Reja: Kirish «Daromad-iste’mol» chizig’i va uning tahlili



Yüklə 97 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü97 Kb.
#141036
  1   2   3   4
narx istimol chizig\'i va uning tahlili


MAVZU. ISTE`MOLCHILARNING QAROR QABUL QILISHLARIDA DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASINING AHAMIYATI
Reja:

  1. Kirish

  2. «Daromad-iste’mol» chizig’i va uning tahlili.

  3. «Narx-iste’mol» chizig’i va uning tahlili.

  4. Normal va past kotegoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samarasi.

  5. O’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlar.

  6. Xulosa

  7. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Jahon moliyaviy -iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotining real sektori korxonalarining qo’llab quvvatlash, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi.
Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida 50 ta korxonaning byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan hamda joriy kreditor qarzdorligi qayta ko’rib chiqildi. Bu mazkur korxonalar tasarrufida 350 milliard so’mdan ortiq mablag’ni qoldirish, ularning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlanish imkonini beradi.
Mamlakatimiz bo’yicha yirik korxonalarni ham qo’shganda, jami 240 ta korxona bankrot deb elon qilindi. Ayni paytda ularning 154 tasi yangi mulkdorlarga sotildi, 86 tasi esa tijorat balansiga o’tkazildi, 70 ta iqtisodiy nochor korxonalar ishlab chiqarish to’liq qayta tiklanib, istiqbolli sarmoyadorlarga tortildi, qolganlarida moliyaviy sog’lomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Bu borada ko’rilgan chora tadbirlar mamlakatimiz iqtisodiyotini ortiqcha yukdan xolos qilish, byudjet va ish haqi bo’yicha umumiy miqdori 1 trillion so’m kreditorlik qarzini uzish bankrot korxonalar negizida 100 dan ortiq yangi turdagi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, qo’shimcha ravishda 17 mingdan ortiq ish o’rni yaratish imkonini berdi.
Xozirgi kunda kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 50 foizini ishlab chiqmoqda. Xolbuki, bu ko’rsatkich 2000 yilda 30 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir.
2000 yilda kichik sanoat korxonalari yagona soliq to’lovi 8 foizdan 7 foizgacha pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o’rtacha 1,3 barobar kamaytirildi.
Tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog’liq sarf-xarajatlari sezilarli darajada kamaydi. Masalan, arxitekturarejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati 4 barobar, loyiha-smeta xujjatlarini ekspertizadan o’tkazish 2,5 barobar kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish qiymati esa 2 barobarga pasaytirildi.
Daromad-iste’mol chizig‘i. Daromadning o‘zgarishi byudjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne'matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig‘i pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning o‘sishi natijasida byudjet chizig‘i A1,A2,A,•••,A holatlarga ketma-ket siljiydi (5.10-rasm).

Agar «daromad-iste'mol» chizig‘i koordinata boshidan 450 burchak ostidagi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, daromadning o‘sishi, iste'molchining iste'mol
Daromadlarning o‘zgarishiga mos ravishda iste'molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o‘rnatiladi: E1, E2, E3,..., En . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks «daromad-iste'mol» chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda «turmush darajasi» chizig‘i deb ham ataladi.


5.10-rasm. «Daromad-iste’mol» chizig‘i.

qiladigan ne'matlari bir xil proporsiyada o‘sadi. Agar iste'molchi ne'matlarni har xil proporsiyada xarid qilsa, W chizig‘ining yotiqligi o‘zgaradi. 5.10-rasmda tovarlar sotib olish boshida tez sur'atda o‘sadi, keyinchalik X1 tovarni sotib olish, X2 tovarga nisbatan oshib boradi.


Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo‘lib daromad o‘zgarishining iste'mol tarkibiga ta'sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o‘zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi (5.11-rasm). Gorizontal o‘q bo‘yicha iste'molchi daromadi R ordinata o‘qi bo‘yicha - sotib olinadigan tovarlar miqdori Q belgilangan.
Iste'molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘yinadi (Q - oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat mahsulotlari (q) bilan va nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar (q ) bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli tovarlar va xizmatlarga o‘tganda ham, standart sifatli sanoat mahsulotlariga talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan.



«Narx-iste'mol» chizig‘i. YUqorida «daromad-iste'mol» chizig‘i qaralganda, ne'matlar narxi o‘zgarmaydi, deb qabul qilingan edi. Endi daromadni o‘zgarmas, deb qaraymiz va ne'matlardan bittasini, masalan, X ne'matning narxini o‘zgaruvchan deb qaraymiz. Faraz qilaylik, X ne'matning narxi P ketma-ket kamayib bormoqda, ya'ni P > p > P2 > p va hokazo.


Grafikda narxning bunday o‘zgarishi, byudjet chizig‘ining AB holatdan AB, AB2 va AB3 holatlarga siljitadi (5.12-rasm).
Masalan, Xl tovar olma bo‘lsin, X2 tovar apelsin bo‘lsin. (a) rasmda apelsin narxi o‘zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizig‘ining X2 o‘q bilan kesishgan nuqtasi o‘zgarmaydi, Xi o‘q bilan kesishgan nuqtasi o‘ng tomonga siljib boradi. Olma narxining tushishi, real daromadni oshiradi, natijada iste'molchi olma narxi oshmasdan oldin olaolmagan apelsin va olma majmualarini
56
endi olishi mumkin bo‘ladi. Ya'ni, berilgan daromadda endi ko‘proq olma va ko‘proq apelsin olish mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan, byudjet chizig‘i narx pasayishiga mos ravishda yotiqroq bo‘lib boradi.




Xi


5.12-rasm . «Narx-iste’mol» (a) va talab chizig‘i (b).

Iste'molchi endi bir birlik qo‘shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 10 so‘m va bitta olma narxi 5 so‘m bo‘lsa, yarimta apelsinga bitta olma to‘g‘ri keladi, olma narxi 2,5 so‘mga tushsa, qo‘shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma'lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (olma va apelsinlarning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo‘lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan E, E2 va E3 nuqtalarga o‘tadi.


Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq «Narx-iste'mol» chizig‘i bo‘ladi (a rasmdagi V chizig‘i). «Narx-iste'mol» chizig‘iga ko‘ra, talab chizig‘ini aniqlash mumkin (b) rasm. Bu holda ordinata bo‘yicha narx, absissa o‘qi bo‘yicha X1 ne'mat miqdori belgilanadi.

Yüklə 97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə