Reja: I kirish II asosiy qism



Yüklə 107,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#134667
  1   2   3   4   5
6 PEDAGOGIK MULOQOTDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING USTUVORLIGI


MAVZU: PEDAGOGIK MULOQOTDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING USTUVORLIGI.
REJA:


I KIRISH
II ASOSIY QISM

  1. O'qituvchilik faoliyatida pedagogik muomalaning o’rni va ahamiyati.

  2. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida jonli muloqotda yuzaga keladigan ta’lim- tarbiya jarayonidagi umuminsoniy va milliy axloqiy normalar

  3. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi jonli muloqot jarayonida yuzaga keladigan nizolar

III Xulosa
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan har bir qarorda barkamol avlod tarbiyasi va ularning kasbiy mahoratini avvalo ta’lim muassasalarida oshirib borishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malaka­lardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o‘qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qan­day ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavda­sini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari o‘qituvchining ma­la­ka oshirish kurslariga ishtiroki, ustoz murabbiylar rahbarligidagi mash­g‘ulotlar (ulardan pedagogik texnika sirlarini o‘rganish) va mustaqil (kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini egallash individual-shaxsiy salohiyat ekanli­gini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda va uni takomil­lash­tirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash, ya’ni tinglovchilik yillarida o‘zida tajribali o‘qituvchilarning shaxsiy fazilatlarini va kasbiy mala­kalarini shakllantirishga qaratilgan faoliyat etakchi rol o‘ynaydi, deb ay­tish mumkin. Kasbiy ideal sari intilishda bu harakat pedagogik texni­kani egallashda muhim rol o‘ynaydi.



Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə