Reja Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalarini tashkil etishdagi asosiy vazifalar



Yüklə 52,25 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü52,25 Kb.
#147102
  1   2
Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalarini tashkil etish refrerat


Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalarini tashkil etish.
Reja

  1. Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalarini tashkil etishdagi asosiy vazifalar

  2. Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalari turlari

  3. Maktabgacha Taʼlim Tashkilotlarida yer maydonchalaridan oqilona foydalanish


Yer maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlari oson bo’lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalari maydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o’tzor bo’lsa yana ham yaxshi bo’ladi. Yer maydonchasini to’g’ri tashkil etish tarbiyachidan yuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari birbiridan jonli devor bilan ajratib qo’yiladi. Bu yer maydonchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridan keladigan shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devorlar (izgored) yaxshi natija beradi. Daraxt va izgoredlarni o’stirib yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Bu bolalarni uzoq muddatli kuzatishga o’rgatib boradi. Yer maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o’simliklarni to’g’ri tanlash, manzarali o’simliklardan o’tqazish va undan estetik zavq olishni o’rgatish kerak bo’ladi. Mevali daraxtlardan zarar keltirmaydiganlari o’stirib yetishtiriladi. Bularga olma, nok, olcha, olxo’ri daraxtlari misol bo’ladi. Yer maydonchasining atrofi past, chiroyli o’simliklar bilan o’raladi. Bularga navro’zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo’yli astra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi va shamoldan, changdan, shovqindan asraydi. Yer maydonchasida daraxt va butalarni o’stirish uchun bir necha yil kerak bo’ladi. Ular bolalarga estetik zavq, soyasalqin berib turadi. Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soya solib, zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib tashlanadi. Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol tomondan o’ralgan bo’lishi kerak bo’ladi. Yer maydonchasi yo’lkasining kengligi 1-2 metr bo’lishi kerak, bu o’simliklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar uchun ariqchalarning orasi 50-60 sm bo’lishi kerak. Yer maydonchasida mehnat qilish uchun lopatkachalar temirining qalinligi 1-2 mm, chelakcha yoki chilopchinlar, cho’nqirroq va ichki, ustki tomonlari kraska bilan bo’yalgan, axlatlarni tashishga esa kichkinagina doskacha yoki chelakcha bo’lishi kerak.
Barcha ishlar qilib bo’linganidan so’ng mehnat qurollarini yaxshilab yuvib, quritib, joyiga osib qo’yish zarur. MTM va oilada bolalarning boshlang’ich mehnat malakalarini hosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi va tabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish mumkin. Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’limtarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bolalarning yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnat bolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sir qiladi. Yer maydonchasida o’simliklarni o’stirish uchun yerni tayyorlash bog’cha xizmatchilariga va ota-onalar zimmasiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari va gulzor qilish uchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalar esa maydonchani tozalashda va o’simliklarni ekib o’stirish ishlarida ishtirok etadilar. Maydonchani tozalash vaqtida kichik guruh bolalari mayda toshlarni, to’kilgan barglarni terib, chelakka tashlaydilar, tarbiyachi yordamida piyoz o’tkazadilar, yirik urug’larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig’ib olishda ishtirok etadilar. O’rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faol qatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan axlatlarni hamda to’kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishda tarbiyachiga yordam beradilar. Bolalar tarbiyachi yordamida no’xat, loviya, lavlagi, bodring va boshqa o’simliklarning yirik urug’larini ekadilar. Gulpushta va egatlarni sug’oradilar, yerni yumshatadilar, pishib yetilgan sabzavotlarni yig’ishtirishda ishtirok etadilar. «Bolajon» tayanch dasturi asosida har bir yosh guruhda bolalarni o’simliklar dunyosi bilan tanishtiriladi. Kichik guruhda sabzavot (sabzi, piyoz, karam, pomidor, bodring) va mevalar (olma, uzum, o’rik, olcha va gilos) nomi, ta’mi, rangi va shaklini bilishga, ularni o’zaro farqlashga o’rgatiladi. O’rta guruhda sabzavotlar (baqlajon, karam, sholg’om, turp, piyoz) va mevalar (anor, anjir, behi, uzum, o’rik) bilan tanishtirish davom ettiriladi. Bolalarni sabzavot va mevalarning nomlari, rangi, shakli, ta’mi, ovqatga ishlatilishining (xomligicha, pishirilgan, tuzlangan va quritilgan holda) xarakterli belgilari, sabzavotlar, polizda va daraxtda o’sadigan mevalar bilan tanishtiriladi. Bolalarga sabzavotlar har yili ekilishini, mevalar esa ko’p yillik o’simlik hisoblanishi haqida qisqacha tushuncha beriladi.
Mashgulotning maqsadi:bolalarning tabiat burchagida yashaydigan qushlar haqidagi bilimlarini aniqlashtirish va kengaytirish. Burchakdagi «Taram-taram» to’tiqushini bolalarga tanishtirish: tashqi ko’rinishi va odatlarining o’ziga xosligi, tumshug’i to’g’ri bo’lib, ichki tomonining boshqacha rangdaligi, dumi uzun, osilib turishi, oyoqdagi ikkita barmog’i oldinga, bittasi orqaga qarab turishi, patlari olabula bo’lib, naqshi to’lqinga o’xshash hamda uning qanday uchishi ko’rsatiladi. Bolalarni «Taram-taram» to’tiqushchani boshqa qushlar bilan solishtirib ko’rishga, farq qiluvchi va o’xshash tomonlarini qayd qilib o’tishga o’rgatib boriladi. Bolalarni qushlar fe’l-atvori to’grisidagi bilimlar bilan tanishtiriladi. Qushlarni ehtiyot qilish va ularning yaxshi holatda bo’lishi to’g’risida qayg’urish istagi tarbiyalanadi.Tabiat burchagida yashab turgan qushlarga parvarish yuzasidan navbatchilar bajaradigan ishlar tushuntiriladi.
Mashg’ulotga tayyorgarlik. Navbatchilar stullarni doira qilib o’rtaga qo’yib, bankalarga don, qutichaga ungan suli, qirilgan sabzi, qirg’ich, tog’oracha va qushcha uchun ovqat tayyorlab qo’yishadi.
Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi qushchali qafasni stolga qo’yadi. Bolalarga murojaat qilib, mana bunday deydi: «Bu qushcha biz bilan birga yashayotganiga ancha bo’ldi. Uni yaxshilab ko’zdan kechirib chiqing, chunki
keyin uning rasmini chizasiz. Unga diqqat bilan qarangda, bu qushchaning boshi qanday, ko’zlari, tumshug’I qanaqaligini (shakli, katta-kichikligi, rangi), tumshug’I tagida nimasi borligini aytib bering. Hamma qushlarning tumshug’i ham bizning «Taram-taram» to’tiqushimizning tumshug’iga o’xshash bo’ladimi? (Hamma qushlarning tumshug’i har xil bo’ladi). Qushchaning tanasi nima bilan qoplangan? Patlari bir xil kattalikdami? (Qanotlaridagi va dumidagi patlari orqasi bilan qornidagi patlariga qaraganda uzunroq bo’ladi.) Patlarining rangi qanday? Siz qush rasmini chizishingiz uchun sizga qanaqa rangdagi qalamlar kerak bo’ladi? (Sariq, yashil, jigarrang va boshqa rangdagi qalamlar.) Bu qushning orqasidagi patlari qanday naqsh hosil qiladi, nima uchun bu qushchani «Taram-taram» to’tiqushi deb atashadi? Uning oyoqlarining kattaligi qanday? Barmoqlari qanaqa? «Taram-taram» to’tiqushi qafasda o’zini qanday tutadi? (Uning qiliqlari: narsalarga chiqib olishi,uchishi, qafas polida yurishi, tayoqchadan-tayoqchaga uchib o’tishi, tumshug’ini tozalashi kuzatiladi va hokazo.) Uni boshqa qushlarga solishtirib ko’ring. Hozir «Taram-taram» to’tiqushi sayramay turibdi, lekin mashg’ulotdan keyin uning qanday ovozlar chiqarib sayrashini eshitib ko’ring. Keling, «Taram-taram» to’tiqushiga ovqat beramiz. «Taram-taram» to’tiqushi olmani qanday yeyishi bolalar bilan birga kuzatiladi.) U ovqatni xuddi ko’chada don topgan qushlarga o’xshab yeydimi? «Taramtaram» to’tiqushi nimani yaxshi ko’radi? (Meva, sabzavot, ko’kat va boshqalar.) Olmani «Taram-taram» to’tiqushiga
qanday qilib berish kerak? Bu qushchani qanday parvarish qilib borish kerak? (Qafasni tozalash, suvdon, teganagini yuvish, chilobchindan suv quyish.) Malika, bu qushchaga qanchadan don berib turish kerak, ko’rsat-chi? (Bir choyqoshiq.) To’g’ri». Mashg’ulot oxirida tarbiyachi bolalarga «Taram-taram» to’tiqushchaning rasmini chizishni takilif etadi va bolalarning chiroyli qilib chizilgan ishlarini izohlab, mashg’ulotni yakunlaydi. Tabiat burchagida boqiladigan jonivorlarni kuzatish.
Turli yosh guruhlarda tabiat burchagida navbatchilik ish xujjatlarni ishlanmasini tayyorlash(plan-konspekt tuzish).
Tabiat burchagida navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat malakalarini takomillashtirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi. Bolalar mehnatiga rahbarlik qilish. Kichik guruhlar. Bunda bolalar tarbiyachining tabiat burchagi va hovlidagi hayvonlar hamda o’simliklarni parvarish qilishga yo’llangan mehnatida ishtirok etadilar. Ular 1-2 ta individual topshiriqlar oladilar (qushlar uchun tayyor ozuqani olish va donxo’rakka solish, o’simliklarni oldindan hozirlab qo’yilgan suv bilan sug’orish va shu kabilar). Bu qisqa muddatli mehnatga tarbiyachi astasekin barcha bolalarni jalb qiladi.
O’rta guruh. Besh yoshli bolalarni mehnat jarayonida uyushtirishning shakllari kichik guruhdagi bilan bir xildir. Bunda individual topshiriqlar katta o’rin egallasa ham, biroq ular uzoq muddatli xarakterni kasb etadi. Bolalar ayni bir topshiriqning o’zini 2-3 kun davomida bajaradilar. Natijada o’rta guruhda mehnat jarayoni murakkablashib boradi. Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko’nikmasigina emas, balki mehnat topshirig’ini, uning natijasini ko’rsatishni, topshiriqlarning ketma-ketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O’simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo’yicha individial topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi. Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qilish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg’ulot o’tkazib, unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtiradi. Bir vaqtda 2-3 bola navbatchilik qiladi. Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.

Xalqmaorifiningbirinchitizimixisoblanganmaktabgachatarbiyamuassasalaribolalarnihartomonlamarivojlanishida,ularnimaktabta’limiga oila bilan uzviyxamkorlikda tayyorlaydi.Bolalarbogchasiningboshkarishdaasosiyrolnibogchamudirasiuynaydi.Mudiraningasosiyvazifasibogchajamoasibilanbirgalikda«Bolalarbogchasidata’lim-tarbiyadasturini»barchavazifalariniamalgaoshirishdir.Maktabgachatarbiyamuassasimudirasiningfaoliyatiuchyunalishda:


1.Tarbiyaviy- uslubiyishga raxbarlik;


2.Dasturvazifalarini vaktida bajarishgayerdam kursatish; ish malakasini oshirish;

3.Ilgor pedagogiktajribaniurganish vaamaldatadbir etish. Xo’jalikmasalalarini xal qilish.
4.Ota-onavakengjamoatchilikorasidapedagogikbilimniberilgan.Bolalarbogchalarida uslubiyatchi va mudira ta’lim tarbiya ishigabirgalikdajavobgarshaxsbo’libxisoblanadi.Uslubiyishlargaquyidagilarkiritiladi.


1.Tarbiyachigauslubiy yordamberish,nazorat qilish;

2.Tarbiyachilarningilgorish tajribalarinitargibot etish;

3.Tarbiyachilarningtabiatuslubiyotidanmalakasinioshirish;
4.Ota-onalar o’rtasida tabiat bilan tanishtirish bilimini targibot



Yüklə 52,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə