jahondagi nizoli muhitga ijobiy ta‘sir ko’rsatishi haqidagi g’oya N. Eynjelning ―Buyuk illyuziya‖ nomli kitobida (1909) ishonchli ta‘riflab berildi. Asarda muallif jahon mamlakatlarining bir-biriga iqtisodiy bog’liqligi natijasida global nizolar paydo bo’lishi mumkin emasligini isbotlab berdi: 1914 yil arafasida Britaniya va Germaniya (asosiy tashqi siyosiy antagonistlar) bir-biri uchun ahamiyati bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan savdo hamkorlari edi. Britaniya va Germaniya yalpi milliy mahsulotining tegishli ravishda 52 foizi va 38 foizi tashqi savdoga to’g’ri kelardi. Biroq 1914 yil avgustda millatlarning global yaqinlashuvi muqarrarligi haqidagi taxmin asossizligini ko’rsatdi. Birinchi jahon urushi millatlarning iqtisodiy-axborot-aloqaviy yaqinlashuviga qattiq zarba berdi. Jarayonni jonlashtirish uchun ko’p vaqt talab etildi. XX asrning oxirgi o’n yilligidagina (ikkita jahon urushi, Buyuk turg’unlik va ko’p sonli ijtimoiy sinovlardan keyin) XX asrda yaratilgan liberal iqtisodiy tartib jahon amaliyotiga qaytadan joriy etila boshlandi. Rejali iqtisodiyot bilan raqobatlashishda G’arbning bozor iqtisodiyoti tizimi jahonni yagona bozor iqtisodiyotiga aylantirib, g’olib bo’lib chiqdi. 11 Globallashuvning ikkinchi bosqichi (tiklanish) 1970-yillarning oxirida ahborot va telekommunikatsiyalarda yuz bergan inqilob asosida boshlandi va globallashuv jarayonlarining yangi xususiyati yaqqol namoyon bo’ldi. Transmilliy korporatsiyalar va nohukumat tashkilotlar milliy chegaralarni osonlik bilan yorib o’tib, barcha mamlakatlarda faoliyat yurita boshladi. Hozirga kelib, ko’pchilik mualliflar globallashuv tushunchasini ―global‖ so’zi etimologiyasiga yaqin ma‘noda, ya‘ni yaxlit, umumiy, umumjahon ma‘nosida talqin etadi va qo’llaydi. Jahon hamjamiyati uchun umumiy ahamiyatga ega bo’lgan, umuminsoniy hisoblangan, barcha xalqlar va fuqarolar, mamlakatlar hamda madaniyatlar manfaatlariga daxl qiladigan va ehtiyojini ifodalaydigan omillar, tendensiyalar va jarayonlar global hisoblanadi hamda shunday qabul qilinadi va baholanadi7 . Global muammolar bu umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bog‗liq, hozirgi zamon muammolaridir. Global muammolar avvalo jahonda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi. Global muammolarni 4 guruhga ajratish mumkin: Birinchidan, xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar – jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hozirgi kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut g’oyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan bo’lsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid bo’lgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo bo’ldi. Buni terrorchilik, ekstremizm ko’rinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi. Ikiknchidan, Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulgan global muammolar – jahon xo’jalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transmilliy korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga qaram, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambag’al mamlakatlar o’rtasidagi farq o’sib bormoqda. XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 foizini ishlab chiqargan bo’lsa, kambag’al davlatlar atigi 1 foizni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil bo’lsa-da, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqtisodiy munosabatlaridagi globallashuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Masalan, milliy bozorni siqib qo’yadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globallashuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi. Uchinchidan, ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar – jahon aholisi muttasil ko’payib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziqovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tug’diruvchi kasalliklar tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi. To’rtinchidan, inson va tabiat o„rtasidagi munosabatlarning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar - ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulg’anishi, o’rmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yo‗qolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari ko‗p ishlatilishi natijasida qishloq xo‗jaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Orol dengizi suvi kamayib, g‗oyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan
Yüklə 24,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə