Reja: I kirish II asosiy qism


O'qituvchilik faoliyatida pedagogik muomalaning o’rni va ahamiyati



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#134667
1   2   3   4   5
6 PEDAGOGIK MULOQOTDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING USTUVORLIGI

1.O'qituvchilik faoliyatida pedagogik muomalaning o’rni va ahamiyati.
O'qituvchilik faoliyatida pedagogik muomalaning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan unda pedagogik qobiliyatning mavjudligiga va pedagoglik nazokati (odobi) ni egallaganiga bog'liq bo'ladi.
Psixologiyada pedagogik qobiliyatlar deganda insonning muayyan psixologik xususiyatlarini tushunish qabul qilingan. Bu xususiyatlar uning o’qituvchi vazifasida bolalarni o'qitish va bolalarga ta’lim berishda yuksak natijalarni qo'lga kiritishining sharti xisoblanadi.
Ma’lumki, shaxsning u yoki bu qobiliyatlarini hosil qiluvchi xislatlar va xususiyatlar orasida bir xillari yetakchi rol o'ynasa, boshqalari yordamchi vazifasini bajaradi. Pedagogik faoliyatda shaxsning o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari yetakchi rol o'ynaydi. Birinchi navbatda pertseptiv, ya’ni idrok qilish sohasiga taalluqli bo'lgan xususiyatlar (ulardan eng muhimrog'i kuzatuvchanlikdir) yetakchi rol o'ynaydi, o’qituvchiga o'kuvchining psixologiyasini, uning psixik holatini o'xshash tarzda idrok etish, muayyan holda umuman sinf jamoasining axvoliga va xususan mazkur pedagogik vaziyatdagi ahvoliga to'g'ri baho berish imkonini beradi. O'qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari tarkibiy qismi sifatida empatiyaga, ya’ni o'kuvchilarning psixik holatini tushunishga va ularga achinishga tayyorgarlikni hisoblash mumkin. Buning zarur sharti bolalarga bo'lgan mhabbatdir. Nihoyat, o’qituvchi shaxsining o'zaro fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlarining uchinchi tarkibiy qismi deb ijtimoiy o'zaro harakatga bo'lgan yuksak rivojlangan ehtiyojni hisoblash mumkin, u bilimlarni boshqalarga berishga, bolalar bilan muomala qilishga intilishda, bolalar jamoasini tashkil etish istagida namoyon bo'ladi. Tashkil etish qobiliyati ham pedagogik qobiliyatlarning tarkibiy qismidir. U barcha o'kuvchilarning har xil faoliyat turlariga jalb qilinishida, jamoaning har bir o'kuvchiga ta’sir ko'rsatish quroliga aylanishida, har bir o'kuvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishda namoyon bo'ladi. O'qituvchida ijtimoiy o'zaro harakatga bo'lgan ehtiyojni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sharti bo'lib, unda mavjud bo'lgan pedagogik nazokat maydonga chiqadi.
Endi pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xislatlar va xususiyatlardan ayrimlarini qarab chiqamiz. Bu, avvalo, aql - idrokning muayyan xislatlari: hozirjavolik, tanqid ko'z bilan qarash, sobitqadamlik va boshqa bir qator xislatlardir. O'qituvchining nutqi: notiqlik qobiliyatining mavjudligi, so'z boyligi va hokazolar ham muhim rol o'ynaydi. Tabiatida bir qadar artistlik xususiyatiga ega bo'lish (xayol, fantaziya ishlata bilish) ham o'kuvchilar bilan muomalada muvaffaqiyatga erishishda muayyan rol o'ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar - faqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishining shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffaqiyatli ishlashining natijasi hamdir. Shu munosabat bilan o'qituvchining o'zida pedagogik qobiliyatlarning aniq maqsadni ko'zlab tarkib topishi va rivojlanishi kata rolo'ynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom haqiqiy narsa ekanligini ko'rsatmoqda. Masalan, shaxs pertseptiv xususiyatlarining eng muhim elementi bo'lgan kuzatuvchanlik o’qituvchining pedagogik tajriba hosil qilish jarayonida ham, uning maxsus kuch g'ayrati natijasida ham rivojlanadi, takomillashadi. O'qituvchi o'zining ijtimoiy - psixologik kuzatuvchanlini, ya’ni o'kuvchilarda turli xarakter xususiyatlari va mayllarni payqab olish qobiliyatinigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish sabablarini bilib olish, ularga bu sabablarning paydo bo'lish vaziyatiga muvofiq baho berish mahoratini va hokazolarni rivojlantirishga qodir.
O'qituvchi o'z o'quvchilarini, ular muhitidagi o'zaro munosabatlarni, o'zining ular bilan o'zaro munosabatlarini hozirgi daqiqada qanday bo'lsa, xudi shunday idrok etish va ko'rish mahoratini, ya’ni ta’lim - tarbiya jarayonida ro'y berayotgan narsalarni ichdan idrok etish mahoratini doimo takomillashtirib borishi lozim. Bu esa osonlikcha qo'lga kiritilmaydi. Pedagogning idrok etishi har qanday kuzatuvchining idrok etishiga o'xshaydi, chunki pedagog hamisha o'quvchilarga nisbatan tashqi vaziyatda turadi, hamisha ma’lum darajada ulardan, ular faoliyatidan uzoqlashgan bo'ladi. Shu sababli pedagog o'zi ko'rayotgan narsalarga o'zining ijtimoiy rivojlanish jarayonida idrok qilgan mulohazalarini ongli va ongsiz ravishda qo'shib boradi. Bu narsa shunga olib kelishi mumkinki, pedagog uchun yangi bo'lgan xodisalar uning o'zida mavjud bo'lgan tasavvurlar asosida an’anaviy tarzda talqin etilishi mumkin. Bundan tashqari, pedagogning muayyan masalaga javob izlashga intilishi unda ahamiyatli biror xolatni o'tkazib yubormaslik uchun qulay yo'nalish hosil qiladi. Lekin bu yo'nalishning o'zi ayrim hollarda oldindan yanglish fikrga olib kelishi va ko'rgan narsalarini o'zi kutgan narsalar ruhida talqin etishga majbur qilishi mumkin.
Pedagogik vaziyatlar tez- tez o'zgarib turadigan sharoitda o'qituvchining vazifasi ro'y bergan vaziyatda tez mo'ljal olib, unga to'g'ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan to'g'ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o'qituvchi bolalarning xatti- harakatlarini faqat to'g'ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarni chuqur ko'ra olsagina, shu bilan birga o'zida sabot, o'zini tuta bilish, sabr - toqat, sezgirlik kabi fe’l - atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir.
Nazokat me’yor tuyg'usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni bildiradi. Pedagogik nazokat me’yor tuyg'usi va o'z o'quvchilari bilan to'g'ri munosabatga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning psixologik asoslari deb bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar), ijtimoiy yo'l - yo'riqlar va shaxsiy xislatlarning jamini aytish mumkin, ular o'qituvchining o'kuvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq - atvorini belgilab beradi. Biroq, bu tarkibiy qismlar qandaydir berilgan yoki o'zgarmaydigan narsalar emas. Ular o'qituvchining butun faoliyati mobaynida qaror topib boradi va odatda tugallangan shaklga ega bo'lmaydi, ya’ni o'qituvchining o'zi ularning biror tarkibiy qismini ma’lum darajada o'zgartirishga moyil bo'ladi, pedagogik nazokatni ko'proq egallashga intiladi, o'quvchilar bilan o'zining o'zaro munosabatlarini eng qulay shaklga keltirishga harakat qiladi.
O'qituvchidagi pedagogik nazokatning mazmuni va uning namoyon bo'lish shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l - yo'riqlarni ko'rib chiqamiz. O'qituvchining o'zi o'kuvchilar bilan munosabatlari dialog (muloqot) tarzida bo'lishi lozimligini tushunishi muhimdir. Agar o'qituvchida o'quvchilar bilan munosabatlarining ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo'l - yo'riq bo'lsagina bunday muloqot ro'y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo'l -o'riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Albatta, kata yoshdagi kishining bolalar muhitiga uzviy ravishda qo' shilib ketishi nihoyatda qiyin narsa. Lekin bu muhitga u yaqinlasha oladi, ancha yaqinlashib boradi. Pedagogda bolalar bilan o'zaro ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Natijada bolalar bilan ma’naviy muomala uchun imkoniyat vujudga keladi. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalarda kata yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala qilishga qat’iy ehtiyoj mavjud bo'ladi.
Tabiiyki, pedagog batamom aniq va muayyan nuqtai nazarda turgan taqdirdagina uning o'kuvchilar bilan o'zaro munosabatlarida ishonch vaziyati vujudga kelishi mumkin. Bunda gap pedagogning tashqi holati haqida emas, balki jamoadagi ichki holati haqida boradi. U shundan iboratki, pedagog bolalarning kattalar bilan muomalada bo'lishga yuqorida eslatib o'tilgan ehtiyoji asosida ularning munosabatlari tizimiga ma’lum darajada kirib borishga muvaffaq bo'ladi. Bunday holda u bolalar muhitida ro'y beradigan va tashqi kuzatishdan yashirin bo'lgan jarayonlarni o'rganish imkoniga ega bo'ladi. U o'z oldida turgan vazifalarni hal qilishga bolalarning o'zini ma’lum darajada jalb qila oladi. Bu narsa suhbatlarda u bolalar bilan birga ularning hayotidagi turli voqealarni tahlil qilish, ro'y berayotgan narsalarga ularning qarashlarini, tevarak - atrofdagi narsalarga beradigan bahosini aniqlab olishi mumkinligida ko'rinadi. Agar bolalar bilan o’qituvchi o'rtasida ishonch munosabatlari o'rnatilgan bo'lsa, ular hayotning og'ir damlarida uning huzuriga yordam so'rab keladilar, o'z quvonchlarini u bilan baham ko'radilar. Nihoyat, ishonch munosabatlari pedagogning bolalarni turli vaziyatlarda ko'rish imkonini beradi. Masalan, bolalar bilan shunday vaziyatlarda muomalada bo'lish juda muhimki, bunda ularning xulq - atvorini maktab sharoitidagidan boshqa andazalar boshqaradi. Bunda pedagog o'quvchilar bilan norasmiy sharoitda muomala qilish uchun har gal o'zining qanday yo'l tutishini aniqlab olishi zarur.
O'qituvchining o'z o'quvchilarini: ularning fe’l - atvorini, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini, turli voqealarga muammolarga munosabatlarini doimo o'rganib va bilib borishga intilishi muhimdir. O'qituvchi bolalarni qanchalik yaxshi bilib olsa, unda bolalar bilan munosabatlarda xushmuomala bo'lish imkoniyatlari shu qadar ko'proq bo'ladi. Lekin o'qituvchi o'z o'quvchilari bilan yaqinroq bo'lishga harakat qilar ekan, ba’zan tegishli daqiqalarda o'zi eshitmasligi lozim bo'lgan narsalarni eshitmasdan o'tib ketishni bilishi zarur. Bunga sabab eshitish odobsizlik bo'lishi mumkinligi, yoki vaziyat noaniq bo'lib turganda, eshitish darhol aniqlik kiritish zarurligini taqozo qilishidir. O'quvchilar bilan o'z muomalasini baqiriq va mayda - chuyda narsalarga aralashishiga aylantirib yubormaslik uchun kundalik ishlarda nimanidir sezmay qolishni o'rganish muhimdir. Nihoyat, ba’zan biror narsani tushunmay qolish ham foydali bo'ladi. Bularning hammasi o’qituvchining o'kuvchilar bilan bo'ladigan kelishmovchiliklarga tegishli darajada odob bilan aralashuviga yordam beradi. Bu keyingi holat ayniqsa muhim va murakkabdir. Pedagog bolalar ayniqsa, katta yoshdagi o'quvchilar o'rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashuvi lozim. U shuningdek ziddiyatlarning shunday sohasi borki, unda pedagogning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo'lishi, hamma kelishmovchiliklar va ziddiyatlar ham jamoada muhokama qilish ob’ekti bo'lmasligi mumkin.
O'qituvchining muhim ijtimoiy yo'l - yo'riqlaridan biri dilkashlikdir. An’anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsning o'ziga xos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Lekin bunday yondashuv bir tomonlamadir. U dilkashlik, odamlarga aralashmaslik shaxsning o'ziga xos xususiyatlarigina bo'lib qolmay, shu bilan birga odamning u yoki bu vaziyatdagi muayyan xulq - atvori hamdir, ya’ni ijtimoiy yo'l - yo'rig'idir.
Shaxsning xususiyati bo'lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan aloqalarga intilish sifatida ta’riflash mumkin, bu intilish odamlar bilan tez aloqa o'rnatish bilan birga qo'shib olib boriladi.
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqat olib borish mahoratini taqozo etadi. Buning uchun esa u gapirishni bilishi zarur. Gapirishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borish kerak.
Bu o'rinda ikki savol tug'iladi: «nimani o'rganish kerak?» va «qanday o'rganish kerak?»
Pedagog jamoa bilan, bolalar guruhlarining ayrim o'kuvchilari bilan gaplasha olishi kerak. U darsni samarali olib borish uchun gapirishni bilishi, suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi, umuman butun ta’lim

  • tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ya olishi kerak. O'quvchilar bilan gaplasha olish (har qanday shaklda) muayyan qoidalarni bilishni va bu qoidalarni amalga oshirishning nazarda tutadi. Ularni qarab chiqamiz.

O'quvchilar jamosi bilan muomala ko'pincha suhbat, ma’ruza, axborot va hokazolar shaklida bo'ladi. Bu muomala samarali bo'lishi uchun nimalar zarur?
Birinchi navbatda suhbatni qanday boshlash, qanday qilib darhol o'qituvchining gaplariga bolalarning diqqatini tortish, ularni qiziqtirish mumkinligi haqida gapirib o'tamiz. Buning uchun bir necha usullar bor. Gapni masalaning qo'yilishidan boshlash mumkin, bu masalada bo'lajak suhbatning ma’nosi mujassamlashgan bo'ladi. Mavzuga diqqatni tortishga urinib ko'rish ham mumkin, bunda gapni yorqin, qiziqarli ma’lumotni ma’lum qilishdan boshlasa bo'ladi, keyin uni tushuntirish va tahlil qilish esa muomalaning mazmunini tashkil etadi. Tegishli maqola yoki biror jumla keltirish ham muvaffaqiyatli bo'lib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, darhol bolalarga bo'lajak suhbat ularning qiziqishlari bilan bog'liq ekanligini aytib o'tsa ham bo'ladi.
Mana, suhbatga bolalarning diqqati jalb qilindi, ham deylik. Endi uning mavzusini ancha qisqa, lekin yetarli darajada aniq qilib ochib berish vazifasi turadi. Buni qanday amalga oshirish mumkin? Masalan, suhbatni tuzishning bunday varianti bo'lishi mumkin. Dastlab pedagog o'quvchilar ongi va hissiyotiga yetkazmoqchi bo'lgan asosiy fikr qisqacha bayon etiladi. So'ngra u ochib beriladi, buning uchun misollar va illyustratsiyalar tizimi bayon qilinadi. Bunda yorqin taqqoslashlar, kutilmagan o'xshatishlardan foydalanish juda foydali bo'ladi. Shundan keyin xulosa chiqarish, ya’ni suhbatning asosiy fikrini boshqacha so'zlar bilan takrorlash mumkin.
Suhbat bolalarda doimiy qiziqish uyg'otishi uchun bir qator murakkab bo'lmagan usullardan foydalanish zarur, eng muhim so'zlar va iboralarni intonatsiya bilan ajratib ko'rsatish va aksincha, intonatsiyani o'zgartirish, unchalik muhim bo'lmagan mavzuni bayon qilish kerak, ovoz va nutq ohangini o'zgartirish foydalidir (masalan, muhim iboralar, fikrlardan oldin va keyin to'xtalish qilishi zarur).
Suhbatni qanday tugallash ham muhim ahamiyat kasb etadi. U turlicha bo'lishi mumkin. Asosiy g'oyalarni yana bir marta qisqacha bayon qilib berish mukin. Uni she’riy satrlar bilan ham tugallasa ham bo'ladi. Agar pedagog bolalarning o'zlari eshitgan narsalari haqida fikr yuritishlarini xohlasa, javobsiz savol bilan ham tugallash mumkin. Suhbatning yakuni barcha ko'rsatib o'tilgan tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladigan variant ham bo'ladi.
Bu qoidalarga rioya etish pedagogning so'zlari o'quvchilarga zarur ta’sir ko'rsatish uchun shart - sharoit yaratadi. Chunki pedagogning tarbiyalanuvchilar bilan har qanday muomalasining ma’nosi ana shundan iboratdir.
Har qanday suhbat jarayonida pedagogning asosiy maqsadi bolalarni qiziqtirishdir. Buning o'rniga ba’zan ayrim o’qituvchilar shu qadar berilib ketadilarki, bolalarga deyarli yoki butunlay hech narsa qoldirilmaydi. Albatta, bunda muomala maqsadiga erishib bo'lmaydi.
Bundan tashqari, pedagog eski fikr uchun yangi so'zlarni izlashi va topishi darkor, ya’ni ayni bir fikrni turlicha bayon qilishni bilishi zarur. Agar bu hol ro'y bermasa, shunday vaziyat hosil bo'ladiki, uni quyidagicha ta’riflash mumkin: yaxshi audio yozuvini birinchi bor eshitib ko'rganda kutilmagan bir hodisa bo'ladi, ikkinchi marta tinglaganda - nasihat, keyingi eshitib ko'rishda esa ichki, ba’zan esa tashqi qarshilik keltirib chiqaruvchi zo'rlik bo'ladi.
Hozirga qadar fikr pedagogning o'kuvchilar jamoasi bilan muomalasi haqida borgan edi. Endi o'kuvchilardan har biri bilan muomalani qanday qilib maqsadga muvofiq tashkil etish shakllari haqida to'xtalamiz.
Birinchi navbatda quyidagilarni esda tutish kerak: suhbat samarali bo'lishi uchun dastlab suhbatdoshni moyil qilib olish zarur. Agar pedagogning o'zi bunga moyil bo'lsa va bundan tashqari, suhbatdoshiga o'zining moyilligni yaqqol ko'rsatsagina bunga erishish mumkin.
O'zaro moyillikka erishish uchun bir qator murakkab bo'lmagan usullardan foydalanish mumkin. Birinchi navbatda o’qituvchi o'kuvchi bilan o'zini shunday tutishi kerakki, unda men pedagog uchun ahamiyatliman degan hissiyot paydo bo'lishi kerak. Shunday hissiyot uyg'otish uchun xar bir o'quvchida ustun afzal tomonlarni, boshqalardan farqni topish muhimdir, faqat topishgina emas, shu bilan birga unga buni aytish ham kerak. Bundan tashqari, suhbatdosh o'kuvchiga, uning ishlariga, hissiyotlariga, kayfiyatiga, kechinmalariga samimiy qiziqishni his qilishi lozim.
Suhbat har ikkala suhbatdosh uchun qiziqarli bo'lishi uchun u muloqot tarzida bo'lishi zarur. Shu maqsadda birinchi navbatda suhbatdoshning hissiy holatini hisobga olishi va shunga muvofiq ravishda suhbatni boshlashi kerak. Masalan, agar o'kuvchi hayajonlanib turgan bo'lsa, yaxshisi u bilan o'zi uchun yoqimli bo'lgan narsa haqida gaplashishdan boshlash yoki uning kechinmalari sababiga va suhbat mavzuiga aloqador bo'lmagan begona bir narsa haqida gaplashish kerak. Agar, aksincha, o'kuvchi xafa ko'rinsa, oldiniga uning diqqatini uning kayfiyatini buzgan narsadan chalg'itishga urinish va hatto qandaydir maroqli narsa haqida gap boshlab, uni bir muncha ovutishga harakat qilish muhimdir.
Shuni nazarda tutish kerakki, agar pedagog hamma vaqt gapirib, so'rayversa o'quvchi faqat eshitib, bir xildagi javoblarni beraversa, muloqot vujudga kelmaydi.
O'quvchilar bilan ham, sinf bilan ham, guruhlar bilan ham, ayrim bolalar bilan ham muomala qilganda ba’zi umumiy usullarni esda tutish va ulardan foydalanish foydalidir, ular muomalani dialogli, samarali, kam ixtilofli qilishga imkon beradi. Birinchidan, pedagogning boshqa kishilar tomonidan qilingan u yoki bu murojaatni tasavvur etishi foydalidir. Shunda o'kuvchilar bilan suhbatlarda buyruq berish huquqini suiiste’mol qilish kerak emasligi, yaxshisi - ko'proq iltimos shaklidan foydalanish kerakligi ma’lum bo'lib qoladi - chunki har qanday kishining buyruqdan ko'ra iltimosni bajarishi oson va yoqimliroq bo'ladi. Shunda o'quvchilar bilan suhbatlar tez -tez «marhamat», «rahmat», «baraka toping» degan so'zlardan foydalanish, ko'pincha ularga shart fe’li bilan: «siz manna bunday qilsangiz bo'lmasmikin. . .», «sizningcha, bunday qilsak yaxshiroq bo'lmasmikin .. .» deb murojaat qilish foydali ekanligi ma’lum bo'ladi. Nihoyat, bolalarga biror narsa deganda, ulardan biror narsa talab qilganda, ularga biror narsa taklif etganda, pedagogning o'z - o'ziga: «nima uchun?», «nega?», «buning boisi nima?» degan savollarni berishi nihoyatda foydali bo'ladi.
O'quvchilar o'zlari bilan bo'layotgan butun muomalasi hatto jahl bilan aytilsa -da, do'stona bo'layotganini ko'rib turishlari lozim. Jahl - o'tkir, nihoyatda o'tkir quroldir. U shifobahsh bo'lishi ham, javob tariqasida jahl uyg'otishi ham, g'azabni qo'zg'ab, asossiz janjalga olib kelishi ham mumkin. Lekin pedagogning o'quvchilar bilan muomalasida jahlga o'rin bo'lmasligi kerak, deb o'ylash qiyin. Bu jahlning qanday namoyon bo'lishi - boshqa masala. Jahlni chiqargan sababni o'kuvchining shaxsiy sifatlari bilan aslo bog'lamaslik kerak. Bunday jahl munosabatni buzadi, o'quvchini g'azabga keltiradi.
Pedagog savollar berishni - asosiy, aniqliq kirituvchi, yo'lga soluvchi savollarni berishni bilish muhimdir. Lekin bu savollarni shundapy berish kerakki, ular o'quvchini savollarga batafsil javob berishga rag'batlantirsin. Savollar uni o'zi haqida, qandaydir voqealar to'g'risida, o'z - fikr mulohazalari, hissiyotlari, kechinmalari haqida gapirib berishga undashi lozim, ya’ni o'qituvchining savollari ortida suhbatlashishga bo'lgan chinakam qiziqish turishi kerak. Bu nihoyatda muhimdir, chunki pedagog o'quvchi uchun qiziqarli suhbatdosh bo'lib qolishi uchun u anna shu o'quvchining hayoti bilan juda qiziqadigan kishi bo'lishi lozim.
Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun ularning axloqiy va ruhiy jihatlarini bir-biridan ajratish qiyin bo'ladi. Shuning uchun ham bunday hodisalar haqida gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy vaziyat tushunchasi ishlatiladi.
Demak, o'qituvchining muomala odobi - u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o'z professional vazifasini bajarayotganda sodir bo'ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu yondoshuv asosida pedagogik muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: o'qituvchi bilan o'quvchilar o'rtasidagi muomala; o'qituvchi bilan pedagogik jamoa o'rtasidagi muomala; o'qituvchi bilan ota-onalar o'rtasidagi muomala; o'qituvchi bilan maktab rahbarlari o'rtasidagi muomala.
Muomala odobida o'qituvchining axloqiy ongi, axloqiy faoliyatining yetuklik darajasi, axloqiy ehtiyojlari va axloqiy yo'nalishlari, so'zi bilan ishining birlik darajasi, xullas, muallimning faol hayotiy nuqtai nazari namoyon bo'ladi.

Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə