Faylasuf va madaniyatshunos V.M. Rozin iborasi bilan aytganda, «qancha yirik
madaniyatshunos bo‘lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud»
(V.M. Rozin. Kulturologiya.
Uchebnik. –M., 1998, 49bet). Darhaqiqat, E.Teylor zamonida madaniyatning 7 ta ta’rifi bo‘lgan bo‘lsa,
1950yillarda uning soni 150 taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan tushunchalar soni 400
taga yetadi. Bu ta’riflar umumlashtirilsa, madaniyat so‘zining ma’nomazmunini quyidagicha
tushunish mumkin:
1.
Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy
va ma’naviy boyliklar, osoriatiqalar yig‘indisi.
2.
Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san’at, axloq, din,
huquq, siyosat, maishiy xizmat ko‘rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot
darajasi.
3.
Madaniyat – umuminsoniy hodisa, faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o‘zigina
yaratgan sof madaniyat bo‘lmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning
o‘zi yaratgan bo‘lsada, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi, ta’siri
bo‘lishi tabiiy hol. Madaniyat aholining biron tabaqasi yoki sinfiga emas, barchaga barobar xizmat
qiladi. Masalan, san’at va adabiyot durdonalari, me’morlik yodgorliklari, fantexnika yutuqlari va
boshqalar barchaga tegishlidir.
4.
Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy
qadriyatlar majmuyi.
5.
Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining
ifodasidir.
Madaniyatni qo‘llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat
madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi qismlarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda
«muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «nutq madaniyati», «ishlab chiqarish madaniyati»,
«xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati», «huquqiy madaniyat» kabi tushunchalar
ham qo‘llaniladi.
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni alohida
ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo
Dostları ilə paylaş: