Mavzu: talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati



Yüklə 13,67 Kb.
səhifə1/4
tarix30.12.2023
ölçüsü13,67 Kb.
#166335
  1   2   3   4
Talab taklif bozor muazanati

MAVZU: TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI

REJA:

  • REJA:
  • 1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
  • 2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar.
  • 3. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi.

Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.

  • Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
  • Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab-bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u xohish vaistak bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi. Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Ko‘pchilik iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab va bozor talabi miqdor jihatidan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta’sir qiladigan omil narx omilidir.

Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 7.1- jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz.

Yüklə 13,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə