Reja: Kimyo fani va uning vazifalari



Yüklə 144 Kb.
səhifə6/7
tarix29.05.2022
ölçüsü144 Kb.
#88289
1   2   3   4   5   6   7
Kimyo fani va uning vazifalari 1

O`yin darsi – dars mavzusiga mos o`yin orqali o`quvchilarning o`zlashtirishlarini tashkil etish darsi. 

Tergovchi bilimdonlar olib boradigan darsi – dars mavzusini oldindan puxta o`rgangan o`quvchilar yordamida qiziqarli savol – javoblar, tahlillar asosida isbotlab, tushuntirish mashqlari bo`lib, bunda o`quvchilar dars mavzusini o`zlashtirib eslab qolishlari uchun qulaylik yaratadilar. 
Integral ( integratsiyalangan ) dars – bir nechta fanlarga doir integratsiyalash uchun qulay bo`lgan mavzular bo`yicha tashkil qilingan dars (5) O`qitishning individuallashuvi jamoa bilan yanada chuqur bog`lanishiga olib boradi, jamoadagi o`zining “men” ini namoyish qilishning, shaxsiga aylanishning yorqin istiqbollarini vujudga keltiradi. Shaxsni ta’sir ko`rsatishning jamoaviy vositasida tarbiyalash – unda jamiyatga to`g`ri munosabatni tegishli faoliyat bilan qo`shilishining axloqiy – estetik normalar haqidagi, ularga ongli yondashish to`g`risidagi tushunchalarni tarkib toptirishni bildiradi. Mustaqillik va faollikni, o`ziga xoslikni rivojlantirish esa ijtimoiy konstruktiv – ijodiy ishlarda o`zini yaqqol namoyon etishdir.
“Individuallik” – tushunchasi shaxsning boshqa kishilardan farqlanadigan alohida va yagona xususiyatini o`z ichiga oladiki, bu xususiyat shaxsga jamiyatda o`ziga xoslik va takrorlanmaslik baxsh etadi, yani kishi – kishini eksploatatsiya qilmaydigan tizimda jamiyat va shaxs o`zaro qarama–qarshi bo`lmaydi. Har qanday individullikning betakrorligi jamiyatdan ajralib qolmaydi, balki jamiyatning uzviy bog`liqligi uning manfaatlarini va harakat qonuniyatlarini tushinishdadir. Jamiyatsiz shaxs bo`lmaydi, individullik bo`lmaydi, chunki kamolatning manbai jamiyatdadir. Shaxsning kamol topishida o`zining kuch g`ayrati, bevosita faoliyati juda katta ro`l o`ynaydi. Bizning tarbiya va talim tizimimiz har bir bolada iste’dod, faollik, onglilik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Avval xususiyatlarni hisobga olib, umumiylikni, keyin umumiyni hisobga olib, alohidalikni rivojlantirish kerak. Respublikamizda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo`yicha izlanishda o`qitishning yangi shakllari asta – sekin mustahkam o`rin olmoqda. Bular gimnaziya, ixtisoslashtirilgan sinflardir. Lekin ta’limning yangi shakllari asosan maktabning o`rta va yuqori bo`g`inlariga dahldordir. Ho`sh, boshlang`ich maktabda nimalar bo`lyapti? Boshlang`ich maktab har qanday holda ham o`quvchilardagi bilimlarni shakllantirishda va ularning qobilyatlarini aniqlashda asosiy rol o`ynaydi, keyin ham shunday bo`lib qoladi. Ammo boshlang`ich maktabdagi barcha o`quvchilar, bolalarning qobilyatlarini aniqlash va rivojlantirish uchun tegishli ishlarni amalga oshiryaptimi? Masalan : nima uchun yuqori sinflarda a’lo bahoga o`zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? Maktabni bitta yoki ikkita o`quvchi imtiyozli bitirishini qanday tushinish kerak? Iste’dodli, qobilyatli bolalar yo`qmi yoki o`qitish jarayoni shunchalik samarasiz bo`lib qolganmi? Bularning sababi nima? Sababi ko`p. Birinchidan, boshlang`ich sinflar o`qituvchining bolalar bilan individual ish olib borish imkoniyati cheklangan. Sinflarda bo`sh o`zlashtiradigan o`quvchilarga e’tibor berish zarur.






Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə