Reja: Iqtisod tarixidan. Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. Iqtisod tarixidan


Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi



Yüklə 28,08 Kb.
səhifə2/3
tarix02.05.2023
ölçüsü28,08 Kb.
#107921
1   2   3
16 Kasbim tarixi

Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻllaniladigan nazariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqelikning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrganiladi: umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xosdir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisalarning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonunlar taʼriflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy tahlil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
Gʻarbdagi “Ekonomiks” mualliflari R.Makkonnell va L.Bryu yozishicha, nazariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda tahlil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqtisodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; d) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog‘langan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsa-da, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab “Siyosiy iqtisod” nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A.Monkretyen (Fransiya) oʻzining “Siyosiy iqtisod haqida traktat” asarida (1615) qoʻllagan. A.Monkretyen va T.Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi “Iqtisodiy jadvallar” kitobining (1758) muallifi F.Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A.Smit va D.Rikardo (Angliya) hisoblanadi. Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K.Menger, F.Vizer,
E.Byom-Baverk (Avstriya), U.Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi: Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm A.Marshall (Angliya), M.Fridmen (AQSH) va neoliberalizm — L.Mizes (Avstriya), F.Xayek (Angliya) va L.Erhard (Germaniya)ga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J.M.Keyns (Angliya), J.Robinson (Angliya), A.Xansen va P.Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijtimoiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T.Veblen, J.Komons, U.Mitchell, J.Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.


Yüklə 28,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə