Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Kesuvchi asboblarni tayyorlashda qo’llaniladigan materiallar



Yüklə 78,78 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü78,78 Kb.
#154808
1   2   3   4   5
Asboblarning ishlash muddati va kesish tezligi, uning kesish xususiyatlari.

Kesuvchi asboblarni tayyorlashda qo’llaniladigan materiallar
Kesish jarayonida asbobning kesuvchi ponasi zagotovka bilan birikishni nisbatan kichik maydonida yuqori bosim va ishqalanish kuchlari ta’siri ostida bo’ladi. Bu katta miqdorda issiqlikning ajralishi bilan ponani birikish yuzasini jadal yeyilishiga olib keladi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida mineral keramikani yangi turi kermit yaratildi. Bu tarkibga mustahkamlikni oshirish maqsadida volfram, titan, molibden va tsirkoniy karbid nitridlari qo’shish bilan amalga oshiriladi. Bu bilan birga keramikani olish texnologiyasi ham o’zgardi. Masalan, issiq presslashda donadorlik 2 mkm. gacha pasaydi va x.k. Yuqoridagilarga asosan VSH75 markali keramikaning egilishga mustahkamligi δeg=500...600 MPa, V3, VOK – 60, VOK – 63 markali oksid karbidli keramikalarning egilishga mustahkamligi δeg=600...700 MPa. gacha oshdi. Kesuvchi mineral keramikalarni titrashga mustahkam, aniqligi yuqori, yuqori bikrlikka ega bo’lgan yuqori quvvatli dastgohlarda yuqori tezliklarda detallarga ishlov berishda qo’llaniladi.
O’ta qattiq materiallar – bularga olmoslar (tabiiy va sintetik) asosida borning kub nitridi tashkil etgan kompozitsion materiallar kiradi.
Olmos – uglerodning modifikatsiyalaridan biri bo’lib, uning kristal panjarasining kub shaklida tuzilganligi uchun olmos tabiatdagi ma’lum bo’lgan barcha minerallardan eng qattiq hisoblanadi va qotishmalarga insbatan qattiqligi 5 marotaba yuqori. Ammo, uning mustahkamligi past. SHuning uchun olmoslarni faqat toza ishlob berishda va kichik kesish kuchlarida qo’llaniladi.
Tabiiy olmoslarni A harfi bilan, sintetik olmoslarni esa – AS harflari bilan belgilanadi. Sintetik olmoslarni mayda donali kukun ko’rinishida olinadi va abraziv toshlar, pastalar tayyorlashda qo’llaniladi.
Tabiiy olmoslarni asosan asosan tarkibida uglerod va temir bo’lmagan rangli metall va qotishmalarni yupqa yo’nishda qo’llaniladi. Olmoslarning issiqlik o’tkazuvchanligi 700 – 800ºS ga teng (undan yuqori haroratlarda olmos yonib ketadi). Tabiiy olmoslarni issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori, ishqalanish koeffitsienti esa kichik.



Kesish tezligi V va uzatish S bo’yicha kesuvchi materiallarni qo’llanish sohalari:

  1. – tez kesar po’lat;

  2. – qattiq qotishmalar;

  3. qoplamali qattiq qotishmalar;

  4. – nitridli keramika;

  5. – qora keramika (kermetlar); 6 – oksidli (oq) keramika; 7 – borning kub nitridi.


Yüklə 78,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə