urushlarsiz hamda mutaassib ruhoniylar ta’siridan ozod, aql va adolatga asoslangan jamiyat
uchun kurashishlari jarayonida fanga kirib keldi. Sivilizatsiya so‘zi jamiyat taraqqiyotining
darajasini belgilovchi tushunchadir. Sivilizatsiya insoniyat ijtimoiy taraqqiyotidagi uchta katta
davrning (yovvoyilik, vaxshiylik va sivilizatsiya) oxirgisi bo‘lib, u yozuvning, davlatning,
huquqiy tartibqoidalarning kelib chiqishidan, ya’ni bundan 6 ming yillar muqaddam (Misrda)
boshlangan. Sivilizatsiyaning boshlanishi bilan turli xil dinlar, gumanistik va axloqiy qadriyatlar
keng tarqala boshlaydi. Sivilizatsiya barcha mintaqalarda birdaniga boshlanmagan, turli
mintaqalarda birinketin vujudga kelgan, albatta.
Sivilizatsiya madaniyat tushunchasi kabi insoniyat taraqqiyotining mahsuli. Sivilizatsiya
so‘zi madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi ma’nosida ham ishlatiladi.
Qadimgi
Misr sivilizatsiyasi, Mesopotamiya sivilizatsiyasi, O‘rta dengiz sivilizatsiyasi, Hind
sivilizatsiyasi, Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi. Sivilizatsiya dastlab ayrim hududlarda, birbiri bilan
u qadar bog‘lanmagan holda shakllangan bo‘lsa, XVIXX asrlarda umumjahon sivilizatsiyasi shaklida
uyg‘unlashdi. Fransuz faylasufma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni
sivilizatsiyalashgan jamiyat deb ta’riflaganlar. Dunyoda ilg‘or fan, texnika, texnologiya, axborot
vositalari asosida ish yuritayotgan, ma’rifatparvar, demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurgan
mamlakatlar mavjud, ular haqiqiy sivilizatsiya yo‘liga kirib bormoqdalar. Jumladan, mustaqil
O‘zbekiston ham yuksak sivilizatsiyali demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda.
Demak, madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasida mantiqiy birlik, umumiylik mavjud, negaki
ularning har ikkalasi ham inson faoliyatining mahsulidir.
Ham moddiy, ham ma’naviy
taraqqiyotning boshida insonlarning ma’naviy tafakkuri, niyatlari, g‘oyalari, o‘ylari, loyihalari,
mo‘ljallari turadi, so‘ngra ular moddiy shaklda namoyon bo‘ladi. Bunga nafaqat texnik inshootlarning,
shuningdek, badiiy asarlarning yaratilishi ham misol bo‘la oladi. Masalan, Amir Temur haykalida,
avvalo, yaratuvchi (haykaltarosh) ning ma’naviy tafakkuri, loyihasi, mo‘ljalini, so‘ngra ularning
moddiy shaklga kirgan ajoyib monumentini ko‘ramiz.
Jamiyat va madaniyat taraqqiyotida vorisiylik alohida o‘rin tutadi. Vorisiy deganda oldingi
avlod tomonidan yaratilgan turmush tarzi, rasmrusum va an’analar, moddiy va ma’naviy
madaniyat yutuqlarning keyingi avlodga o‘tishi va o‘zlashtirilishi tushuniladi.
Madaniyatshunoslik fanida vorisiylik muhim kategoriya hisoblanadi. Vorisiylik negizida
hayotiylik yotadi. Kishilar o‘zidan oldingi avlodlar yaratgan madaniy boyliklarga tayanib
yashaydilar, ularga tayanib yangiliklarni yaratadilar. Agar vorisiylik negizida hayotiylik
bo‘lmaganida edi, «biz uchun o‘tmish sovuq, befoyda, o‘lik va qiziqarsiz bo‘lib qolaverardi»,
deb ta’kidlaydi J.Neru. Sharqshunos olim Maks Myuller Hind sivilizatsiyasi haqida fikr yuritar
ekan «eng zamonaviy va eng qadimiy hind sivilizatsiyasi o‘rtasida uzluksiz vorisiylik mavjud», deb
yozadi. Vorisiylik barcha xalqlar madaniyati taraqqiyotiga xos uzluksiz jarayondir.
Jamiyat, madaniyat rivojida ma’naviymadaniy meros katta ahamiyatga ega.
Xo‘sh madaniyma’naviy meros nima?
Madaniyma’naviy meros qadim
zamonlardan beri ajdodlarimiz, otabobolarimizdan
bizgacha yetib kelgan madaniyma’naviy boyliklar – siyosiy, iqtisodiy, falsafiy, huquqiy va diniy
qarashlar, axloqodob me’yorlari, ilmfan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari va boshqa
milliy qadriyatlar majmuyidir. Bunday boyliklar, qadriyatlar bir -yilda, bir asrda hosil qilinadigan
hodisa emas, ular jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyoji tufayli yuzaga
keladi. Ular jamiyat siyosiy tuzumi jihatidan o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi,
keyingi avlodlar
uchun meros bo‘lib qoladi. Madaniyma’naviy meros insonni yuksalishga da’vat etadigan, ichki
olamini boyitadigan, irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan qudratli kuchdir.
Har bir avlod o‘zidan oldingi avloddan ma’naviymadaniy qadriyatlarni, moddiy va
ma’naviy sohada erishilgan yutuqlarni meros qilib oladi va yanada rivojlantiradi. Insoniyat hayotini
ramziy ma’noda uzoq yo‘l deb faraz qilsak, har bir avlod yo‘ldagi ko‘prik ustida turganga
o‘xshaydi. Ko‘prikning bir tomonida oldingi zamonlarda yashab o‘tgan qanchaqancha
avlodajdodlar hayoti, ular yaratgan moddiy va madaniyma’naviy yutuqlar, qadriyatlar yaqqol
namoyon bo‘lib turadi. Ko‘prik ustida turgan yangi avlod esa otabobolaridan qolgan moddiy va
ma’naviy boyliklarni meros tariqasida qabul qilib oladi, o‘zlashtiradi, yangilaydi, boyitadi.
Ko‘prikning ikkinchi tomoni esa hayotga kirib kelayotgan kelajak avlod o‘rnidir. Vaqti kelib,
ko‘prik ustidagilar o‘z o‘rnini kelajak avlodga bo‘shatadi, o‘zi o‘zlashtirgan, yangilagan,
boyitgan
moddiy va ma’naviy madaniyatni ularga meros qilib qoldiradi. Shu tariqa avlodlar almashinuvi
barobarida jamiyat yangilanib, rivojlanib boradi, inson uchun zarur bo‘lgan jismoniy va
ma’naviymadaniy qulayliklar yaxshilanib, takomillashib boradi. Bu jarayon jamiyat va
madaniyat taraqqiyotiga xos betinim amal qiluvchi qonuniyatdir.
Qadriyat, hayotda qadriyatlarga moslashish, qadriyatlarni mo‘ljallab ish tutish
madaniyatshunoslik fanining muhim kategoriyasidir.
Kishilar ongida qadriyat kategoriyasi turli narsa va hodisalarni taqqoslash orqali
shakllanadi. Inson dunyoni anglab olgandagina, dunyoda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan hodisalar,
voqealar, o‘zgarishlarni tushunib yetgandagina, o‘zining hayoti uchun nimalar muhim yoki
muhim
emasligini, nimalarsiz yashash mumkin yoki mumkin emasligini ajrata oladi. Tabiiyki,
har bir inson o‘z qadriyatlar dunyosini o‘zicha aniqlaydi. Demak, qadriyatlar bu narsalar emas, balki
narsalarga, hodisalar va boshqalarga munosabatdir. Shunday qadriyatlar borki, ularsiz ma’lum
davr madaniyati kemtik, noqulay bo‘lib qoladi. Shaxs madaniyati misolida bu holatni
quyidagicha tasvirlash mumkin bo‘ladi: qadriyat shunday narsaki, usiz biron shaxsning to‘la
yoki qisman mavjudligi o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Masalan, oshiq bo‘lib qolgan odam uchun o‘z
sevgilisi, otaona uchun o‘z farzandi, olim uchun ilmfan shunday qadriyatki, undan mahrum bo‘lsa
hayotning qizig‘i qolmaydi. Har bir davr madaniyatining shunday qadriyatlar tizimi borki,
ularsiz mazkur madaniyatning mavjudligi mazmunsiz bo‘lib qoladi.
Qadriyat deganda nimani tushunmoq kerak?
Dostları ilə paylaş: