Reja Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalarini tashkil etishdagi asosiy vazifalar



Yüklə 52,25 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü52,25 Kb.
#147102
1   2
Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalarini tashkil etish refrerat

Tabiat burchagidagi ish. Bu yerda o’simlik va hayvonlarga qarash malakalarini shakllantirish bo’yicha ish davom ettiriladi. Tarbiyachi bolalar bilan birga o’simliklarni sug’oradi, nam sochiq bilan barglarini artadi, baliq va qushlarga don beradi. Bahor boshlaridayoq guruhga bargi yozilmagan terak novdasi olib kiriladi. Bolalar ularning barg yoyishini kuzatib boradilar. Ko’m - ko’k barglar shoxchani qoplaganda , tarbiyachi ularni ko’rib chiqishni tavsiya qiladi, barglarni hidlab ko’risjga imkon beradi. Bahorda bolalar bilan ko’pgina mashg’ulotlar tabiat burchagida o’tkaziladi. Tabiat burchagining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. MTM da va oilada tabiat burchagini to’g’ri tashkil etish.
Tabiat burchagiga qo’yiladigan talablar.Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish.
MTM da shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda tabiyat bilan tanishtirish markazi.
Tabiat burchagiga ob’yektlarni to’g’ri tanlash, kerakli anjomlar. Har bir yosh guruh uchun ob-havo kalendarini tuzish. Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirish u bilan doimo bevosita munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Buni ta’minlovchi shartlardan biri bolalar MTMsida jonli tabiat burchagini bo‘lishidir. Bolalarni tabiat bilan uzviy, davomli va sistemali tarzda tanishtirish ularda jonli tabiat burchagida yashovchilar haqida chuqur va puxta bilimlarni, mehnat, malaka hamda ko‘nikmalarni hosil qilish, kuzatuvchanlikni o‘stirish uchun sharoit yaratadi. Ana shu malaka va ko‘nikmalar asosida tabiatga extiyotkorona munosabat ham, unga qiziqish ham tarbiyalanadi. Tabiat burchagi bolalarning diqqatini burchakda yashovchi bir necha hayvonlarga, ularning o‘ziga xos belgilariga qaratish va shu bilan bolalarning chuqur, mustahkam bilimga ega bo‘lishlariga imkon yaratadi. Tabiatda bolalar uchratadigan hayvon va o‘simliklarning xilma-xilligi ular hayotidagi umumiy, ahamiyatli hamda qonuniy tomonlarni ajratib ko‘rsatishni qiyinlashtiradi. Cheklangan miqdordagi maxsus tanlangan ob’ektlar bilan tabiat burchagida tanishtirish bu murakkab hamda muhim vazifani hal etish imkoniyatini beradi. Tabiat burchagida yashovchilarning taloviy yaqinligi ham ahamiyatlidir. Bolalar, masalan, akvariumdagi baliklarni yaxshilab ko‘rish, ularni uzoq muddat davomida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Jonli tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda bir qator talablarni nazarda tutish lozim. Ular quyidagilardir:
o‘simlik yoki hayvon u yoki bu ekologik guruhga xos bo‘lishi lozim. Bunda bolalarni o‘simlik va hayvonlarning katta guruhi uchun xarakterli bo‘lgan, asosiy, o‘ziga xos belgilari, yashash sharoitlari bilan tanishtirish imkoni yaratiladi;
tabiat burchagida yashovchilarni parvarish qilish, qilinadigan mehnatning sifati, xarakteri, unga sarflanadigan kuch va vaqtiga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshiga mos (tarbiyachining ishtiroki va rahbarligi ostida) bo‘lishi lozim. Shuning uchun «beor» o‘simliklar va ovqatni tanlamaydigan hayvonlar tanlanadi;

Tabiat burchagi uchun tavsiya etiladigan o`simliklar
Tabiat burchagi uchun tavsiya etiladigan o`simliklartabiat burchagidagi hayvon va o‘simliklar tashqi ko‘rinishidan yorqin, jozibador, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning hali unchalik barqaror bo‘lmagan diqqatini o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi kerak;
tabiat burchagida bu turdagi o‘simlik va hayvonlarning bir necha xili mavjud bo‘lishi lozim. Chunki bolalar kuzatish ob’ektida faqat umumiy belgilarnigina emas, balki o‘ziga xos xususiyatli belgilarni ham ko‘ra olishlari kerak. Bu bolalarning tirik organizmlarning xilma-xilligi hamda takrorlanmasligini bilib olishlariga yordam beradi;
tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlar tamoman xavfsiz bo‘lo‘simlik va hayvonlarning bolalar muassasasi binosidagi hayot faoliyati, o‘sishi va rivojlanishida binoning doimiy haroratini, karbonat angidrit gazining konsentratsiyasini, quruqligini, shovqin-suronning mavjudligini hisobga olish lozim.ishi, bolalarning sog‘liqlariga hech qanday zarar yetkazmasligi lozim; Hayvon va o‘simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchi navbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga e’tibor berish lozim. Masalan, ba’zi xona o‘simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyosh nurini ko‘proq bo‘lishini talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug‘ joyga qo‘yish lozim, ba’zilari esa (masalan, uzambarg gunafshasi) tik tushib turuvchi quyosh nuriga bardosh bera olmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagi ko‘zni quvontirishi, bezashi lozim. Bunda, ob’ektlarni shunday joylashtirish kerakki, bolalar ularning yoniga bemalol kela otishlari, kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari mumkin bo‘lsin. Tabiat burchagida yashovchilarni doimiy va vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin. Doimiy yashovchilarga xona gullari, qafasdagi qushlar, akvariumdagi baliqlar, katta guruhlarda esa hayvonlar kiradi. Vaqtincha yashovchilaiga qisqa muddatga olib kiriladigan mahalliy o‘lka o‘simligi, hayvonlar, dastlabki bahorgi gullar, kuzda qiyg‘os gullaydigan gulxonadagi dekorativ o‘simliklar, xonadagi manzarali o‘simliklar, hasharotlar va shu kabilar kiradi. Kichik yosh guruhining tabiat burchagi.
Kichik guruh tabiat burchagi uchun o‘simlik va hayvonlarni tanlashda eng avvalo bolalarning predmetlarni idrok etish xususiyatlari shuningdek, ta’limiy masalalar nazarda tutiladi. Kichkintoylar 2-3 xil o‘simlikni bilib olishlari va ularning asosiy qismlarini (bargi, poyasi, guli) farqlay olib, nomlarini aytishlari lozim. Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o‘zida qamrab olgan bir butun olam
Tabiat - goyat xilma-xil shakllari, tarkibiy kismlari bilan insoni-yatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo‘lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko‘proq keng va qisman tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda tabiat butun ob’ektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko‘rinish-lardagi olam. Tor ma’noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunos-lik o‘rganadigan ob’ektdir. Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajra-tib ko‘rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyat-dan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiiy holda mavjud bo‘lgan tabiatdir; ik-kinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne’matlar - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskan-lari - shahar, qishloq va boshqalar.
Tirik organizmlarning ma’lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya’ni organizmlarning o‘zaro va ularni o‘rab turgan atrof-muhit bilan bog-liq bo‘lgan hayot tarzini o‘rganadigan fan ekologiya deb ataladi .
Populyastiyalar, turlar, biostenozlar, biogeostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: autekologiya, populyastiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.



B.Ziyomuhamedovning ta’riflashicha, ekologiya terminining mumtoz ma’nosi ayrim hayvonot turlari va ular populyastiyalarining hamda o‘sim¬liklar turlarining tashqi atrof-muhit bilan munosabatlari, ularning tadrijiy rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadigan ilm sohasi demakdir.
Muhitning organizmni harakatlantiruvchi alohida tarkibiy qismlari (havo, yorug‘lik, issiqlik, suv, oziq-ovqat) ekologik omillar deb atala.diA.S.To‘xtaev fikricha, "ekologik muhit deganda tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshov e’tiborga olinadi. Aniqroq so‘z borganda muhit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir (tabiiy va sun’iy muhit)". Ekologik omil esa tirik organizmlarga to‘gridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismi-dir.
Biroq odamlarga moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi uchun muayyan tabiiy sharoitlar talab qilinadi. Tabiatning jamiyat bilan yaqindan aloqa bog‘laydigan, uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadigan qismi atrof-muhit deb ataladi. Yerning ustki qatlami va yer osti boyliklari, iqlim va boshqa shu kabilar atrof-muhitni tashkil etadi. Atrof-muhit insonning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyati uchun doimiy, abadiy va zaruriy shart-sharoitdir.Ayniqsa, insonning tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyati va ijodiy faoliyatini oshiradi.
Lekin "... insonning tabiatga ta’sir etishi va uning resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishi tufayli tabiiy muhit (havo, suv, tuproq va boshqalar) ifloslanib, xo‘jalikka va, ayniqsa, inson salomatligiga salbiy ta’sir eta boshladi".
Tadqiqotchi A.R.Meliboevning fikricha, tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlar sohasida ekologik muammolar paydo bo‘ladigan yo‘nalishlarni aniqlash favqulotda muhim pedagogik va psixologik muammo hisoblanadi.
Bunday munosabatlar tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish maqsad va usullarini baholash zarurati paydo bo‘lganda yuzaga keladi:
 insoniyatning tabiatga nisbatan munosabatlarining xususiyati (maqsadsiz, shaxsiy qiziqish, atrof-muhitga nisbatan loqaydlik, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan, iste’molchilik, ehtiyotkorona, faol-ijodiy)ni;
 tabiat zahiralaridan foydalanish maqsad va usullarini baholash zarurati paydo bo‘lgandagina yuzaga keladi.
Bunday baholashga zarurat tabiiy omilning inson va jamiyat uchun ham muhim insoniy qadriyat ekanligidan hosil bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining farovonligi va huzur-halovati atrof-muhit holatiga bevosita bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida so‘zlagan «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» deb atalgan nutqida ikkinchi masala sifatida tarbiyachiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Prezident o‘z nutqida tarbiyachilarning o‘zlariga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmasligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Shu bilan birga bugunga kunda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining tabiatga doir bilimlarini tarbiyalanuvchilar o‘rtasida samarali targ‘ib etishlarida ularning ekologik madaniyatga ega bo‘lishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tarbiyalanuvchilarda tabiat bilan tanishish va unga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish bevosita tarbiyachinin zimmasiga tushganligi bois ham ularni tarbiyalanuvchilarni tabiat bilan tanishtirish ishiga tayyorlash bugungi kunda o‘ta dolzarb masala sanaladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilaridan bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun tabiat haqidagi turli fan sohalaridagi katta bilim zahiralariga ega bo‘lishlari, ularning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishlari, aql sohasi(noosfera)ning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishlari, tabiatda yuz beradigan predmet-hodisalar orasidagi aloqadorliklarni izoxlay olishlari talab etiladi. Ayniqsa, o‘zi yashab turgan joy tabiati: fasl almashinuvlarini kuzata olishi, kalendar tuza olishi, o‘simlik va gullarni ko‘paytirish ko‘nikmasiga egallashga o‘rganishi muhim.
Bolalarda tabiatga faol va ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash maktabgacha ta’lim muassasasida mavjud bo‘lgan hayvon va o‘simliklarni oziklantirishga yordam beradi. Tarbiyachidan jonli tabiat burchagini tashkil etish, o‘simlik va hayvonlar uchun ularning tabiatda yashashlariga yaqin shart-sharoitlar yaratishga oid bilim va malakalari talab etiladi. Bundan tashqari u maktabgacha ta’lim muassasasi yer maydonchasi va tabiat burchagida o‘simliklarni sug‘orish va hayvonlarni boqishning agrotexnik usullari bilimini egallay olishi lozim.
Tarbiyachining namunasi bolalarda mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalashda hal etuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarda tabiat haqidagi bilimlarni shakllantirish jarayonida tarbiyachining o‘zi tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olishi va tabiatda go‘zallik yaratish ishtiyoqiga ega bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Zarur bilim va ko‘nikmalarni egallab qolmasdan, tabiat bilan tanishtirish shakl, metod va vositalaridan foydalana olishni ham o‘zlashtirishi talab etiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati. Tabiatga muhabbat- juda keng qamrovli va murakkab his-tuyg‘udir. U yuksak ruhiy va akliy qatlamlarni o‘z ichiga oladigan murakkab bir butunlikni tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muxitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga doir tadqiqot ishlarini olib borgan M.Umarovaning fikricha, bu hissiyotni tarbiyalashni bolalikning erta yoshidan boshlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Har bir bolada o‘zi yashab turgan mahalliy o‘lka va O‘zbekiston tabiatiga muhabbat bilan qarash, ungako‘ngil qo‘yish ishtiyoqi o‘sib boradi. Bolalikda tug‘ilgan bu tuyg‘u maktab yillarida rivojlanib, boyib boradi.
Ana shuning uchun ham P.Yusupova o‘zining «Formirovanie nachal materialisticheskogo miroponimaniya u starshix doshkolnikov v prostesse oznakomleniya ix s rasteniyami v usloviyax Uzbekistana» deb nomlangan tadqiqot ishida metodist olim A.V.Zaporojestning quyidagi fikrini o‘rinli keltiradi: "... maktabgacha yosh didaktikasini shunday yo‘lga qo‘yish kerakki, bolalar tevarak-atrofdagi buyumlarning tashqi jihatlari bilangina emas, balki ular orasidagi eng oddiy bog‘lanishlar, kuzatilayotgan hodisalarning eng yaqin sabablari, o‘zgarish va rivojlanishlaridagi ayrim xususiyatlar bilan ham tanishsinlar, bunday material saviyaga mos bo‘libgina qolmay, maktabgacha yoshdagi bola uchun qiziqarli hamdir". Bola ana shu bog‘lanishlarni anglash orqali tabiat qonunlarini bilib boradi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish - bu ularda tabiatga to‘gri munosabatni tarbiyalash va hissiy tajribaga asoslangan, atrof-muhit haqidagi real bilimlarni anglashning ta’limiy vositasi.
Kuzatishlarning tasdiqlashicha, bolalarning atrof-muhitdagi faoliyati asosan o‘z-o‘zidan, kutilmagan tarzda kechadi va buni ulardagi tabiatga bo‘lgan bunday munosabatning asosiy sababi deb hisoblash to‘gri bo‘ladi Oila, mahalla, bir so‘z bilan aytganda, tevarakdagilarning, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining pedagogik ta’siri bilan bunday nojoiz faoliyat tuzatib boriladi. Mana shuning uchun ham maktabgacha yoshdayoq bolalarning tabiathaqida ishonarli ma’lumotlarni egallashlari juda muhim.
Bolalar tabiat hodisalarini to‘gri idrok etishlari uchun ularning tabiatni idrok etish jarayonini yo‘naltirish zarur. Bolalarni tabiatga oshno etmasdan va maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlarida undan keng foydalanmasdan, maktabgacha ta’lim yoshidagibolalarni har tomonlama - aqliy, estetik, ahloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash vazifasini muvafaqqiyatli hal etib bo‘lmaydi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari. O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim konstepstiyasiga ko‘ra bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida o‘zaro bir-biriga bog‘liq ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
Aqliy tarbiyadagi asosiy vazifasi - bolalarda jonsiz tabiat, o‘simliklar, hayvonlar haqida ma’lumot berish, ularning tabiat vokea-hodisalarini yetarlicha idrok eta olishlariga imkon berish.
Aqliy tarbiyaning ajralmas qismi - sensor madaniyatdir. U analizator-larni takomillashtirish, bolalarda keyingi umumlashmalar uchun asos bo‘ladigan hissiy tajribani mustahkamlash, tabiatshunoslikka oid. dastlabki tushunchalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Bolalarning tabiat haqidagi bilimlarni egallashlari ularning bilish qobiliyatlari - sensor apparati, mantiqiy fikrlashi, diqqat, nutq, kuzatuv-chanlik, bilishga qiziqishi kabilar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Fikrlashni rivojlantirish va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish uchun bolalarning tabiat predmet-hodisalari bilan tanishtirish, ularni kuzatilayotgan predmet-hodisalarni tushunishga o‘rgatish va ular orasidagi aloka va munosabatlarni anglashlariga olib kelish kerak. Anglash jarayonidagi tabiat hodisalari orasidagi sababiy aloqalar va munosabatlar fikrlashni rivojlantiradi.
Bola o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit va tabiatning muayyan xossalarini: havoning issiq-sovuqligini terisi bilan, suyuqliklarning ta’mini tili bilan, havodagi hidni burni bilan, tabiatdagi xilma-xil ob’ektlarning rangini ko‘zi bilan, tovushlarni qulog‘i bilan sezib, ya’ni mazkur xossalar bolaning besh turli sezgisiga ta’sir etib, shu a’zolarda joylashgan asab hujayralari orqali bosh miyasiga borib yetib, natijada miyada tabiatning ayrim xossalari to‘g‘risida bilim paydo bo‘ladi, ularning ko‘rinishlari, qiyofalari, tasvirlari, manzaralari vujudga keladi.
Bolalarda bilishga qiziqishni tarbiyalash ham muhimdir. Bolalarga hayvonlar va o‘simliklarni qanday kuzatishni ko‘rsatish, ularning diqqatini ularning tashqi ko‘rinishi, harakatiga qaratish orqali tarbiyachi ularda nafaqat tabiat haqida bilimlarni, balki ularga mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi. Faqatgina har doim bolaning yoshini hisobga olish va uning diqqatini mazkur predmet va hodisadagi predmetlarga qaratishni bilish zarur.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida ahloqiy, jismoniy, mehnat va estetik tarbiyani amalga oshirish zarur.
Bolaning ahloqiy rivojlanishida unda Ona tabiatga muhabbat va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish asosiy o‘rin tutadi. Bolalarga bu borada eng yaqin yo‘l ular o‘sib ulg‘ayotgan joydir. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi bolalar bilan hayvon va o‘simliklarni kuzatadilar va parvarishlaydilar. Natijada ularda tabiatga ehtiyotkorona munosabat, mehnatni sevish va mehnat qilishga odatlanish, topshirilgan ishga mas’uliyat o‘z-o‘zidan shakllanadi.
Bolalarda mehnatsevarlik, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash uchun ularni o‘simliklarni sug‘orish va hayvonlarni ovqatlantirishning oddiy usullarini o‘rgatish zarur. Eng muhimi, bolalarning o‘zlari bajarayotgan ish jarayoni va natijalaridan zavq olishlariga erishish lozim. Mehnatsevarlik sifatini shakllantirish uchun bolalarni kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirish, ularning faoliyatiga hurmatni tarbiyalash zarur. Bolalarning tabiatda bo‘lishi va mehnatidan ularning jismoniy rivojlanishi va salomatliklarini mustahkamlash uchun foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tabiat bolalarni estetik tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir. Tabiatning go‘zalligi hatto eng kichik bolalarni ham o‘ziga rom qilmasdan qolmaydi. Ularni tabiatni bilish jarayonida e’tiborlarini
o‘rmonning shovqinlari, qushlarning sayrashi, barglarning shakli va rangi, gullarning hidlari, hayvonlarning harakatlariga qaratish kerak. Buning muhim jihati bola kelajakda o‘z hayotida dunyoning barcha va xilma-xil go‘zalliklarini idrok eta olishiga sharoit yaratishdir.





Ma’lumki, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Tabiat, tug‘ilish, yashash, o‘sish, faoliyat maydoni hisoblanadi. Inson tabiat bilan birga yashaydi, o‘sadi, rivojlanadi. Insoniyat tabiatga ta’sir etibgina qolmasdan, unga bevosita bog‘liq hamdir. Tabiatga bog‘liq omillar texnika, iqtisodiy ekologik munosabatlarini ham belgilaydi. Ana shu holat kishilarning tabiat, atrof-muhitga bo‘lgan munosabatlarni muvofiqlashtirish zarurligini taqozo etadi. Bolalarni ilk yoshidan hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ularga mehr uyg‘otish, jonsiz va jonli tabiatni muhofaza qilish ekologik tarbiyaning dastlabki elementlaridan biri sifatida tadqiq etilishi lozim bo‘lgan muammodir. Ayniqsa, bu yo‘nalish maxsus o‘rganilmaganligi, hozirgi kunda esa davlat va jamiyatning barkamol shaxsga bo‘lgan ehtiyojining kuchayganligi dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish orqali estetik, aqliy, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, jismoniy rivojlantirish barcha zamonlarda ham o‘ta dolzarb muammolardan hisoblangan.
Tabiat bilan tanishish insonni ma’naviy kamolotga yetkazuvchi jarayon bo‘lib, uni barcha salbiy xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go‘zalligi ortadi. Shu sababdan ham tabiat bilan tanishtirish orqali ta’lim-tarbiya jarayoni uzoq tarixga ega.
Shu nuqtai nazardan O‘rta Osiyo xalqlari tabiatni muhofaza qilish sohasida boy an’anaga ega.
Tabiatni asrab avaylash ardoqlash insonning burchi ekanligi haqidagi ta’limotlar Turoni Turkistondan yetishib chiqqan buyuk olimlarning ta’limotlarida o‘z ifodasini topgan. Allomalar o‘z davrida tabiatdan foydalanish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan voqea, hodisalar haqida boy ma’lumotlarni yozib qoldirganlar.Tabiatga mehr, yuksak axloq – odobini tarbiyalash lozimligini o‘z asarida bayon etganlar.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega.
Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto” xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir. “Avesto”, ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksak ma’naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir.
“Avesto” tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabatlarini ma’naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlaguvchi falsafadir.
“Avesto”da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
“Avesto”da yer, suv, xona, inson tana a’zolari, kiyim-kechaklarni toza tutish haqida yozilgan. Atrof-muhit, ko‘chalarni, butazorlaru o‘tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek. muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko‘mib tashlash buyurilgan.
Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish, shuningdek, uy xayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yo‘llari ham ko‘rsatilgan.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Al-Farg‘oniiy va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va xayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) risolalaridan birida bunday deb yozadi:
“Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!” Daryoning “yoshli ko‘zlari” deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning “bir-birlarini tushunishlari”, o‘zaro mehr-muhabbat qo‘yishlarini nazarda tutgan.
847-yilda Muhammad al-Xorazmiy “Kitob surat al-arz” nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, xayvonot dunyosi, shuningdek, yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.
Abu Nasr Forobiy. O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarining eng yirik va mashxur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (873-950 y.y.) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalarga oid 180 ta asarining nomi keltirilgan. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, uning “Kitob al-hajm va al-miqdor”, “Kitob al-mabodi al-insonia” (“Insoniyatning boshlanishi haqida kitob”), “Kitob al-a’zo al-xayvon” (“Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob”) nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi.
Tabiatshunoslikka oid “Odam a’zolarining tuzilishi”, “Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqida” kabi asarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a’zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to‘xtab o‘tilgan.
Odam a’zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so‘z yuritilganda o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta’siri katta ekaniigini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 y.y.) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning ta’siri orqali izohlaydi. Beruniyning fikricha, yerdagi o‘simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan. Lekin o‘simlik va xayvonlar doimo ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniyning tabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan:
“Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi. Garchi dunyo cheklangan bo‘lsada, kunlar o‘tishi bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agar o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘sishiga sharoit bo‘lmay, o‘sishdan to‘xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydi. Bordi-yu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil xayvon butunlay qoplab olsa, bu holda xayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar”.
Beruniy asarlarida o‘simlik va xayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin.
Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, “Saydana”, “Mineralogiya”, “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” asarlarida o‘z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o‘simlik va xayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning hulq-atvori yil fasllarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi misollar bilan tushuntirilgan.
Beruniy yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishi bilan, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kavlab, uning orasidan chig‘anoqni topish mumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo‘lgan, deb ta’kidlaydi alloma. Beruniy “Saydana” degan asarida 1116 hil dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan, 101 tasi xayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Beruniyning “Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlarida o‘simlik va xayvonlarning tuzulishi hamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Beruniy o‘zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o‘zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.y.) yirik qomusiy olim sifatida tanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo‘lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida “Tib qonunlari” shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, o‘rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur “Kitob ash-shifo”, ya’ni “Davolash kitobi” asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sinoning tog‘larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilaning bo‘lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530 y.y.). Bobur nafaqat shoir balki podsho, ovchi, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunos bo‘lgan. "Boburnoma" asarida Bobur o‘zi ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urf-odati, xayvonoti, o‘simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab uchraydi.
Bobur o‘z asarida joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimga mansubligi, o‘simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O‘rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‘doy, o‘rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta’kidlagan.
Asarda Bobur borgan joylarning tabiati va o‘ziga xos hususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan, hamda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi xayvonot dunyosi haqida batafsil bayon etib bergan.
O‘rta asrlarda tabiat haqidagi tushunchalar Yevropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi. G‘arbiy Yevropa fan tushkunlikka tushgan bir davrda O‘rta Osiyo olimlari uni rivojlantirdilar. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo olimlari hali ekologiya fani umuman yo‘q bo‘lgan davrda tabiat, undagi muvozanat, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlarni aytganlar. Buyuk alloma, enstiklopedik olim Muhammadal-Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, daryoning- ko‘zlari yoshlansa. Uning boshiga g‘am kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, undan oqilona va odilona foydalanish kerak. yerga, suvga, hayvonlarga bo‘lgan munosabatlarimizni yaxshilashimiz bilangina ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin. Hayvonlar na’rasiga to‘la o‘rmonlarni, parrandayu- darrandalar makoni to‘qayzorlarni zilol ko‘llarni va o‘tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor.
Bu ishlarga faqat insongina qodirdir. Zero, shoir aytganidek: "Mulki jahon ichra hoqon ham uning o‘zi inson”,- demak tabiatni ham, u saqlab kola oladi".
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al - Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simliklar va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Mana shunday zabardast buyuk allomalarimizdan Muhammad Musoal-Xorazmiy, o‘zining "Kitob suratul - arz" asarini Abu Nasr Farobiy (870-810) "Al - hajmivaal - miqdor", "Kitob al mabodial - inson" asarlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" asarlarini Abu Ali ibn Sino, u "Kitobal - shifo", "Tadbirul - manzil" kabi asarlarini yozganlar.
Hadisi sharifimizdagi tabiat, tabiatni avaylab asrash, uni ko‘paytirish, parvarish qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. Uni chuqur tahlil qilinadi.
Ilm-fan, ma’rifat–madaniyat asrlar davomida insoniyat olamida so‘nmas mash’al bo‘lib, yoritib kelgan. Bizga ma’lum bo‘lmagan tarix zarvaraqlarida pinhona yotgan qadriyatlarimiz, noyob qo‘lyozma asarlarimiz, qadimiy yodgorliklarimiz istiqlol sharofati bilan tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan teran o‘rganilmoqda.
Ta’lim-tarbiyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalarini yaxshi bilmasdan turib yosh avlodni tabiat bilan tanishgirishda ularni maqsadga muvofiq tarbiyalab bo‘lmaydi. Buning uchun xalq manfaatlarini aks ettiruvchi tarbiyaning maqsadlari to‘g‘risidagi tasavvur qanday vujudga kelgan va bu tasavvurlar keyinchalik qanday rivojlanganligi hamda peda-gogik tomondan qanday ta’rif va tavsif berilganini eslash maqsadga muvofiqdir.
Shuni aytish kerakki, hayotda har bir fanning yuzaga kelishi hayotiy zarurat natijasidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi ham ana shunday hayotiy zaruratning mahsulidir. Bu fan o‘z oldiga ana shu tabiat elementlari vositasida yoshlarni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Tarbiya esa pedagogikaning bosh vazifasidir.
Bolalarni tabiat yordamida tarbiyalash haqida g‘arb pedagoglari
Tarixda pedagogika nazariyasi asoslarini shakllantirishda qadimiy Gretsiyaning atoqli filosoflari Platon va Aristotel, italiyalik pedagog Mark Fabi Kvintilianlarning qarashlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
Lekin yoshlarni tabiat elementlari vositasida tarbiyalash eng avvalo g‘arbdagi ilg‘or pedagoglarning tarixidan boshlandi. Ilmiy pedagogikaning rivojlanishini boshlab bergan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasiga katta e’tibor bilan qaragan g‘arb pedagoglaridan biri Yan Amos Komenskiy bo‘ldi.
Chexiyalik mashhur pedagog Ya.A.Komenskiy bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rin olgan. U o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliyatini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va tarbiyalashdek oliyjanob ishga bag‘ishlagan.
Uning fikricha, inson tabiatning eng go‘zal mavjudotidir. Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin. O‘zining “Buyuk didaktika”, “Tillar hamma fanlarning ochiq eshigi”, “Fizika”, “Falakiyot”, “Onalar maktabi”, “Tinchlik farishtasi” kabi asarlarida o‘zining muhim pedagogik g‘oyalarini ifodalagan.
Ya.A.Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasliga o‘xshatgan.
“Onalar maktabi” xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullarga burkangan ajoyib bahorni eslatadi.
“Ona tili” maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalarga o‘xshaydi.
“Gimnaziya”da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l hosilni yig‘ib, uni “aql xazinasi”ga joylayotgan kuz faslini eslatadi.
Va nihoyat, “Akademiya” yig‘ilgan hosilni umr bo‘yi sarflashni mo‘ljallab taqsimlayotgan qishiga o‘xshatiladi.
Ya.A. Komenskiy “Onalar maktabi”da 18 ta fandan ma’lumot olishni tavsiya etgan. Uning fikricha olti yashar bola:
- suv, yer, havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, temir, daraxt, o‘t, qush, baliq kabilarni;
- yorug‘lik va qorong‘ulikning farqini, osmon, quyosh, oy, yulduzlar haqidagi bilimlarni, ularning har kuni chiqishi va botishi haqidagi tasavvurlarni;
- o‘zi yashayotgan joyning xususiyatiga muvofiq tog‘, vodiy, dala, daryo, qishloq, shahar nima ekanligini bilishi kerak.
Ya.A.Komenskiy hamma narsani tabiatga bog‘lab tushuntirgan. U o‘quvchilar diqqatini jalb etish uchun kitoblarning nomini qiziqarli nomlab, mazmunini to‘liq ifodalab bergan. Uning aytishicha, bu sohada mavjud narsalardan eng chiroylisi bog‘ning turli manzaralaridan namuna olishdir.
Masalan, nega endi 1-sinf uchun bitilgan kitobni “Gunafsha jo‘yagi”, 2-sinf kitobini - “Atirgul tupi”, 3-sinf kitobini – “Istirohat bog‘i” va hokazo deb nomlash mumkin emas? __ Ya. A. Qomenskiy. Ulug‘ chex gumanist-pedagogi A. Ya. Komen-skiy (1592—1670) katolik diniga va feodallar zulmiga qarshi chiqqan «Chex birodarlari» jamoasi yo‘lboshchilaridan bi-ri edi. U bilishning uch manbai — sezgi, aql va e’tiqodni tak olib, sezgi organlariga alohida e’tibor berdi. Uning fikricha, tabiiy mavjudot bo‘lgan inson doimo rivojlanishdadir. Shu sababdan ham u tarbiya tufayli «har qanday bolani inson kilib yetishtirnsh» mumkin, deb ta’kidlagan edi.
Komenskiy nazariy—bilish masalalariga materialist sifatida yondoshdi. birinchi bo‘lib u tarbiyani tabiat bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasini, ya’ni tarbiyani asoslashda tabiat hayotga, uning umumiy qonuniyatlariga tayanish g‘oyasini ilgari surdi. Komenskiy tabiatga monandlik printsipini tabiat va in-son rivojlanishidagi universallik, mushtaraklik borligini aniqlab, inson kamol topishining (bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik) davrlarini xarakterlab, ular orasida olti oy davom etadigan dastlabki davrga alohida e’tibor berdi. Uning qimmatli fikri shundaki, bola organizmida jadal jismoniy o‘sish va his-tuyg‘u organlarining rivojlanishi ro‘y beradigan mana shu davrda yosh bolalar onalar maktabida, ps-dagogik qobiliyati bo‘lgan va o‘z tarbiyalanuvchilarini sevadi-gan dono, onalar rahbarligidagi oilada tarbiyalanishlari kerak.
Komenskiyning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi «Onalar maktabi» degan maxsus asari maktabga-cha tarbiya yoshiga oid dunyoda bnrinchi dastur va qo‘llanma bo‘l-di. Uning faoliyatga intilish, mehnatga muhabbat, tabiatni "evish, haqqoniylik, ozodalik, xushmuomalalik va shu singari fazilatlarni tarbiyalash sohasidagi tavsiyalari juda qim-matlidir.
Komenskiy onalar maktabi bolalarga konkret tasavvurlarnn to‘plashi uchun yordam berishi kerak, deb aytadi va u maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar egallashi zarur bo‘lgan atrof-muhit haqidagi, tabiat haqidagi oddiy bilimlarning keng doirasini batafsil chizib berdi. Uning fikricha, tabiatshunoslik sohasida yetti yashar bola olov, havo, suv va yer, yomg‘ir, qor, muz, qo‘rg‘oshin, temir va shu singarilar nima ekanligini bilishi, Quyosh va Oy, yulduzlarni farqlay olishi, qaysi paytda kunlar uzun va qaysi paytda qisqa bo‘lishini bilishi kerak. Geografiya sohasidagi bilimlar esa shahar, qishloq, dala, bog‘ nima ekanligini tushunish, o‘z qishlog‘i yoki shaharning nomini bilishini o‘z ichiga olishdan iborat bo‘lishi va bundan tashqari, yil fasllarini, «soat», «kun», «hafta», «oy», «yil» atamalarini tushunishi kerak, deb ta’lim berdi.
Komenskiyning pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, tabiat, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asari bor. Bulardan yiriklari «Buyuk didaktika» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Onalar maktabi» (1632), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1653), «Hislar vositasi bilan idrok qilnnadigan narsalarning‘ aksi» (1658) kabilardir.
Ya. A. Komenskiyning bundan qariyb uch yarim asr muqaddam yaratgan nazariyasi yoshlarni tarbiyalash, tabiat bilan tanishtirishdagi dastlabki qadam bo‘ldi.
Ya.A.Komenskiy bolalarni tarbiyalashda tabiatning ahamiyatini o‘zining boshqa asarlarida ham ochib bergan.
I.G.Pestalotstsi 1746-yilda shvetsariyalik shifokor oilasida tug‘ilgan. U o‘z zamonasining mashhur pedagogi bo‘lgan. Uning fikrlari haligacha pedagogika sohasida qo‘llanib kelinadi. U “Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi”, “Kuzatish alifbosi”, “Son to‘g‘risida ko‘rsatmali ta’lim”, “Oqqush qo‘shig‘i” kabi asarlarni yaratdi. I.G. Pestalotstsining fikricha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. U Ya.A. Komenskiy Jan Jak Russolarning ushbu g‘oyasiga amal qildi:
“Insoniy kuchlarning o‘sishi uchun tabiat qilayotgan harakatga yordam berilmasa, bu harakatlar odamlarni xayvoniy-hissiy xususiyatlardan sokinlik bilan qutqaradi. To‘g‘ri tarbiya esa ularni, ya’ni barcha insoniy kuchlarni o‘stirishga yordam beradi”.
I.G.Pestalotsi bolalarning aqliy kamolotini o‘stiruvchi quyidagi didaktik qoidalarni olg‘a suradi:
1. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi.
2. Oddiydan murakkabga yo‘naltirish.
Z. Bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish.
4. Ko‘rgazmalilik.
I.G.Pestalotsi boshlang‘ich ta’lim xususiy metodikasining asosini yaratdi. Bunda u ona tili, hisob, geografiya, o‘lkashunoslik fanlaridan elementar ta’lim berish mazmunini asoslab berdi va bola tilini boyitish uchun geografiya, tibbiyot fanlarining ham uzviy ravishda olib borilishini tavsiya etgan edi.
I.G.Pestalotsi dunyo pedagogika fanining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib, o‘z asarlari bilan o‘ziga haykal yaratgan olimdir
I. G. Pestalotsi (1746—1827)—Shveytsariyaning taniqli pedagog- demokrati, maktabgacha tarbiya nazariyasini rivojlantnrishga katta hissa qo‘shganlardan biri.
Pestalotsi tarbiya sistemasi oldiga bolalarni garmonik jismoniy mehnat, axloqiy va aqliy kamol toptirish vazifasini qo‘ydi.
Aqliy tarbiya sohasida u pedagogika tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita muhim qoidani aytgan. Birinchisi, ta’lim jarayonida ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanish zarurligini isbotlash va targ‘ib qilishdir. Pestalotsi hissiy idrokni bilishning boshlanishi deb hisoblar va shuning uchun u bolalarda tabiatni kuzatish madaniyatini shakllantirish zarur, deb talab qilardi. Ikkinchisi rivojlanuvchi ta’lim g‘oyasi edi. Unda ta’lim jarayonini shunday tashkil qilish kerak ediki, bu narsa ma’lumotlarni to‘plashgagina emas, balki bolalarning qobiliyatini rivojlantirishga olib borsin, ularni kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlasin.
Pestalotsi fikricha, tarbiyaning maqsadi insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama hamda uyg‘un o‘stirishdan iborat. Uning elementar ma’lumot nazariyasiga ko‘ra tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkab darajagacha ko‘tarilib borishi kerak. Uning «Gertruda o‘z bolalarini qanday qilib o‘qitadi (1801), «Ona-lar kitobi» (1806), «Oqqush qo‘shig‘i» (1826) kabi asarlari pedagogika fanini rivojlantirishda, tarbiyachilarning ma’rifatparvarlik faoliyatlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy 1824-yili Rossiyaning Tula shaxrida tug‘ilgan. U “Bolalar dunyosi”, “Ona tili”, “Muallimlar uchun qo‘llanma” asarlarini yozgan.
K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktabdagi ta’lim mazmunini asoslab berish bilan birga undagi qonun-qoida, tartib, metod va vositalarini ham ishlab chiqib, didaktika faniga katta hissa qo‘shdi. Bu esa ajoyib yangilik sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. U eng avvalo o‘qitishni bolalar mehnati bilan bog‘lashni tavsiya qildi.
K.D.Ushinskiy chet el maktablarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiyani o‘rganib, o‘zining “Pedagogik adabiyotning foydasi”, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” hamda “Ona so‘zi” asarlarini yozdi.
K. D. Ushinskiy (1824—1870), pedagog, Rossiyada pedagogikani rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan.
K. D. Ushinskiy psdagogika nazariyasining asosini tarbiya-ning xalqchillpk g‘oyasi tarixiy jarayonda msxnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini e’tirof etish tashkil qiladi, deydi. U «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mashhur asarida har bir bolaning yosh va psixik xususiyatlarini albatta hi-sobga olish zarurligi haqidagi eng muxim qoidani olg‘a surdi va asoslab bsrdi. Shuning uchun ham u «Pedagogika insonni har jihatdan tarbiyalashni istar ekan, u avvalo insonni har ji-hatdan o‘rganishi kerak»,— deb yozgan edi.
K. D. Ushinskiy maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan pshlashda tabiat bilan tanishtirishga, estetik va axloqiy tar-biyaga katta o‘rin ajratdi. Uning fikricha, bola faqat axloqiy tarbiya tufayligina odam bo‘ladi. Bundan tashqari tarbiyaga doir asarlar bayonining soddaligi, ravshan va yuksak badiiyligi bilan ajralib turishi kerak, derdi. Uning o‘zi ham bunga qat’iy amal kilardi. Shu sababli uning yozgan «Ona tili» darsligi apa shunday talablarga to‘liq javob beradi. Darslik mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan o‘z davri-ning eng namunali o‘quv kitoblaridandir. U yoshlarni tarbiya-lashda tabiat go‘zalligiga yuksak baho berdi. Tabiat go‘zalligidan foydalanishni aytdi.
Bolalarni tabiatni ssvishga va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish yo‘llarini ko‘rsatdi. Bolalardagi kuzatish qobiliyatini oshirish, fikrlash xususiyatini rivojlantirish, tabiat haqida to‘g‘ri tushuichalarga ega bo‘lish, tevarak-atrofdagi vokea-hodpsalarni payqay bilish ruhida tarbiyalash kerakligini uktirdi.
J. J. Russo (1712—1778)frantsuz filosof-ma’rifatchi. U ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos nazariya yaratgan. Materiyaning hech kim tomonidan yaratilmaganligini va ob’ektpv mavjudlgini J. J. Russo tan olgan, lekin materiyaning mohiyatini bilib bo‘lmaydi, deb hisoblagan.
Russoning ijtimoiy-siyosiy g‘oyalari uning dunyoqarashining asosi hisoblanadi. U kishi biron-bir jamiyatda yashashi kerak, «tabiiy holat»ga qaytib bo‘lmaydi, deb hisoblab, tabiatga yaqin ideal jamiyat haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi mehnatsevar kishilarni yetishtirishdir.
Russoning pedagogik asarlarida, ayniqsa uning «Emil yoki tarbiya to‘g‘risida» degan roman-traktatida tarbiya va yoshlarni tarbiyalashda tabiatning roli atroflicha yoritilgan. U ushbu asarida bolalarni mehnatga tayyorlash zarurligi haqidagi fikrni aytib, yoshlarni tarbiyalashda jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaning ahamiyatini, tabiat bilan muloqotda bo‘lishining ahamiyatini ta’kidladi. Bu g‘oyalar o‘z davrining aktual, falsafiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlaridan sanaladi
Yüklə 52,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə