Reja: Kirish «Daromad-iste’mol» chizig’i va uning tahlili


A ne'mat iste'molining umumiy o‘zgarishi A



Yüklə 97 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü97 Kb.
#141036
1   2   3   4
narx istimol chizig\'i va uning tahlili

A ne'mat iste'molining umumiy o‘zgarishi A1A3 ga umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishni ko‘ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun BA' byudjet chizig‘iga parallel qilib B'A ” byudjet chizig‘ini U befarqlik egri chizig‘iga urinadigan qilib o‘tkazamiz va bu urilgan nuqtani E2 deb belgilaymiz. E 2 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi A ne'mat miqdori A2 ga teng va u A1A3 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: A1A2 va A2A3. A2A3 o‘zgarishga daromad samarasi deyiladi va AA o‘zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.
Daromad samarasi - bu ne'mat narxi o‘zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o‘zgarishining iste'molchi talabiga ta'siridir. Daromad samarasi - bu iste'molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko‘rsatadi va u bir byudjet chizig‘idan boshqa byudjet chizig‘iga iste'molchining optimal tovarlar majmuasini o‘tishini akslantiradi.
Almashtirish samarasi - bu naflik darajasi o‘zgarmaganda, tovarlar narxi o‘zgarishi munosabati bilan iste'mol tovarlar talabi tarkibining o‘zgarishidir. Almashish samarasi A ne'mat narxini o‘zgarishi natijasida B ne'matni qo‘shimcha A ne'mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig‘i U bo‘yicha bo‘ladi.
Bozor sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Biz daromad va almashtirish samaralarini normal tovarlar uchun ko‘rib chiqdik. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari o‘z xususiyatlariga ega.
5.4 Bozor talabi
Bozor talabi alohida bozordagi iste'molchilarning individual talab lari yig‘indisi bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizig‘i esa ma'lum bzordagi iste'molchilarning individual talablari chiziqlarini qo‘shish orqali olinishi mumkin.
Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish uchun) uchta A, B va V iste'molchilar harakat qiladi deylik.
quyidagi jadvalda (5.1-jadval) har bir iste'molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga bo‘lgan talabi keltirilgan.

5.1-jadval.


Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə