Reja: Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi



Yüklə 54,25 Kb.
səhifə1/8
tarix30.12.2023
ölçüsü54,25 Kb.
#166328
  1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi-hozir.org


Reja: Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi

Reja:


1. Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi

2. Huquq tushunchasi, belgilari va turlari.

3. Huquqning prinsiplari va funksiyalari.
Ijtimoiy normalar - bu jamiyatda insonlarning umumiy xulk-atvori qoidalari yigindisi bulib, ijtimoiy-iktisodiy tuzumga asoslangan, ongli iroda foaliyatining natijasidir.
Jamiyat xayotidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ijtimoiy normalar katta urin uynaydi. Ijtimoiy normalar deganda, kishilarning, jamoalar va ijtimoiy guruxlarning о`zaro munosabatlarini, yurish-turishi va xatti-xarakatlarini tartibga soluvchi barcha qoidalar yig`indisi tushuniladi.
Ijtimoiy normalar – odamlar va ularning birlashmalari о`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bо`lib, ular «inson – inson» munosabatlarini tartibga soladi.
Ijtimoiy normalarning turlariga quyidagilar kiradi: axloq normalari, jamoat birlashmalari normalari, milliy urf-odatlar, xalqlarning odatlari, an`analarning normalari, siyosiy hayot normalari, huquq normalari, diniy normalar.


Axloq normalari – ezgulik va yovuzlik, sha`n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas`uliyat haqidagi axloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda о`rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir.

Jamoat birlashmalarining normalari – jamoat birlashmalarining о`z faoliyatini tartibga solish uchun va tashkilotlarning a`zolari о`rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun о`rnatgan xulq-atvor qoidalaridir.

Odat normalari – kishilarning kо`p marta takrorlanganligi uchun odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga о`tib kelayotgan xulq-atvor qoidalaridir.

An`ana normalari – ilg`or an`analarni asrash munosabati bilan yuzaga kelgan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari.

Marosim normalari – kishilarning ma`lum rasm-rusumlarni bajarishdagi xulq-avtor qoidalari.

Diniy normalardindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.

Siyosiy normalar – alohida shaxslar va siyosiy birlashmalarining hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.

Huquq normalari – davlat tomonidan belgilanadigan umummajburiy xulq-atvor qoidalari.
Ijtimoiy normalarning umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
a) insonlarning jamiyatdagi xulk-atvor qoidalari, ya`ni fukarolarning о`rtasidagi munosabatlar qanday bо`lishini belgilaydi;
b) umumiy xulk-atvor qoidalar sifatida muayyan xayot vaziyatlarida xarakatlarni belgilaydi;
v) insonlarning ongli-xoxish foaliyati natijasida vujudga keladi;
g) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum bilan chambarchas bog`likligi, uning iqtisodiy bazisini /ustkurmasini/ belgilaydi.
Muxtasar qilib aytganda, inson yashar, faoliyat kо`rsatar ekan, xoxlaydimi, yо`qmi muayyan qoidalarga asoslanib yashaydi. Uning hayotini tartibga solib turuvchi qoidalar ijtimoiy normalar deyiladi.

Yüklə 54,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə