Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 78,78 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü78,78 Kb.
#154808
1   2   3   4   5
Asboblarning ishlash muddati va kesish tezligi, uning kesish xususiyatlari.

Kesuvchi qism asosiy qo’yimni kesib olishga, kalibrlovchi qism esa ishlov berilgan yuzani yakuniy shakllantirishga (ba’zi holatlarda kesuvchi asbobni yo’naltirishga va uzatishga, masalan, rezba kesuvchi asboblar) mo’ljallangan.
Teshikka ishlov beruvchi kesuvchi asboblarda kalibrlovchi qism yordamchi kesuvchi qirralar joylashgan lenta ko’rinishida tayyorlanadi. Lentalar, kesuvchi asbobni teshik ichida yo’naltirish va bazalash uchun, yordamchi tig’lar – teshikni ishlov berilgan yuzasini yakuniy shakllantirish uchun hizmat qiladi. Kesuvchi asbobning teshik ichida tiqilib qolishini oldini olish va lentaga ishqalanish kuchini kamaytirish maqsadida, kalibrlovchi qismda uncha katta bo’lmagan teskari konuslik, ya’ni kesuvchi asbobning tashqi diametrini quyruq qismi yo’nalishi bo’yicha kichraytirilib hosil qilinadi.
Kesuvchi asbobni vazifasi va detal yuzasining shakliga ko’ra kesuvchi tig’lar to’g’ri chiziqli, vintsimon va shakldor ko’rinishda bo’ladi. Qirindini chiqarib tashlashga mo’ljallangan vintsimon kanavkalar va ularda joylashgan kesuvchi tig’lar hosil bo’lgan qirindini kesish zonasidan chiqib ketishiga yaxshi sharoit yaratadi va kesuvchi asbobni bir tekis ishlashini ta’minlaydi.
Kesuvchi asboblarning ishlash qobiliyati, mustahkamligi va turg’unligi quyidagi omillarga bog’liqdir:

  • kesuvchi pona tayyorlangan materialga;

  • ishlov beriluvchi materialning fizik mexanik hossalariga (qattiqligi, mustahkamligi va boshqalar.);

  • kesuvchi asbobning geometrik parametri deb ataluvchi kesuvchi ponaning o’tkirlash burchagiga. Bunga kesish rejimlari: kesish tezligi V, surish S va kesish chuqurligi t ta’sir ko’rsatadi.

Kesuvchi asbobning ishchi chizmasida kesuvchi ponaning o’tkirlanish burchagi β ni ko’rsatish qabul qilinmagan bo’lib, chizmada faqat charxlash burchaklari ko’rsatiladi, ya’ni oldingi burchak γ va orqa burchak α lar, bunda β=90º−(γ+α) bo’ladi. Ushbu burchaklar asosiy va kesish tekisligi koordinata tekisliklaridan olinadi.

Yüklə 78,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə