Reja: I. Bob buyuk gumanistlar 1 Buyuk gumanistlar tarixi 2


I.BOB Buyuk gumanistlarning jismoniy tarbiyaga oid talimotlar



Yüklə 74,62 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü74,62 Kb.
#167920
1   2   3   4   5
Ozodbek

I.BOB Buyuk gumanistlarning jismoniy tarbiyaga oid talimotlar


2.1 Gumanistlarning jismoniy tarbiyaga qoshgan hissasi
Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo’lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va tarraqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Jismoniy tarbiya tarixi tarixiy fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o’rganish bilan shug’ullanadi. Uning vazifasi turlicha tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, jismoniy tarbiya shakllari, usullari, vositalari va kishilarning sport sohasidagi faolikyatining tahlilini berishdan iborat. Jismoniy tarbiya va sport tarixi to’rtta asosiy davrlarga bo’linadi: I. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya (mill.av. VIII ming.- mil. IV asr). II. O’rta asrlar davrida jismoniy tarbiya va sport (V- XVII asrlar). III. Yangai davrda jismoniy tarbiya va sport (XVIII – XIX asr oxiri). IV. Eng yangi davrda jismoniy tarbiya va sport (XX asrning boshlari – hozirgi kungacha) Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganish manbalariga: qadimgi jismoniy tarbiyaga oid arxeologik va etnografik manbalar; jismoniy tarbiya va sportga doir arxiv materiallari, ilmiy kitoblar va boshqa yozma manbalar; jismoniy tarbiya va sportga oid tasviriy san’at asarlari, badiiy kitoblar, kino, foto, fonomateriallar; turli xalqlar jismoniy tarbiyasining rivojlanishi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlar (sport yutuqlari, sport rekordlari); jismoniy tarbiya va sportga doir xukumat qonunlari, qaror va farmonlari, maxsus rasmiy xujjatlari kiradi. Ash’yoviy va yozma yodgorliklar, xalq doston va eposlari, jismoniy tarbiyaning taraqqiy etish amaliyotlari ham jismoniy tarbiya tarixini o’rganish manbalari bo’lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport tarixi faninining maqsadi – jismoniy tarbiya va sportning turli tarixiy davrlarda rivojlnish qonuniyatlari, g’oyalari, tizimlari, asosiy shakllari, usullari va vositalari to'g'risidagi ilmiy-nazariy bilimlarni shakllantirishdir. Fanning asosiy vazifalari – talabalarga jismoniy tarbiya va sport tarixini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, jismoniy tarbiya usullari, shakllari, vositalari, sport sohasida erishilgan yutuqlar va eng ilg’or tajribalardan foydalanishni hamda O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixini o’rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya tarixining muhim vazifasi jahon xalqlari jismoniy tarbiyasining xususiyatlarini o’rganish va uning rivojlanish yo’llarini aniqlashdir. Ijtimoiy fanlardan biri hisoblangan jismoniy tarbiya tarixi fanining eng muhim vazifasi – bo’lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini yuksak g’oyaviylik, vatanga sadoqat, milliy iftixor va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Jismoniy tarbiya tarixi o’quv fanining o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: nazariy va amaliy mashg'ulotlarda jismoniy harakat, jismoniy tarbiyani paydo bo'lish davrlarini rivojlanish tarixi,  O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport harakatining rivojlantirish tarixi to'g'risidagi bilimlarni,  jismoniy tarbiya va sport tarixining asosiy davrlarini, rivojlantirish qonuniyatlarini bilishi kerak; fanni o'rganishning tamoillarini, xalqaro sport va olimpiya harakati tarixini, uning rivojlanish bosqichlari va asosiy xususiyatlarini to’g’ri aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; ilmiy nazariy jihatdan olingan bilimlarni tahlil qila olish kerak; amaliy mashg'ulotlarda mustaqil fikr yuritishi, mavzularga ijodiy yondoshish malakalariga ega bo’lishi kerak; fan bo'yicha o'zining fikr mulohazalarini to'liq bayon etishi kerak. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani o'quv rejasiga kiritilgan pedagogika, O’zbekiston tarixi, sotsiologiya, falsafa, tibbiy biologic fanlar, tanlangan sport turi nazariyasi va uslubiyati fanlari bilan uzviy aloqada o’qitiladi. Jismoniy tarbiya tarixi ijtimoiy fandir. Bu fan jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir hodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotinining xilma-xil shakli, uslub va vositalarini turli bosqichlarda ochib beradi, ilg’or fikr va qarashlar, amaliy tajribalar to’g’risida ma’lumotlar beradi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O’zDJTI) va Respublika oliy o’quv yurtlarininig jismoniy tarbiya fakultetlari, pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya bo'limlari, Olimpiya zahiralari kollejlarida «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fan sifatida kiritilgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning nazariy bilimlari, amaliy malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan biridir. «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» ixtisoslikka oid maxsus fan sifatida, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari, mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida asoslab
berilgan g’oyalarga tayanadi. Ularni jismoniy madaniyat ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o’ziga metodologik asos qilib oladi. Jahon miqyosidagi va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa fanlar bilan uzviy bog'liq holda o’rganilmoqda va rivojlanmoqda. Jismoniy tarbiya va sport tarixi fanini o’rganishda mutaxassis olimlar Rl.Ismoilov, Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, A.K.Akramov, H.A.Botirov va boshqalarning o’quv qo’llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalaniladi. Ularning asarlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha bo’lgan jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yo’llarini o’rganish mumkin. O’zbekiaton Respulikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni, «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, jismoniy tarbiya va sportga oid Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ushbu fanni o’rganishda eng asosiy manbalar hisoblanadi. Bugungi kunda aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jismoniy rivojlanishini ta'minlashda jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslarini o’rganish muhim vazifalar qatoriga kiradi. Bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining zimmasiga katta mas’uliyatni yuklamoqda. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport bo’yicha malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportining mohiyatini tushuntirish, ularni targ’ibot qilish, barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o’rganish maqsadida ishlangan o’quv darslik deyarli yo’q. Sobiq Ittifoq davrida R.Ismoilov va Yu.Sholomitskiy ilk bor (1969) «O'zbekistonda fizkultura tarixi» o’quv qo’llanmani yaratgan. Unda qadimgi Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston hududida yashagan xalqlar jismoniy tarbiyasi haqida ma’lumotlar berilmagan. O’zbekiston Respulikasi mustaqillik yillarida X.A.Botirov (1993) va A.K.Akramov (1997) «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» o’quv qo'llanmalarida ajdodlarimiz jismoniy madaniyati tarixi qisqa va umumiy tarzda yoritildi. R.Abdumalikov, J.E.Eshnazarov «Ajdodlar jismoniy madaniyati tarixini o’rganish masalalari» (1993) o’quv qo’llanmasida fanning ayrim mavzulari yoritilgan. J.E.Eshnazarov «Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish» (2008) darsligida jismoniy tarbiya tarixi hamda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanlarining asoslari mujassam ravishda ilk bor keng va atroflicha bayon etilgan. E. Ernazarovning “Olimpiada – jahon sporti bayrami” (2008) nomli ilmiy-ommabop kitobida xalqaro olimpiya harakati va O’zbekistonda zamonaviy sportning rivojlanish tarixiga doir ma’lumotlar olimpiya muzeyidagi ashyoviy dalillar asosida keng yoritilgan. Mazkur “Jismoniy tarbiya va sport tarixi” darslik mazmunida muallif barcha o’quv qo’llanmalar va ilmiy-ommabop risolalardan tayanch manba sifatida foydalandi. Muallif darsliknini tayyorlashda yordam ko’rsatib ma’naviy qollab-quvvatlaganlari uchun O’zDJTI rektori Sh.X.Isroilov, Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, professor F.A.Kerimov, taqrizchilar A.R.Xodjanov, D.X.Umarov, professor A.A.Ruziyev, professor K.D.Yarashev va boshqa mutaxassislarga o’zining cheksiz minnatdorchiligini bildiradi. Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya Jismoniy tarbiya va sport tarixi qadimgi davrda jismoniy tarbiyaning vujudga kilish xususuyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Qadimgi dunyo jismoniy tarbiyasi deganda insoniyat bosib o’tgan ikki tarixiy-ijtimoiy davr – ibtidoiy jamoa tuzumi va quldorlik tuzumi jismoniy tarbiyasi tushuniladi. Insoniyatning eng qadimgi davr tarixi 3-3,5 million yil avval boshlanib, milodiy IV asrgacha davom etgan. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra, odamzod dastlab Afrika, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyida paydo bo’lgan. Keyinroq esa Osiyo va Yevropaning boshqa hududlariga kirib borgan. O’rta Osiyoda ham eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay sharoitlar majud bo’lgan. Ilk davrlarda odamlar yashash uchun tabiat bilan kurashganlar va turli tabiiy ofatlardan (shamol, sel, sovuqlik, hayvonlarning hujumi va h.k.) saqlanish uchun harakat qilganlar. Inson uchun kerakli hayotiy malaka va ko'nikmalar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilingan. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan o'rgangan hamda ularga taqlid qilib rivojlantirgan. Qadimgi davr odamlari hali dehqonchilik va chorvachilikni bilmaganlar. Qadimgi odamlar mehnatining asosini ovchilik va termachilik tashkil etgan. Bu davrda odamlar yirik hayvonlarni – mamont, ulkan ayiq, bizon, zubr, yovvoyi ot, buqa qabi hayvonlarni ovlaganlar. Yirik hayvonlarni ovlash juda qiyin bo’lgan. Sunin uchun bu davrda jamoa bo’lib ovchilikning turli usullaridan foydalanganlar. Qadimgi odamlar mehnat va yashash uchun kurash jarayonida aqliy va jismoniy rivojlanishi tezlashgan. Ular ov qurollarini yasash, olov yoqish, kiyinish, jismonan baquvvat bo’lish uchun bolalarni maxsus mashqlar bilan tayyorlash kabi juda ko’p ijtimoiy turmush tajribalariga ega bo’lganlar. Turli mustahkam va o’tkir uchli yengil nayzalarning, o’q va kamonning paydo bo’lishi ovchilikning takomillashuvi va ovning rivojlanishiga olib kelgan. Buning natijasida oziq-ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqargan. Natijada, o’troqlashib yashash, bolalarni tarbiyalash imkoniyatlari kengaygan. Ibtidoiy to’da davrida kashf etilgan oddiy yutuqlar urug’ jamoasi va madaniyatining vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratib bergan. Urug’ jamoasi insoniyat tarixining alohida bosqichini tashkil etadi. Xo’jalikni idora qilishning yangi shakllari yuzaga kelishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish holatlari ancha mustahkamlanib borgan. Ona urug’i jamoalari paydo bo’lgan, ularning a’zolari qarindosh-urug’chili
munosabatlari asosida birlashib, mehnat qilganlar. Bu o’z navbatida, jamoatchilikni yuzaga keltirgan. Madaniyat sohasida ham o’zgarishlar yuzaga kelgan: uy-joy qurish, xunarmandchilik, tasviriy san’at (qoya toshlariga rasm chizish, yog'och

va loydan turli xil shakllarni yasash) paydo bo’lgan, ijod qilingan (jamoada qo’shiq, o'yin va raqslar ijro etish, vujudga kelgan). Ana shu davrlarda ilohiy kuchlarga ishonish, ularga bo’ysunish, qurbonliklar keltirish kabi diniy tasavvurlar paydo bo’lgan. Mehnat bilan bog’liq bo’lgan turli musobaqalar, o'yinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi va ulardan urug’ jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalangan. Ilk bor mehnatning jins va yoshga qarab bo'linishi amalga oshirilgan. San’atning paydo bo’lishi kishilarning fikr va tasavvurlarini boyitib, ularning ma'naviy dunyosini takomillashtirgan. O’yin va raqslarda takrorlanadigan mehnat va mudofaa xususiyatidagi harakatlar faqat mehnat emas, balki jismoniy mashqlar sifatida rivoj topgan. Turli xil jismoniy mashqlarning (kurash, otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik va h.k.) o’yinlar tarzida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat tarbiyasida tubdan o’zgarishlar yasash uchun turtki bo’lgan. Ijtimoiy mehnat va madaniyat jarayonlari deyarli barcha qit'alarda turli darajada shakllanib, keyinchalik tobora rivoj topgan. Urug’chilik jamoasi to’da davrining davomi bo’lib, bundan 40-35 ming yillar ilgari boshlangan. Bu davrda mehnat qurollari takomillashan, o’q-yoy kashf etilgan, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq vujudga kelgan. Urug’chilik jamoasi ona urug’i (matriarxat) va ota urug’i (patriarxat)ga bolingan. Ularning har biri o’ziga xos ijtimoiy taraqqiyot va jismoniy tarbiya xususiyatlariga ega bo’lgan. Matriarxat taraqqiy qilgan davrda o’yin uchun maxsus tayyorlangan uskunalar (jundan qilingan to'p, shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi to’mtoq nayzalar, o’yinchoq, palaxmon, yoy, to’qmoq va h.k.) paydo bo’lgan. Yoshlarni gurzi, nayza irg’itishga, yoydan o’q otishga o’rgatish ibtidoiy jismoniy tarbiya yonalishlaridan hisoblanib, uning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan. Hindular qabilasida kauchuklardan koptoklar, maxsus chana yasaganlar. Ulardan xo’jalik yumushlari va turli musobaqalarda ham maqsadli foydalanganlar. Sharqiy Afrikadagi ibtidoiy qabilalarda langarcho'p bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham o’tkazilgan. Ularni turli bayramlarda namoyish etishgan. Shimoliy va Janubiy Amerikada yevropaliklarning istilosiga qadar katta rezina koptok, chavgon va raketkalardan foydalanib o’ynaladigan yozgi va qishki o’yinlar



2.2 Gumanistlarning jismoniy tarbiyaning rivojlanishidagi o'rni

Sharqiy Braziliya xalqlari orasida qiz va yigitlar hayotida kerak bo’lgan epchillik, chaqqonlik chidamlilik, jasurlik va qat'iyatlilik kabi qobiliyatlar hamda sifatlarga ega bo’lishi lozim edi. Qabilalarda yigitlar ma’lum sinovlardan o’tmagunlaricha uylanishga ruxsat berilmagan. JT vujudga kelishining asosiy omillari Ob’ektiv omillar – ibtidoiy odamning mehnat faoliyati (ov), atrof muhit, tabiat Sub’ektiv omillar – inson ongi va fikrlashining rivojlanishi Biologik omillar – insonning harakatga bo’lgan tabiiy ehtiyoji


Ibtidoiy jamoaning yemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo’lib, ularda ham o’ziga xos jismoniy mashqlar va o’yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo’lib o’yin o’ynash an’anaga aylangan. Ya’ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo’lgan sport o’yinlariga asos solgan bo’lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat harbiy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan. Patriarxat davrida ishlab chiqarish jarayonlari takomillashib, yanada rivojlandi. Bunda erkaklarning mehnati, yaratuvchilik fikr-mulohazalari oldingi o’rinda turgan. Temir qurollarning paydo bo’lishi, omoch, bolta bilan ishlash, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ovning xo'jalik ahamiyatini kamaytirgan. Chorva mollarini boqish, qo’lga o’rgatish, xonakilashtirish va dehqonchilik qilishdagi tajribalar jamoada erkaklarning hukmron bo’lishini ta’minlagan. Patriarxat oilalar vujudga kelgan. Patriarxat taraqqiyotining dastlabki bosqichida qabilalar o’rtasida nizolar, janjallar, ko’pincha bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan qabila vakillarining yakkama-yakka kurashi bilan hal etilgan. Ba’zi hollarda janjalli masalalar birgalikda bayramlar tashkil etish, bir-biriga sovg’alar berish va h.k. bilan yakunlangan. Qabilalar o’rtasidagi do’stlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkamlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Qabilalar o’rtasida o’tkaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharafi, o’zaro bir-birini quvvatlash, zaiflarga yordam qilish tushunchalari rivoj topgan. Avvalgi majmuaviy mashqlar (kurash, mushtlashish, og'irlik ko'tarish, yugurish, sakrash va h.k.) asta-sekin mustaqil tur sifatida o’rganilib, an’analar, marosimlarda namoyish etilgan va musobaqa tarzida tashkil etilib, g’oliblarni olqishlash, taqdirlash kabi odatlar amalga oshirilgan. Dehqonchilik, chorvachilik va boshqa kasb-hunar bilan shug'ullanuvchilar o’z sohalari bo'yicha turli o’yinlar, mashqlarni ixtiro qila borganlar. Masalan, bug’uchilik bilan shug’ullanuvchilar, bug’uchilar musobaqalarini uyushtiiganlar. Ibtidoiy jamoaning yemirilishi va quldorlik tuzumining shakllanishi qadimiy Germaniya, Okeaniya, hindu qabilalari (astek, ink, mayya) va boshqa joylarda ham sodir bo’lib, ularda ham o’ziga xos jismoniy mashqlar va o’yinlarning rivojlanishiga olib kelgan. Masalan, mayya qabilasida kauchukdan yasalgan koptok bilan jamoa bo’lib basketbolga juda o’xshab ketadigan o’yin o'ynash an'anaga aylangan. Ya’ni uning shakli va mazmuni hozir mashhur bo’lgan sport o’yiniga asos solgan bo’lishi mumkin. Qadimgi Peru mamlakatida jismoniy mashqlar yoshlardan iborat harbiy qismlarni tayyorlashda eng muhim vosita sifatida xizmat qilgan. Turli qabilachilik holatlari o’zaro jang, nizo va urushlarni keltirib chiqargan. Shu sababdan himoya qal'alari, qurol-yaroqlar yasash kabi yangi faoliyatlar tarkib topib, ular yanada rivojlangan. Natijada, maxsus jangchilarni tayyorlash ishlariga alohida e’tibor qaratiladi. Jangchilarning jismoniy tayyorgarligida boshqa qabila va elatlarni bosib olish, ezish, ko’pchilikni hukmron ozchilikka bo’ysundirish uchun foydalanishni ko’zda tutadigan jismoniy tarbiyaning yangi tizimi namunalari tug'ila boshladi. Bunday jarayonlar esa quldorlik tuzumini vujudga keltirgan. Quldorlikning dastlabki davrida qabilachilik munosabatlarining xalq hokimligi an’anasi saqlanib, qabila zodagonlari hokimiyatini cheklab turgan. Lekin qabilalar o’rtasida to’qnashuvlar jiddiy harbiy xususiyatlarga ega bo’lgan. Ularning asosiy sababi boylik orttirish va o’z hukmronligini o’rnatishdan iborat bo’lgan. Harbiy dohiylar rahbarligida maxsus posbonlar paydo bo’lgan. Dohiylar ko’pincha qabilalarning yo'lboshchisi ham hisoblangan. Xalq kengashlari yuzaga kela boshlagan. Ularning vazifalari jamoaning barcha a’zolarini himoya qilishdan iborat bo'lgan. Qishloq istehkomlari paydo bo’lib, chet el posbonlari hujumidan harbiy mudofaa qilish madaniyati rivojlangan. Qadimgi Sharq davlatlarida jismoniy tarbiya. Miloddan avvalgi IV-III asrlarda ilk davlatlar paydo bo’lgan. Bu davrlarda yirik davlatlar asosan qadimgi Sharqda, Gretsiya va Rimda bunyod etilgan. Qadimgi Sharq hududidagi Misr, Eron, Bobil, Assuriya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardagi jismoniy tarbiya vositalarining xilma-xilligi haqida haykallar qurilish yodgorliklaridagi devoriy suratlar, turli madaniy ashyolar, qo’lyozmalar guvohlik beradi. Miloddan avvalgi IV asrlarda O’rta yer dengizi atrofida vujudga kelgan davlatlarda jismoniy madaniyatning ilk namunalari paydo bo’lgan. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakllari harbiy faoliyatlarda o’z ifodasini topgan. Bunda, asosan, kamonda merganlik, bel ushlashib kurashish, mushtlashish, g’ildirakli aravalarda poyga qilish va merganlik san’ati kabi faoliyatlar muhim o’rinni egallagan. Parfiyonlar, skiflar, eroniylar, arablar o’z ommaviy o’yin va an’analarini messopotamiyaliklardan o’rganganlar. Hindlar va eroniylar hayotida ham turli tuman jismoniy mashqlar va o’yinlar vujudga kelgan. Ular tarkibida otda
(tuyada, xachir va h.k.) yurish va ov qilish, qilichbozlik, aravachalarda poyga, kamondan o’q otish, to’plar va tayoqlar bilan o’ynash keng rivojlangan. Qadimgi Eronda maxsus tashkil qilingan maktablarda zodagon yoshlarni tarbiyalash tizimi mavjud bo'lgan. Bunda yuqorida tilga olingan mashqlarni (nayza sanchish, qilich ishlatish, otdan ag'darish) o'rgatish dastur asosida olib borilgan. Qadimgi Misrda harbiy aslzodalarni harbiy-jismoniy jihatdan maxsus tayyorlash uchun kurash, qilchbozlik, kamondan o'q otish, nayza uloqtirish kabi mashqlardan foydalanisgan. Buni miloddan avvalgi XVIII-XII asrlarda Beni-Gassan degan joydagi fir’avnlar qabristonidan topilgan yodgorliklarda tasvirlangan 400dan ortiq jismoniy mashqlar va o’yinlar haqida guvohlik beradi. Misr davlatida dinlarning ko’pligi tufayli ularning xudolariga hamda urf-odatlariga bag’ishlangan ko’pgina bayramlar, an'anaviy xalq musobaqalari o’yinlar va raqslar bilan birga qo’shib olib borilgan. Keyinchalik ulardan ko’proq g’oyaviy maqsadda foydalanilgan. Hukmron doiralar xalq o’yinlari va jismoniy mashqlardan o’z kamoloti va manfaatlari yo’lida foydalanganlar. Qadimgi Sharq davlatlarida quldorlik tuzumi davrida ozod dehqonlar, kasb-hunar egalari, savdo-tijorat xodimlari orasida rasm bo'lgan xalq jismoniy tarbiyasi shakllari va xalq mashqlarining turlari quldorlar tomonidan o’z obro’yi hamda hukmronligini kuchaytirish maqsadida o’zlashtirilgan va ulardan keng foydalanilgan. Qadimgi Gretsiyada jismoniy tarbiya. Ijtimoiy turmushda, ayniqsa, bolalarning jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, harbiy-mudofaa ishlarida ishtirok etuvchilarning jangovorlik holatlarini takomillashtirishda Qadimgi Gretsiyada mavjud bo’lgan davlatlarning ish tajribasi keng tarqalgan edi. Bunga qadimgi greklarning jismoniy tarbiya tizimi tarixiy jihatdan e’tiborga ega. Chunki bu tizim davrlar o’tishi bilan jahonda o’z mazmuni va mohiyatiga ega bo’ldi. Qadimgi Gretsiya davlatining tarkib topishi va rivojlanishi miloddan avvalgi III-II ming yilliklarni o'z ichiga oladi. Gretsiya tarixining Gomer davri deb miloddan avvalgi XII-IX asrlar hisoblanadi. Gomerning «Iliada» va «Odisseya» asarlarida qadimgi davrdagi yunon hayotining yorqin manzaralari aks ettiriladi. Qahramonlar sifatida zodagon jangchilar timsoli chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy sifatlari va fazilatlari talqin etiladi. Gomer asarlarining qahramonlari qabila hayotidagi biror muhim voqea sharafiga bag'ishlab tashkil etiladigan musobaqalar va o'yinlarda o’zlarining jismoniy fazilatlarini namoyish etganlar. Bunda yugurish, nayza va lappak uloqtirish, sakrash, kurash, mushtlashish kabi mashqlar orqali musobaqalashganlar. «Odisseya» asarida «atlet» so’zi o'sha vaqtda «olijanob qahramon», «aslzoda», zodagon tushunchalari bilan bog’langan. Ya’ni xalq ichidagi «chaqqon odam» tushunchasiga qarama-qarshi qilib qo'yilgan. Shu sababdan, oddiy kishilar zodagon jangchilarning o’yinlarida ishtirok etmagan, faqat tomoshabin sifatida o’tirishgan. Bo’lajak jangchilar tayyorlash maqsadida mamlakatning yirik shaharlarida maxsus tarbiya tizimi vujudga keladi. Ular Sparta va Afina tizimi nomi bilan tarixda qolgan. Sparta tizimi. Miloddan avvalgi IX asrda Sparta shahri vujudga kelib, uning aholisini 9 mingga yaqin quldorlar oilasi, shuningdek, 30 ming hunarmandlar, savdogarlar va yer egalari, 200 ming qul tashkil etgan. Quldorlar (spaitiatlar) qullardan saqlanish va o’zlarini himoya qilishga tayyorlanish maqsadida o’ta qattiq tarbiyaviy tizimdan foydalangan. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan. Bu davrda ularni qorong’udan qo’rqmaslik, sovuqqa, tashnalikka ochlikka chidashga o’rgatganlar va chiniqtirishga katta ahamiyat berganlar. 7 yoshdan 14 yoshgacha bolalar va o'smirlar davlat tizimidagi tarbiya muassasalarida asosan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanganlar. Ularni sovuq va ochlikka bardosh berish, chaqqonlik va og’riqlarga chidash kabi faoliyatlarga o’rgatib, chiniqtirganlar. Yoshlarni nayza va disk uloqtirish, yugurish, sakrash, kurash va harbiy o’yinlar, yovvoyi hayvonlarni ovlashga orgatganlar. Qo’shiq aytish, musiqa va raqs kabi sohalarga ham ko’p vaqt ajratilgan. Davlat tomonidan belgilangan rahbarlar (pedonom) yosh spartiatlarni mardlik, jasorat, qullarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalaganlar. Shu maqsadda kechalari qullarga qarshi hujumlar, bosqinlar uyushtirganlar, shubhali qullarni o’ldirishgan. 18-20 yoshli tarbiyalanuvchilar efebiya qatoriga qabul qilinib, ular jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o’taganlar. Keyinchalik esa ularni harbiy darajalarga ajratib, qariguncha harbiy xizmatda ushlab turishgan. Sparta tizimida qizlarni jismoniy tarbiyasiga ham katta e’tibor qaratilgan. Sog’lom bolalarni dunyoga keltirib, ularni sog'lom qilib o’stirish uchun oilalar ham o’ta sog’lom bo’lishi ko’zda tutilgan. Shu sababli ham qiz bolalarni yugurish, kurash, nayza va lappak uloqtirish kabi mashqlar bilan muntazam ravishda shug'ullantirishgan. Sparta xotin-qizlari ko'proq qullarni saqlashda xizmat qilganlar. Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismi Gretsiyada tashkil etilgan. Ular uzoq yillar davomida yengilmas deb nom qozondi. Sparta atletikachilari ko'pgina olimpiya, pif va boshqa o’yinlarda qatnashib, g’alabalarni qo’lga kiritgan. Miloddan avvalgi XII-IX asrlarda qadimgi Gretsiyada oddiy zodagonlarning yugurish, kurash, qo’l jangi, nayza va disk uloqtirish, kamondan o’q otish, g’ildirakli aravalarda ot poygasi kabi o’yin musobaqalarini aks ettiruvchi chizmalar, tasvirlar, haykallar, yodgorliklar, arxeologik qazilmalarda topilgan. Ularning mazmuni, shakllari va mohiyatlari Gomerning «Iliada» va «Odisseya» asarlarida o’z ifodasini topgan. Afina tizimi. Afinada quldorlik tizimi o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda sinfiy tafovutlar kuchli bo’lgan. Afina Gretsiyaning markazi hisoblanib, bu erda hunahnandchilik va savdo, fan va madaniyat rivojlangan edi. Наr bir quldor jamiyat ishlarida faol qatnashish imkoniyatlariga ega bo’lgan. Ta’lim va tarbiya tizimida Afina fuqarolarining qatnashish huquqi bo’lgan. Afina tizimi Sparta tizimidan farqli o’laroq harbiyjismoniy ta’lim bilan birgalikda olib borilgan. Afina tarbiya tizimi bo’yicha inson har tomonlama uyg’un kamol topishi lozim edi. Bunda aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy tarbiya asosiy vosita bo’lishi talab etilgan. Bunday talab va ehtiyoj bora-bora takomillashtirilib borilgan. Afinada bola yetti yoshgacha oilada, qullar nazorati ostida tarbiyalangan. Bu yoshda ko’proq o’yinlarga e’tibor berilgan. Keyin o’g’il bolalarni maktabga yuborishgan. Qiz bolalar esa uyda tarbiyalangan. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo’lganlar davlat maktabi yoki xususiy maktablarda ta’lim olishgan. Ular musiqa va gimnastika maktablari deyilgan. Ya'ni musiqa mashg’ulotlarida musiqa, raqs, o’qish-yozish bilan, gimnastika mashg’ulotlarida esa kurash bilan palestralarda shug’ullanganlar. 12-16 yoshdan boshlab birinchi o’ringa gimnastika mashg’ulotlari qo’yilgan. 16 yoshgan yaxshi ta’minlangan ota-onalar o’z farzandlarini gimnasiylarga berishgan. Afinada davlat hisobida uch xil gimnasiy: akademiya, litsey va kinosarg mavjud bo’lgan. Bu o’quv yurtlarida yoshlar jismoniy tarbiya bilan bir qatorda siyosatshunoslik, falsafa va adabiyot fanlari bo’yicha ham ta’lim olgan. Afinada 18 yoshli yigitlar davlat harbiy tashkiloti - efebiyaga jalb etilgan. Ular ikki yil davomida harbiy xizmatni o’tagan. Efeblar birinchi yili, jismoniy tarbiya va harbiy tayyorgarlikdan o’tishgan. Ikkinchi yili esa qalqon va nayza bilan qurollanib, davlat chegarasini qo’riqlaganlar. Bu davrda jismoniy tarbiyaning pedagogik va ilmiy nazariyasi paydo bo’lgan. Qadimgi faylasuf olimlar - Platon, Aristotel va boshqalarning asarlarida tarbiya ta’lim tizimidagi jismoniy tarbiyaga yuksak baho berildi. Platon (miloddan avvalgi 427-347 y.y.) Afina zodagonlari vakili, faylasuf-idealist, insonning ma’naviy va jismoniy sifatlari haqidagi nazariyaning asoschisidir. U Sparta tizimiga moyillik bildirib, harbiy-jismoniy tarbiyani aqliy tarbiya va ta'lim bilan qo'shib olib borishni ko'zda tutdi. Platon o’zining asarida shunday degan: «Yaxshi gimnastika ham oddiy bo’ladi, lekin eng avvalo, harbiy gimnastika bo’lishi lozim». Aristotel (miloddan avvalgi 384-322 y.y.). Yirik olim va faylasuf, Platonning o’quvchisi va Aleksandr Makedonskiyning ustozi bo’lgan.

XULOSA
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish) bazaviy fan hisoblanadi. Jismoniy mashqlarni paydo bo‘lishi, qadimgi va zamonaviy olimpiya o`yinlarini vujudga kelishi va rivojlanishi, quldorlik davrida jismoniy madaniyat, buyuk gumanistlar jismoniy tarbiyaga qoshgan xissalari shuningdek, Markaziy Osiyoga jismoniy madaniyatni kirib kelishi, mustaqillikdan song O`zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni rivojlanishi hamda milliy olimpiya qomitasini tashkil etilishi to‘liq o‘rganish imkoniyatini beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish) umummadaniyatning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy-madaniyat hamda turmush sharoitida o‘ziga xos xususiyatga egadir. Shu sababdan jismoniy tarbiya va sport sohasida jismoniy madaniyat tarixi va sportni boshqarish oliy va o‘rta maxsus (olimpiya zahiralari kollejlari) o‘quv yurtlarida fan (predmet) sifatida o‘qitib kelinadi.

Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda olimlari xal etishga urinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni buzib ko‘satdilar, soxtalashtiradilar. Leturno, Espinas, Gross, Byuxer, Shiller, Spenser va boshqa chet el olimlari jismoniy mashqlar hayvonlarining o‘yinida kelib chiqqan, degan nazariyani olg‘a suradilar. Freyd va uning izdoshlari, o‘yin shaxsning to‘la qimmatiga ega bo‘lmaganligidan dalolat beradi, deb isbotlashga o‘rinib ko‘radilar, chunki o‘yinda go‘ya insonning turmush qiyinchiliqlaridan hayolat olamiga ketishiga o‘rinishi ifodalanar emish. Jismoniy madaniyat va diniy marosimlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi burjua nazariyalari ham xuddi shu ta’limotga asoslanadi.





Yüklə 74,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə