Reja: Iqtisod tarixidan. Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. Xulosa. Foydalangan adabiyotlar. Iqtisod tarixidan


Grammatika. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi



Yüklə 28,08 Kb.
səhifə3/3
tarix02.05.2023
ölçüsü28,08 Kb.
#107921
1   2   3
16 Kasbim tarixi

Grammatika. Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Izohli lug‘atlar so'zlikning tanlanishiga ko‘ra umumiy va tarmoq lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar umumiy izohli lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar tarmoq lug‘at hisoblanadi. (Masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati va boshqalar.)Har qanday lug‘at shu lug‘atning egasi bo‘lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi.Hozirgi zamon hujjatchiligida xizmat yozishmalari alohida o'rin egallaydi va juda keng miqyosda qo‘llanadigan hujjatlar oqimini o‘ziga qamrab olgan. Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil, chunki u tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari, sohalari o'ziga xos xususiyatga ega, tartiboti mavjud. Ish yuritish ham sohaning faoliyatidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Ular, asosan, rasmiy xarakterdaligi bilan har bir soha, yo‘nalish uchun xos bo‘lgan hujjat turlariga egaligi bilan ma’lumot-axborot, tashkiliy farmoish guruhiga mansub hujjatlardan farq qiladi. Til xususiyati jihatidan, ayniqsa, sohalarga oid so‘z va so‘z birikmalarining qo‘llanishi bilan ham o'ziga xoslikka ega.Xizmat xatlariTashkilot, korxona muassasa o‘rtasida xizmat aloqalari hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Hujjatlar qamrovi keng bo'lib, u turli xildagi mazmunga, iltimos, so‘rov, xabar, tasdiq, taklif, da’vo, ko‘rsatma, javobxarakteriga ega bo'lishi mumkin. Bunday xatlar xizmat xatlari deb yuritiladi va ular barcha tashkilotlarda yuritiladigan hujjatlaming deyarli 80 foizini tashkil adi.Xizmat xatlari xususiyatiga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.Bajariladigan vazifasiga ko‘ra xatlarni:1)javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo, so‘rov, iltimos xatlar);2)javobni talab qilmaydigan xatlar (ilova, tasdiq, eslatma, axborot, kafolat xatlar va h.k).Shunday xatlar borki, ularda ham iltimos, ham eslatish, ham kafolat berish ma’nolari mujassamlangan bo‘ladi. Ammo xatlar asosan, bir maqsadga ko‘rsatilgan bo'ladi, masalan, kafolat xatida kafolat berish ma’nosi ifodalanadi.Xizmat xatlari tayyor bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Ular oddiy qog‘ozga yoziladi, uning chap tomonidagi yuqori burchagiga tashkilot nomi qayd qilingan to‘rtburchak muhr qo‘yiladi.Har qanday xizmat xati mantiqiy jihatdan o‘zaro bog'liq bo'lgan 3 qismdan iborat bo'ladi. Birinchi (kirish) qismida xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga asosiy sabab bayon qilinadi. Ikkinchi qismda dalillar asosida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi ko‘rsatiladi. Xatning xulosa (uchinchi) qismida asosiy maqsad ifodalanadi.Xizmat xatlari qisqa, ammo mazmunan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Hajmi jihatdan katta bo'lmasligi, ya'ni bir betdan ortib ketmasligi kerak. Juda muhim masalalar yozilgan taqdirda, istisno tariqasida 3 betgacha bo'lishi, mufassal bayon qilinishi mumkin.
Xizmat xatlari 2 nusxada yozilib, bir nusxa tashkilotda qoldirilib, bir usxa jo'natiladi. Xat agarda 2 va undan ortiq joyga yo‘llanadigan bo‘lsa, uni luvchilar 4 tadan oshmasligi kerak. Xizmat xatlari odatda tashkilot nomiga, agarda masalani hal qilinishi rahbar bilan bog'liq bo‘lsa, xat rahbar nomiga jo‘natiladi.Sarlavha xizmat xatlarida katta ahamiyatga ega. Ular hujjatning qisqacha mazmuni nima haqda ekanligini ko‘rsatib beriladi. Sarlavha qisqa, aniq berilishi qulaylik yaratadi. Sarlavha matndan oldin chap tomonda beriladi.Xatlar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi. Rahbar bo‘lmagan hollarda esa uning vazifasini bajaruvchi yoki o'rinbosari imzo chekishi mumkin. Bunday vaqtda lavozim aniq ko‘rsatiladi. Moliyaviy, hisob-kitob to‘lov kafolatnomalarida imzo chekuvchilar soni 2 yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. Imzolar lavozimlar tartibiga ko'ra qo'yiladi. Imzodan so‘ng imzo chekkan shaxsning ism-sharifi yoziladi. Xizmat xatlarining nomi qo'yilmaydi, uning mazmunidan qanday xat ekanligi bilib olinadi.
Axborot xati Axborot xat amalga oshirilayotgan xabar qilish maqsadida tuziladi. Uni tashkilot yoki shaxs amalga oshirishi mumkin.Axborot xat hajmi oddiy. Ma’lumotnoma ko‘rinishiga o‘xshaydi. Xatlar ahamiyatiga ko‘ra mansabdor shaxs yoki kotib, yoki referent tomonidan imzolanishi mumkin.
Tasdiq xat Ma’lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so'rovlarga javob tarzida yoziladigan xatlarning bir turidir.Tasdiq xatning qaysi xatga javoban bitilganligi iloji boricha aniq ko'rsatilishi kerak. Bunday xat matnida qo'llanuvchi asosiy so‘zlardan biri "tasdiqlamoq" fe’lidir.Tasdiq xatlar o‘z vaqtida jo‘natilsa, eslatma xatlar uchun hech qanday ehtiyoj sezilmaydi, natijada xizmat yozishmalarining hajmi qisqaradi.Farmoyish xatFarmoyish xat bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo‘llangan rasmiy hujjatdir.
Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko'pgina sohalarida qo'llaniladi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil xabarni bir necha manzilga o‘tkazishdir.Farmoyish xatlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u tashkilot qaramog‘idagi korxonalarni u yoki bu masala haqida xabardor qiladi yoki tegishli farmoyishlar beradi.Ba’zi farmoyish xatlarda matnga nisbatan manzillar nomi ko‘proq joyni egallaydi. Shu sababli ham ularda xat yo‘llanayotgan tashkilotlarning umumiy nomi yozilishi maqsadga muvofiqdir, masalan:Barcha qurilish boshqarmalariga;Barcha maktab direktorlariga kabi.Farmoyish xatlar bosh muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish,
terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari
o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim
berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi. O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni
lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-
yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy
masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik
jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi,
mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an’anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan “Byulleten” ni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, Atamaqo‘m keyingi yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek
qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasini chiqara boshladi. Shuni aytish kerakki, tilda an’anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor. Qadimgi iqtisod atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, ya’ni bozor iqtisodiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisod terminlar beqiyos boyib bormoqda. O‘zbek tilining iqtisodiy terminlarini to‘plash, sistemalashtirish, ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish va shu asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga solish zarurati tug‘ildi.
Xulosa.
Dialogik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq, nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi.Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqeyi dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/2170

2. U.Tursunov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.Toshkent. O‘zbekiston. 1992. 126-141 betlar
3. SH.Shoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980. 110—118betlar.
4. M.Mirtojiyev. O‘zbek tilida polisemiya.Toshkent. FAN. 1975. 29—45 betlar.
5. O‘zbek tili leksikologiyasi.Toshkent. FAN. 1984. 255-293betlar.
Yüklə 28,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə