Reja: Koreya ta`limining xususiyatlari Koreya va Xitoyda ta’lim-tarbiya jarayonlari



Yüklə 37,24 Kb.
səhifə3/8
tarix03.08.2023
ölçüsü37,24 Kb.
#120277
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Koreya ta`limining xususiyatlari-fayllar.org

Boshlang’ich ta’lim.
Xitoyda har bir 6 yoshga to’lgan bola boshlang’ich ta’limni umumta’lim maktablarida oladi. Boshlang’ich ta’limda o’qish 6 yil davom etadi va keyingi ta’lim bosqichlari uchun mustahkam asos qo’yiladi. Boshlangich ta’limda o’qitiladigan asosiy fanlar sirasiga axloqiy tarbiya, xitoy tili, adabiyoti, siyosat, matematika, tabiiyot fanlari, jismoniy tarbiya, fizika, ximiya, biologiya, tabiatshunoslik, san’at, mehnat, 3-sinfdan boshlab chet tilli kabi fanlar kiradi.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarga vatanga, xalqqa, mehnatga, ilm-fan va o’zlarida mavjud bo’lgan sotsialistik tuzumga mehr-muhabbat tuyg’usi singdiriladi. O’qish, yozish, hisoblash, tabiat va jamiyat haqidagi boshlang’ich bilimlar beriladi, mustahkam o’quv malakalari hosil qilinadi, o’quvchilarning jismoniy va aqliy rivojlavishiga katta e’tibor beriladi. Fanlar ichida ona tili va matematikaga alohida urg’u beriladi.
Shuningdek, o’quvchilar 4-sinfdan boshlab, 1 yilda 2 hafta ferma va ustaxonalarda ishlaydilar, hamda haftaning 1 kuni albatta sinfdan tashqari tadbir va jamoat ishlarida qatnashadilar.
2007 yilgi statistik ma’lumotlarga ko’ra Xitoyda 400 ming boshlang’ich maktab mavjud bo’lib, unda 120 milliondan ortiq o’quvchilar boshlang’ich ta’lim olmoqda. Bu 99,52%ni tashkil etadi.
XXRning “Majburiy ta’lim haqidagi Qonun”iga ko’ra ta’lim bepul, faqat o’quv darsliklari, daftar va o’quv qurollari uchun haq olinadi, xolos. Bepul ta’lim hisoblangan boshlang’ich ta’lim muassasalari davlat tasarrufida bo’lib, o’quvchilar yashash manziliga ko’ra qabul qilinadi.


O’rta va kasbiy ta’lim
Xitoyda o’rta ta’lim to’liqsiz va to’liq (katta) maktab bosqichlaridan iborat. O’quvchilar 12-13 yoshga to’lgach, to’liqsiz o’rta maktabda, ya’ni o’rta maktabning birinchi bosqichida o’qiy boshlaydilar. O’qish uch yil davom etadi. Birinchi bosqichda o’qitiladigan asosiy fanlar sirasiga ona-tili, matematika, chet tili, informatika, ma’naviyat, etika, fizika, ximiya, siyosiy savodxonlik, geografiya kabi fanlar kiradi. To’qqizinchi sinf -Xitoydagi majburiy ta’limning oxirgi bosqichidir. 2007 yilgi statistik ma’lumotlarga qaraganda o’rta maktabning birinchi bosqichiga 98% bolalar qabul qilinadilar.
O’rta maktabning ikkinchi bosqichi to’liq o’rta maktab (katta maktab) hisoblanadi. Bu bosqichga qabul qilingan o’quvchilar 15-16 yoshda bo’ladilar. Ikkinchi bosqich o’rta maktablarida va oliy o’quv yurtlarida o’qish Xitoy fuqarolari uchun majburiy emas. Bu bosqichda to’liq o’rta ta’lim beriladi va o’quvchilar oliy ta’limda o’qishni davom ettirish imkoniga ega bo’ladilar. To’liq o’rta maktabni bitirgan o’quvchilar bitiruv imtihoni topshiradilar, imtihon natijalariga ko’ra u yoki bu universitetga kirish imkoni belgilanadi.
Xitoydagi umumta’lim o’rta maktablarining vazifasi – yaxshi ishchini, yoki oliy o’quv yurtiga kirishi uchun yaxshi tayyorlangan abiturientni shakllantirishdir.



Yüklə 37,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə