Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruhiyma’naviy toliqishni haydash, hordiq chiqarish,
tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar tashkil etuvchi vazifalarni ham
bajaradi.
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari
o‘zgarib turadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar madaniyatni o‘ziga xos belgilari, sifatiga qarab bir necha
turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion nuqtayi nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir
necha sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar.
Madaniyatni tili, dini, an’analari,
qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy,
mintaqaviy, davriy jihatdan bir necha turlarga bo‘lish keng tarqalgan.
Milliy madaniyatda
til asosiy
vosita sifatida olinsa,
mintaqaviy madaniyatda
diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yaqinlik,
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni irqiy omilni nazarda tutgan holda bo‘lish holatlari ham
uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat, din, til to‘laligicha irqiy jihatlar bilan bog‘liq,
madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bog‘liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid
madaniyatdan eng yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi.
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat sohasida yuz
bergan o‘zgarishlarni tushuntirish
uchun kontrkultura, subkultura tushunchalarini qo‘llay
boshladilar.
Kontrkultura
deganda bir guruh yoshlarning g‘arb mamlakatlardagi rasmiy
qadriyatlarga qarshi g‘oyaviysiyosiy, badiiy qarashlari, ideallari tushuniladi. Yoshlarning bunday
chiqishlari so‘l radikalchilik, anarxistik, ekstrimistik ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Subkultura
deganda jamiyatdagi turli tabaqalar, guruhlarga xos madaniy jihatlar hisobga olinadi.
Yoshlar orasida modaga berilgan xotinqizlar, ayrim musiqaga («pop», «rok») berilgan yoki
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‘radigan subkulturalar haqida ham fikrlar mavjud.
Shuningdek, qashshoqlar, kambag‘allar, o‘rta tabaqalar,
yuqori tabaqalar, jamiyatdagi elita
qatlamlari madaniyati degan tushunchalar ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar
kambag‘al tabaqalar madaniyati shaxsiy gigiyenadan tortib bilim darajasigacha bo‘lgan
sohalarda past saviyada namoyon bo‘ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat
asosida birlashtirishga intiluvchi
ommaviy madaniyat
mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar ham
bor.
Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati, ular o‘rtasidagi farqlar haqida
ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab tarkibiy tizimdan iborat ekanligini
ko‘rsatadi.
Madaniyatshunoslik fanida
shaxs kamoloti
muhim masaladir.
Shaxsning barkamol inson
bo‘lib yetishishida tarixiy, ijtimoiymadaniy muhitning ta’siri katta. Inson ma’lum
ijtimoiymadaniy muhitda dunyoga keladi, go‘daklik chog‘idayoq shaxs ijtimoiymadaniy muhitni
tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiymadaniy muhit ta’sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi
madaniyijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni,
urfodatlarni, axloqodobni, moddiy va ma’naviy boyliklarni, g‘oyaviy andozalarni o‘zlashtirish,
qabul qilish orqali sodir bo‘ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga, shaxsda
o‘tkinchi ehtiyojlarni – yurist, iqtisodchi, injener, shifokor, pedagog, san’atkor bo‘lish, boy bo‘lish,
amaldor bo‘lish, shonshuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi
istaklar ham paydo bo‘ladi. Buning uchun ta’lim muassasalarida qunt bilan o‘qib, dunyo va
jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to‘g‘risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy
fanlarni o‘rganish, izlanish,
hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega bo‘lish zarur
bo‘ladi.
Madaniyat
kishining
nafaqat
ijtimoiylashuvini,
shuningdek,
jamiyat
bilan
integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini
namoyon etishga ko‘maklashadi.
Shaxsning madaniy darajasini baholashda
uning aqli, tafakkuri, ongi,
axloqi, xulqatvori ham muhim o‘rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual
xususiyatlari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘stirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Shaxsni barkamol qilib yetishtirishda jamiyat madaniyatining bir qator tizimlari alohida
ahamiyatga ega. Masalan:
Siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsadlarini ifodalovchi
siyosiyhuquqiy g‘oyalar majmuyidir. Siyosiy madaniyat jamiyatning
turli ijtimoiy tabaqalari
manfaatlari bilan bog‘liq holda vujudga keladi va siyosiy faoliyatda namoyon bo‘ladi. Har bir
ijtimoiy tabaqa o‘zining siyosiy manfaatlaridan kelib chiqib g‘oyalar, dasturlar ishlab chiqadi,
siyosiy tashkilotlar tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat
qiladi.
Siyosiy madaniyat huquqiy madaniyat bilan bog‘liq. Huquqiy madaniyat qonunlarni bilish,
ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy munosabatlar, huquqiy faollik
madaniyati demakdir.
Iqtisodiy madaniyat deganda iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong,
iqtisodiy faoliyat,
iqtisodiyijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati jamiyat iqtisodiy
madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatining kamol topishi uchun iqtisodiy
qadriyatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat
yurita oladi.
Axloqiy madaniyat tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi.
Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy qadriyatlar tizimini ifodalasa, shaxs axloqiy madaniyatida
axloqiy qadriyatlarning individuallikda qanday darajada aks etishi ifodalanadi.
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din, fan va
boshqalar ham muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: