Reja I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 374,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix29.03.2023
ölçüsü374,97 Kb.
#103607
1   2   3   4   5   6   7   8
O\'rta osiyodagi qadimgi davlatlar

 
nomi bilan tarixga kirgan 
davlatini tashkil qiladi. V asrning o‘rtalariga kelib butun O‘rta Osiyoda eftalitlar 
hukmronligi o‘rnatiladi. Keyinchalik O‘rta Osiyoni, Sharqiy Eron viloyatlarini, 
Hindistonning shimoliy qismini va Sharqiy Turkistonni birlashtiruvchi yirik davlatni 
barpo etishga muvaffaq bo‘ladilar. Eftalitlar davlatining tuzilishi, markaziy va 
mahalliy davlat organlari, sudi va harbiy qo‘shini haqidagi ma’lumotlar bizgacha 
yetib kelmagan. Ixtiyorimizda bo‘lgan manbalardagi ayrim ma’lumotlarga tayangan 
holda eftalitlar davlat tuzumi va huquqi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishimiz 
mumkin. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyning (VI asr) yozishicha, «Eftalitlarni bir 
shoh boshqargan, ular qonuniy davlatga ega bo‘lganlar va o‘zlari bilan qo‘shnilari 
o‘rtasida romeylar (vizantiyaliklar) va Forslarda mavjud bo‘lgan adolatdan zarracha 
kam bo‘lmagan adolatga amal qilganlar».
Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, Eftalitlar davlatida taxt otadan bolaga 
o‘tmagan, shu suloladan kim davlat boshlig‘i lavozimiga loyiq topilsa, o‘sha kishi 
taxtni egallagan. Aynan kimning ushbu lavozimga loyiqligini aniqlash vakolatiga 
maxsus kengash ega bo‘lgan.


16 
Prokopiyning guvohlik berishicha, eftalitlar davlatni qonunlar asosida 
boshqarganlar. Ba’zi manbalarda qayd qilinishicha, eftalitlar davlatida podsho 
hokimiyati unchalik kuchli bo‘lmasdan, mahalliy hokimlarning mavqei yuqori 
bo‘lgan. Joylarda hokimiyat yirik yer egalari qo‘lida bo‘lib, ular katta mulkka, qal’a 
va harbiy qo‘shinga ega edi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida 
shaharlarning o‘rni katta bo‘lgan. Vizantiya hukmdori Yustin II ning «Eftalitlar 
shaharda yashaydilarmi yoki qishloqdami» degan savoliga ashinaliylarning elchisi 
«A’lo hazrat, ular shaharlik sulolalardan», degan javobi fikrimiz dalilidir. Eftalitlar 
davlatida yirik shaharlar hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ushbu hokimlar ham 
o‘z harbiy kuchlariga, o‘z tangalarini zarb qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Ichki 
savdo munosabatlarida tangalar ayirboshlash vositasi vazifasini bajargan.
Eftalitlar kuchli harbiy qo‘shinga ega bo‘lishgan, qo‘shinning asosiy qismini 
otliq lashkar tashkil qilgan. Ayrim manbalarda yozilishicha, eftaliylar davlatida 
jinoyat sodir qilganlik uchun qattiq jazo choralari qo‘llanilgan. Masalan, o‘g‘irlik 
uchun bo‘ynini kesib qatl etish yoki o‘g‘irlab ketgan mulkni o‘n barobar miqdorida 
undirib berish jazosi qo‘llanilgan. Asta-sekinlik bilan markaziy hokimiyatning 
kuchsizlanishi, mahalliy hokimlarning mustaqillikka intilishining kuchayishi va ular 
o‘rtasidagi raqobat VI asrning o‘rtalariga kelib Eftalitlar davlatining yemirila 
boshlashiga olib keldi
1
.
VI asr o‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv va Markaziy Osiyodagi turli qabila va 
xalqlarni birlashtiruvchi, katta davlat – Turk hoqonligi
 
tashkil topadi. Hozirgi 
O‘zbekiston hududi Turk hoqonligi tomonidan bosib olinadi. Keyinchalik hoqonlik 
hududi Xitoy va Mo‘g‘ilistonning bir qismi hisobiga yanada kengaytirildi. VI 
asrning oxirgi choragida Turk xoqonligi davlatga asos solgan sulola namoyandalari 
o‘rtasidagi (asoschilar va davlat hududining kengayishida ulkan hissa qo‘shgan 
Ashina sulolasi namoyandalari – Bo‘min (Tuman), uning kichik o‘g‘li Mug‘anxon) 
kurash natijasida poytaxti Mongoliyada bo‘lgan Sharqiy Turk xoqonligi va markazi 
Yettisuvda bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligiga bo‘linadi. O‘zbekiston hududi G‘arbiy 
Turk xoqonligi tarkibida bo‘lgan.
Turk xoqonligida hokimiyat tepasida urug‘, qabila boshliqlari qurultoyida 
saylanadigan xoqon turgan. Uning huzurida qabila, urug‘ boshliqlaridan iborat 
kengash bo‘lib, unda davlat ahamiyatiga molik masalalar muhokama qilinib tegishli 
qarorlar qabul qilingan. Bundan tashqari, davlat hayotida xoqon maslahatchilari, 
o‘lkalar hokimi, davlat arboblarining roli katta bo‘lgan. O‘lkalarda hokimiyat 
hokimlar qo‘lida to‘plangan. Hokimlik lavozimini o‘lkalardagi hukmron sulolalar 
vakillari egallagan. Hokimlarning bir necha muovinlari bo‘lgan. Har bir hokim 
huzurida hisob-kitob ishlarini olib boruvchilar, soliq yig‘uvchilar, qo‘riqchilar va 
boshqalardan iborat apparat bo‘lgan. Xoqon va alohida o‘lkalarning hokimlari 
1
N. A. Abdurahimova, M. Isakova, Z. M. Suleymonova 

Davlat muassasalari tarixi. Toshkent. 2007. 83-b 


17 
otliqlar va piyodalardan iborat shaxsiy gvardiyasiga ega bo‘lganlar. Turk xoqonligi 
davlati O‘rta Osiyo hududlarining arablar tomonidan bosib olinishi bilan tugatildi.

Yüklə 374,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə