Mavzu: talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati


Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik



Yüklə 13,67 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü13,67 Kb.
#166335
1   2   3   4
Talab taklif bozor muazanati

Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik

Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qaramaqarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: gorizontal chiziq talab miqdorini, vertikal chiziq narxni ko‘rsatadi.

  • Jadval ma’lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari yoki qaramaqarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori, ya’ni talabning o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: gorizontal chiziq talab miqdorini, vertikal chiziq narxni ko‘rsatadi.

Talab egri chizig‘i.

Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.

  • Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.
  • Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi.
  • Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik

Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi. Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq ro‘lini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi.

  • Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi. Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq ro‘lini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi.
  • Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
  • 1. Resurslarning narxi.
  • 2. Ishlab chiqarish texnologiyasi.
  • 3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi.
  • 4. Boshqa tovar narxi.
  • 5. Narx o‘zgarishining kutilishi.
  • 6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni.

Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi, ya’ni renta qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.

Yüklə 13,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə